"Бола хукуклари тугрисида"ги Конвенция качон ва кайси ташкилот томонидан кабул килинган?
BMT bosh Assableyasi tomonidan 1989-yil 20 noyabrda qabul qilingan.
Konvensiya Muqaddima, 3 qism, 54-moddadan iborat
O’zb.Res 1992-yil 9-dekabrda qo’shilgan.
Ота-она вояга етмаган болаларнинг мол-мулкига эгалик килиш хукукига эгами?
Ota-ona voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Вояга етмаган болаларнинг хусусий мулки нималар хисобланади?
Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.Агар ота-она никохини бекор килса вояга етмаганлар уларнинг кайси бири билан колса,унга тегишли булган хусусий буюмлари у билан бирга булга нота ёки онага берилади.
Бола уз хукуки ва конуний манфаатларини химоя килиш хукукига эгами?
Voyaga yetmagan bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning ota- onasi, ota-onasi yo‘q bo‘lsa, ota-onasining o‘rnini bosuvchilar, vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart
Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |