Kislotalarning ishlatilishi
Download 33.83 Kb.
|
Kislotalarning ishlatilishi1.docx1
Xlorid kislota. . Xlorid kislota xloridlar olishda, yelim ishlab chiqarishda, karbonat angidrid olishda, bo‘yoqlar tayyorlashda, laboratoriyada xlor olishda, tibbiyotda, kimyo laboratoriyalarida, ko'nchilik sanoatida (xom teriga ishlov berishda), metallarning sirtini oksid pardadan tozalashda, oziq-ovqat sanoatida glukoza olishda ishlatiladi.
Xlorid kislota gummirlangan, ya’ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi hamda tashiladi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi.Xloridlarning ko'pchiligi suvda eriydi, kumush xlorid AgCl, mis (I) xlorid CuCl, simob (I) xlorid Hg2Cl2 suvda erimaydi. Qo‘rg‘oshin xlorid PbCl2 juda oz eriydi. Lekin issiq suvda yaxshi eriydi.Xloridlar orasida eng yomon eriydigani kumush xloriddir. Shuning uchun xlorid kislotani va xloridlarni (ya’ni Cl ionini) topishda AgNO3 reaktiv sifatida ishlatiladi: HCl + AgNO3 = AgCl↓ + HNO3 FeCl3 + 3AgNO3 = Fe(NO3)3 + 3AgCl↓ Xloridlarning eng muhimlari quyidagilardir: Natriy xlorid ( (boshqa nomlari: osh tuzi, toshtuz, oshtuz, galit) NaCl tabiatda eng ko‘p tarqalgan tuzlardan biri, qaynash temperaturasi 1413 °C, suyuqlanish temperaturasi = 800,4 °C, solishtirma massasi 2,16 ga teng. 100 g suvda 0 °C da 35,6 g NaCl eriydi. Osh tuzi xlor olishda, natriy ishqori, natriy metali, vodorod xlorid, soda ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi, bo'yoqchilikda. sovun pishirishda va boshqa sohalarda ham ishlatiladi. Kaliy xlorid KCl – qimmatli kaliyli o‘g‘it, va potash ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo viloyatining Tubokat va Surxondaryoviloyatining Xo‘jaikon konlarida qazib olinadi. Rux xlorid ZnCl2 dan yog‘ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun foydalaniladi; kavsharlashda metall sirtini ho‘llash uchun ishlatiladi (bunda metall sirtidagi oksid parda yo‘qoladi va kavshar metallga yaxshi yopishadi); ZnCl2∙nH2O tarkibli kristallgidratlari ma’lum. Bariy xlorid BaCl2 − zaharli modda, qishloq xo‘jaligi zararku- nandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Kalsiy xlorid CaCl2 − nihoyatda o‘ch bo'lganligi uchun laboratoriyalarda gazlarni, har xil organik moddalami quritish uchun ishlatiladi. Bu vaqtda kristallgidrat CaCl2∙6H2O hosil bo'ladi. Tibbiyotda keng ko‘lamda ishlatiladi. Aluminiy xlorid AlCl3 (suvsiz) ko‘pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi. Simob (II) xlorid, boshqacha aytganda, sulema HgCl2 − kuchli zahar; bu tuzning juda suyultirilgan eritmalari kuchli ta’sir etuvchi dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi; urug‘larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda ham foydalaniladi. Download 33.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling