Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Иш берувчи хукукларини айтинг.
Ish beruvchi:
korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
Мехнат шартномаси кандай муддатларга тузилади?
-nomuayyan muddatga;
-muayyan muddatga (besh yildan ortiq bo‘lmagan);
-muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladi.
Инсоннинг мехнатга лаёкати качондан бошланади?
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobi- liyati) 16 yoshda boshlanadi.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |