Kitob – ilm ahlining ko‘makdoshi
Download 47.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqKitob
Kitob – ilm ahlining ko‘makdoshiO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasida yangi kitob ko‘rgazmasi ochildi. Unda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan, ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida hikoya qiluvchi keyingi yillarda chop etilgan kitoblar, gazeta va jurnallardagi maqolalar namoyish etilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi – mamlakatimizdagi eng yirik ilmiy universal kutubxonadir. Kutubxona Fanlar akademiyasi tizimida mehnat qilayotgan olimlar – professorlar, aspirantlar, malaka oshirayotganlar, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining professor va o‘qituvchilari, talabalariga axborot xizmati ko‘rsatmoqda. Bu yerda ilm-fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 3,8 million nomdagi mamlakatimiz hamda xorijda chop etilgan kitoblar, jurnallar mavjud.Kutubxonaning asosiy vazifasi mamlakatimiz olimlari tomonidan o‘tkazilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni axborot bilan ta’minlash, shu tariqa ularning samaradorligini oshirish, ilmiy yutuqlarni xo‘jalik faoliyati va davlat boshqaruviga joriy etish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.Kutubxona fondi asosan yangi nashr etilgan kitoblarni sotib olish, davriy nashrlarga obuna bo‘lish, shuningdek, dunyoning 40 mamlakatidagi 135 hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan xalqaro kitob almashinuvi orqali to‘ldirib borilmoqda.Asosiy kutubxona Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining 24 kutubxonasi uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini o‘taydi. Ushbu kutubxonalarning umumiy fondi 5 million nusxadan ortiq kitobni tashkil etadi. Har yili akademik kutubxonalar tizimi 20 ming nafar o‘quvchiga xizmat ko‘rsatadi, ularning taxminan 15 ming nafari bevosita O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi xizmatidan foydalanadi.Kutubxonadagi axborot texnologiyalari bu yerga tashrif buyuradiganlar ishini yengillashtirmoqda. 1994 yildan buyon Asosiy kutubxonada IRBIS ma’lumotlar elektron katalogi shakllantirilmoqda. Ushbu ma’lumotlar bazasi 95 mingdan ortiq qaydlarni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, bu yerga lokal kompyuter tarmog‘i o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi Markaziy Osiyodagi barcha jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan birinchi “model” kutubxona hisoblanadi. Bugungi kunda bu yerda adabiyotlar qayta ishlanmoqda, ya’ni, kitoblar, ilmiy ishlar, avtoreferat va davriy nashrlardagi bibliografik qaydlarning elektron katalogi shakllantirilmoqda. Bu esa olimlar uchun nafaqat kutubxona fondining o‘zidagi, balki boshqa ma’lumotlar bazasi va Internetdagi axborotlarni ham tezkor qidirish hamda ulardan foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, kutubxona xodimlari O‘zbekiston va MDH davlatlari nashrlarining elektron ma’lumotnomasi, ko‘p uchraydigan ilmiy nomlar fayllarini ham yaratdi.– Biz o‘quvchilarni Vatanimiz hayotida ro‘y berayotgan barcha muhim voqealar bilan tanishtirishga harakat qilamiz, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Muqaddas Hasanova. – Kutubxonamizning 1991 yildan buyon doimiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Prezident asarlari” deb nomlangan asosiy ko‘rgazmasi bu yerga tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yurtboshimizning o‘zbek, rus va xorijiy tillardagi barcha asarlarini, 2009 yil boshida chop etilgan eng so‘nggi risolalarini ham qo‘shgan holda, to‘plashga erishdik. Shu bilan birga, kutubxonamizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning turli yo‘nalishlari, xalqimizning tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘plab stendlar ham tashkil etilgan. “2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Mustaqillik – muqaddas ne’mat”, “O‘zbekiston – bozor iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari”, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Sohibqiron Amir Temur – adolat va qudrat timsoli” kabi stendlar shular jumlasidandir. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu yerda nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda nashr etilgan adabiyotlar – turli kitob, almanax, jurnallar va ayrim nashrlar ham namoyish etilmoqda. Yaqinda kutubxonaga mamlakatimiz va chet elda chop etilgan, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadigan yangi nashrlar keltirildi. Biz bu kitoblarni alohida stendga joylashtirdik. Ular orasida German Veysning “Dunyo xalqlari madaniyati tarixi” ko‘p jildli ensiklopediyasi, “Umumiy tarix” ensiklopediya turkumi, “Xorijiy so‘zlarning katta bezakli lug‘ati”, “Katta psixologiya ensiklopediyasi. To‘liq zamonaviy nashr”, “Aforizmlar ensiklopediyasi” kabi ko‘plab noyob adabiyotlar bor. Kitob haqida donolar fikri !! Kitob-bilimlar manbai, deymiz. Darhaqiqat, komillik sari intilgan xar bir insonning xayotida kitob muxim o'rin tutadi. U insonni mustaqil fikirlashga o'rgatadi, dunyoqarashini kengaytiradi, bilimini oshiradi, qolaversa, xayotda o'z o'rnini topishda, biror kasbni egallashda xam muxim manba xisoblanadi. Tarixdan bilamizki, mashhur shaxslar, davlat arboblari, shoiru ulamolar, donishmandu olimlar ko'p kitob mutolaa qilganlar. Biz sizlarga quyida ana shunday shaxslarning kitob xaqidagi fikirlarni xavola qilyapmiz. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aqilidrokning, ilmu donishning asosidir, xayotni o'rgatuvchi murabbiydir. AMIR TEMUR. Odamlar kitob o'qishdan to'xtasalar, fikirlashdan xam to'xtaydilar. D.DIDRO. Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to'plab, avlodlarga yetkazadi. {OYBEK} Kitob-boylik. Lekin sotib olgani emas, o'qilganidir. ASQAD MUXTOR. Kitobni tushunib mutolaa qilish kerak. ABDULLA QODIRIY. Oz bo'lsa xam bilmoq uchun ko'p o'qimoq zarur. MONTESKE. Download 47.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling