-
Birikma 24,26 % uglerod, 71,62 % xlor va 4,12 % vodoroddan iborat. Vodorodga nisbatan zichligi 49,1. Birikmaning kimyoviy formulasini aniqlang.
-
Kislotali oksid deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring, nomlang va struktura formulasini yozing.
-
Quyidagi qo‘zg‘almagan atomlarda nechta juftlanmagan elektronlar bor? a) B, b) S, d) As, e) Se, f) Hg g) Cu
-
N2+3H2 ↔ 2NH3ning reaksiya tezligini 100 marta oshirish uchun vodorodning konsentratsiyasini necha marta ko‘paytirish kerak?
-
2.5 M 15 ml H2SO4 eritmasidan necha millimetr 0.5 M eritma tayyorlash mumkin?
-
Formulalari Be(NO3)2, ZnCl2, K2CO3 bo‘lgan tuzlarning qaysilari gidrolizlanadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
-
Quyidagi birikma N2, NH3, HNO2, HNO3, NO2 lardan har biridagi azotning oksidlanish darajalarini hisoblab toping.
-
Quyidagi metallarning Ni, Ge, Na, Zn, K, Ca, Mg, Fe, Li qaysi birini ular tuzlarining suvdagi eritmasidan elektroliz yordamida olish mumkin? Elektroliz tenglamalarini keltiring.
-
Konsentrlangan H2SO4 sulfat kislota solingan po‘lat sisterna korroziyalanmaydi. Sisterna bo‘shatilgandan keyin esa tezda korroziya boshlanadi. Buning sababini tushuntiring va sodir bo‘lgan protsesslarning reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |