Umumiy siydik tahlili reja: Umumiy siydik tahlilining me’yoriy ko’rsatkichlari Siydik ranggi


Download 47.87 Kb.
bet1/6
Sana16.01.2023
Hajmi47.87 Kb.
#1096178
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMUMIY SIYDIK TAHLILI


UMUMIY SIYDIK TAHLILI
Reja:
1. Umumiy siydik tahlilining me’yoriy ko’rsatkichlari
2. Siydik ranggi
3. Siydikning shaffofligi
Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bular tuzlar, organik moddalar va hujayra tarkibidagi moddalar erigan holda bo’ladi. Ushbu elementlarning kontsentratsiyasini o’rganish natijasida buyraklar, yurak-qon tomir tizimi va immunitet tizimining holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu maqolada biz sizni umumiy siydik tahlilining barcha ko’rsatkichlari me’yoriy (normal) qiymatlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz va ushbu indikatorlarning buzilgan sabablarini qisqacha bayon qilamiz.

Siydik tahlili ko'rsatkichlari


Umumiy siydik tahlilini rasshifrovkasi quyidagi parametrlarni sinchkovlik bilan o'rganishdan iborat:
- siydikning shaffofligi;
- siydik rangi;
- kislota darajasi va solishtirma hajmi.

Quyidagi ko'rsatkichlarning mavjudligi aniqlanadi:
- siydikdagi oqsil;
- shakar (glyukoza);
- keton tanasi;
- bilirubin;
- eritrotsitlar, leykotsitlar;
- epiteliya to'qimalarining hujayralari va to'qimalari;
- gemoglobin.

Siydikni tahlili uchun ko'rsatmalar


Umumiy siydik tekshiruvi hayotning turli davrlaridagi barcha odamlar uchun belgilanadi. Ushbu tadqiqot quyidagilarga imkon beradi:
- belgilangan davolash samaradorligini baholash va asoratlarning mavjudligini aniqlash;
- siydik tizimi organlari faoliyatining buzilishi mavjudligini aniqlash;
- butun organizmning ishini bir butun sifatida baholash (profilaktika tekshiruvi sifatida).
Siydik tahlili yordamida og'ir klinik simptomlar paydo bo'lishidan oldin diabet, erkaklarda prostatit, sistit, uretrit, pielit, glomerulonefrit va pielonefrit, siydik pufagi va siydik ajratish tizimi kasalliklari kabi kasalliklarni aniqlash mumkin.




Download 47.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling