Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va


O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati


Download 239.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi239.43 Kb.
#1625404
1   2   3   4   5   6
O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati.
«O‘zstandart» agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat 
metrologik xizmat idoralari kiradi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati — o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
bo‘yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashkilotda) metrologik 
tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat. Yuridik shaxslarning 
metrologik xizmati o ‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va 
metrologik tekshiruvni o ‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, 
hodisalarga nihoyatda boy bo‘lib, ularning ko‘pini aksariyat hollarda sezmaymiz 


yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog‘liqlik yoki 
uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko‘nikib 
ketganmizki, aniq bir so‘z bilan ifodalash kerak bo‘lsa, biroz qiynalib turamiz-da
30 «...mana shu-da!» deb qo‘yamiz. Butun suhbat barchamiz bilibbilmaydigan, 
ko‘rib-ko‘rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi.
Kattalik — sifat tomonidan ko ‘pgina fizikaviy obyektlarga (fizikaviy tizimlar, 
ularning holatlari va ularda o ‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo ‘lib, 
miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Muayyan guruhlardagi kattaliklar orasida o ‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni 
fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt 
birligidagi o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu 
bog‘lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi:
-asosiy kattaliklar;
-hosilaviy kattaliklar. 
Asosiy kattalik deb, ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning 
boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. 
Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.

Download 239.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling