Kishni chiziqli deformatsiya usulida


Download 19.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.11.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1760437
Bog'liq
CHO\'KISHNI CHIZIQLI



CHO'KISHNI CHIZIQLI
DEFORMATSIYA USULIDA
ANIQLASH


Reja:
u
CHO'KISHNI CHIZIQLI DEFORMATSIYA
u
CHO'KISHNI CHIZIQLI DEFORMATSIYA USULI
u
CHO'KISHNI CHIZIQLI DEFORMATSIYA USULIDA ANIQLASH


u
Poydevor tovonining yotish chuqurligini tayinlashda bino va inshootning tuzilishi,
yer yuzasidagi gruntlarning muzlash chuqurligi, qurilish maydonchasining
geologik va gidrogeologik sharoitlari, suv o’zanlaridagi gruntlarning yuvilish
chuqurligi, yuklarning turi va qiymati va boshqa omillar birgalikda inobatga
olinadi. Gidrotexnika inshootlarining tubki qismlari odatda ularning poydevori
vazifasini bajaradi. Daryolar, soylar va kanallarda quriladigan gidrotexnika
inshootlarida, zaminning yuvilmasligi maxsus kostruktiv yechimlar yordamida
ta‘minlangan bo’ladi. Shu sababli, bunday inshootlar poydevori tovonining
yotish chuqurligi ko’pincha konstruktiv qabul qilinadi.
Yerto’lasi mavjud binolarda, poydevorning tovoni, yerto’la polining sirtidan
0,4...0,5 m quyiroqda joylashadi. Binolar poydevorining yotish chuqurligi,
ishonchli gruntlar sharoitida va yerto’la mavjud bo’lmaganda, gruntning
muzlash chuqurligiga asoslanib qabul qilinadi. Muzlash chuqurligining hisobiy
qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
d
f
= k
n
d
fn
, (6.5)


u
bu yerda k
n
– binoni isitish tartibiga bog’liq bo’lgan koeffitsient. Isitilmaydigan binolar uchun k
n
= 1,1;
boshqa hollarda qurilish me‘yorlari bo’yicha qabul qilinadi; d
fn
– muzlash chuqurligining me‘yoriy qiymati.
Isitiladigan binolar oraliq devorlarining poydevorlarini loyihalashda, ular tovonining yotish chuqurligi
kamida 0,5 m qiymat bilan qabul qilinadi. Chetki ustun yoki devorlar poydevorlari tovonining yotish
chuqurligi esa d
f
dan kam bo’lmasligi lozim.
Poydevorlarning yotish chuqurligi, shuningdek geologik va gidrogeologik sharoitlarga ham ko’p jihatdan
bog’liqdir. Agar yerning yuza qatlamlari kuchsiz gruntlardan tashkil topgan va ularni sun‘iy kuchaytirish
iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lsa, poydevor tovonining ishonchli grunt qatlamiga borib tayanishi, ko’p
hollarda, maqsadga muvofiq bo’ladi. Lyossli gruntlar, g’ovak qumlar, oquvchan va oquvchan plastik
holatdagi gilli gruntlar katta yuklarga ishlaydigan inshootlar uchun kuchsiz grunt sifatida qaralishi mumkin.


u
Tabiiy holdagi o’zanlarni kesib o’tadigan ko’priklar, akveduklar singari inshootlar poydevorlari tovonining
yotish chuqurligi, suv o’zani tubining taxmin qilingan yuvilish chuqurligi (h
ю
) asosida belgilanadi:
d = 1,15 h
ю
+
∆ h , (6.6)
bu ifodada
∆ h = 2...2,5 m – zahira chuqurlik.
Poydevor tovoni yotish chuqurligini belgilashda yukning turi va miqdorini ham inobatga olish lozim.
Masalan, inshootning konstruktsiyasi ustunli holda qabul qilingan bo’lsa, inshootdan tushadigan yuk
poydevorga yig’ilgan kuchlar tarzida ta‘sir etadi. Bunday holda, zaminning yuk ko’tarish qobiliyatini
oshirish uchun, hisoblar bo’yicha, poydevor tovoni bir muncha chuqurroqdagi qatlamlargacha tushiriladi.
Gorizontal va qiya kuchlar ta‘sirida bo’lgan inshootlar poydevorini qoziqli shaklda qabul qilish, ko’p
hollarda, eng samarali va ishonchli variant bo’lishi mumkin.


E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
u
GRUNTLAR MEXANIKASI VA ZAMIN POYDEVORLAR FANIDAN
u
618-21 NOMOZOV SARDOR 4-SEMESTR

Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling