Kislota va asoslar


Eng muhim o'rta tuzlar va ularning ishlatilishi


Download 352 Kb.
bet11/13
Sana08.01.2022
Hajmi352 Kb.
#248234
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kislota va asoslar

Eng muhim o'rta tuzlar va ularning ishlatilishi


Eng muhim nitratlardan KNO3, NaNO3, NH4NO3, Ca(CNO3) 2 selitralar deb ataladi. Bular suvda yaxshi eriydigan oq kristall moddalar bo'lib, hammasi qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o'g'it sifatida ishlatiladi. Ayrim nitratlar portlovchi moddalar tayyorlashda ham ishlatiladi. AgNO3 — kumush nitrat oyna tayyorlashda, tibbiyotda zararii mikroblarni o'ldiradigan modda sifatida (tabobatda lyapis deb ataladi) ishlatiladi.

Fosfat kislota tuzlari — (NH4) 3PO4, Ca3(PO4) 2 lar ham qishloq xo'Jalik ekinlari hosildorligini oshirishda o'g'it sifatida ishlatiladi. Mis va temirning sulfatlari (CuSO4,SHO va FeSOHO) qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.

Osh tuzi — oziq-ovqatda ishlatilishidan tashqari xlor, ishqor va sodalar olishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi.

Karbonatlardan eng muhimi — CaCO3. Buning eng keng tarqalgan shakli ohaktosh deb ataladi. U qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Shuningdek, uning million yillar burun yuqori bosimda hosil bo'lgan kristall tuzilishidagi shakli — marmar binolarni bezashda, arxitektura yodgorliklari tayyorlashda va boshqa ko'p sohalarda ishlatiladi. Qimmatbaho taqinchoqlardan biri marvarid ham tarkibi jihatidan kalsiy karbonatdan iborat.



Download 352 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling