Kitob to’g’risida
-Qism Qo’shimcha kanallardagi strategiyalar
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
13-Qism
Qo’shimcha kanallardagi strategiyalar Qo’shimcha kanallar orqali ham qarama qarshi tendensiyani aniqlash ham mumkin. Buning uchun biz trend kanalni to’g’ri chizishimiz kerak. Rasm-13.1 Birinchi navbatda trend kanallarni chizishda 2 ta minimumni olish kerak va uni tutashtirish kerak. Xuddi shu tutashtirgan chiziqni o’rtasidagi paralel chiziq maksimumda qo’yish kerak. Agarda buzuvchi chiziqdan chiqsa demak shu chizgan kanalimizda qaytib 50% ga tugaydi va yana davom ettiradi. Rasm-13.1 Buzuvchi chiziqdan chiqishi va bizga yana qo’shimcha kanallar orqali yana qanchagacha borishi mumkinlikni bilish mumkin. Birinchi buzuvchi trend chizig’idan chiqdi va qo’shimcha yana kanal chizdik. Agarda qo’shimcha chizgan trend kanalimizdan chegara chizig’idan chiqsa demak biz chizgan asosiy trend kanaliga qaytib kiradi va 50% asosiy chizgan kanalimizga kiradi. Ko’p hollarda birgina shu 88 strategiya yaxshi ishlaydi. Agarda shu strategiyamizni katta vaqt oralig’ida qo’ysak 1 kunlik yoki 1 haftalikga unda uzoq yo’nalishni ushlashimiz mumkin. Biz bozorda ba’zan analizlashtirish paytida bizga qiyinchiliklar yoki ba’zi bir modellarni buzilishlari va yo’nqlishni aniqlashda ba’zan adashishimiz mumkin. Faqatgina biz tuzgan grafiklar kanallar bizga notanish modellar va trend xarakterlarini buzdi degan xulosa chiqadi. Rasm- 13.2 Modellar ba’zan buziladi, lekin boshqa bir yordamchi analiz bizga qay paytda buzilishi mumkin va ko’p borish bormasligini ko’rsatib beradi. Rasm- 13.2 Klin modelini qanday buzgan bu modelni buzishi kerak emas edi. Chunki bu yerda aniq klin modeli hosil bo’lgan, lekin maksimumdagi buzuvchi chiziqdan paralel ravishda minimumga olib kelsak, (Rasm- 13.2 nuqtali trend chiziq) klinni buzgan taqdirda paralel chizgan chizig’imizda yordamchi chiziqga kelib ko’tarilishini va Klin modeliga qaytib kirishi va klinning davom ettirishini ko’rsatib beryapti. Ikkinchidan Teppadan chizgan trend buzuvchi chizig’imiz ham shu erdan trendning qaytishini ko’rib turibmiz. Bu esa ham Klinning teppa qismidagi chiziqdan paralel ravishda chiziq bizga yordamchi chiziq doirasida yordam beryapti va teppadan chizgan Trend kanalidan qaytishini kuzatib turibmiz. Aslida teppadan chizgan trend kanalimiz buzilgan taqdirda oxir oqibat buzuvchi chiziqdan yordamchi chiziqga aylandi va klin orqali birgalikda ishladi. Biz har bir modellarni ko’rib chiqishda ba’zi bir buzulishlarni ko’ramiz. Biz o’ylagan modelning buzilishi aslida bu vaqtinchalik buzilishi sanaladi. Buzgan taqdirda bu ko’p bormasligi va model 89 keyinchalik ishlaganligini kuzatamiz. Shunday vaziyatlar bo’lganki, bir modelni topishda har tomonlama aniq ravshan kanallar orqali chizdik lekin bu model buziladi. O’ylaymizki bu yerda model yo’q biz adashdik deb hisoblaymiz, lekin bu yerda konsorsium yaxshi ishlaydi biz yopgan zarardagi pozitsiyamiz borib borib foydaga tushganligiga amin bo’lamiz. Rasm- 13.2 e’tibor bering bu yerda klinning paski qismida ko’tarilishi kerak edi lekin klining paski qismidan 135 punkt tushib ketdi. Biz o’ylaymizki Klin modeli buzuldi deb aslini olganda klin modeli ishlagan biz esa yordamchi chizqlarni qo’ymaganimiz sababli klinning pasgi chizig’idan bozorga kirdik va natijada shuncha zararga tushdik. Bizga tushunarsiz holat baribir o’z ishini sindirgan bo’lsada vaqt o’tgan sari bu model ishlaganligini va yanada yuqori ko’tarilishi kerak ekanligini ko’rib turibmiz. Bu holat faqatgina Klassik analizlarda emas balkim indikatorlarda ham uchrab turadi. Masalan divergensiyani olaylik ko’p holatlarda divergensiyalar buziladi va biz katta zararga yopib keyinchalik divergensiya ishlaydi. Rasm- 13.3 Bir vaqt USD/CAD valyuta parasida qiziq bir voqea bo’lgandi. Rasm- 13.3 USD/CAD valyuta parasi ko’rsatilgan 1 soatlik grafik. Ko’rib turganimizdek Klin hosil bo’lgan va MACD indikatoriga divergensiya hosil bo’lishi. Bu yerda 2 ta signal beryapti trend pasga ketishiga. Men buni ko’rib aytdim trend pasga ketadi sell pozitsiyasi ochishingiz mumkin deb maslahat berdim. Ustiga ustak 4 soatlik grafikda aniq divergensiya edi. 90 Rasm- 13.4 Rasm- 13.4 Verktikal chiziqdan o’ng tomoni hali ko’rinmagan edi. USD/CAD 4 soatlik grafigimizda divergensiya juda chiroyli va aniq edi. Endi xulosa qilamiz, 1 soatlikka klin modeli, divergensiya va 4 soatlikka divergensiya boshlangan edi ya’ni 4 soatlik grafigimizda MACD indikatori, gistogrammadan qizil chiziq chiqgan edi va trend 30 punktga pasga tushgan edi. Men hamkasblarimga aytdim USD/CAD pasga tushadi aniq divergensiya va klin modelini topdim dedim. Bir hamkasbim sell pozitsiya ochdi. Oradan 2 soat o’tar o’tmas trend teppaga qarab ketdi. Rasm- 13.3 USD/CAD 1 soatlik grafikda 2- marta divergensiya hosil qildi. Bu orada ochgan pozitsiya 120 punkt zararga tushib ketdi. Men esa aytdim mana keyingi devergensiya ishlaydi 1 soatlik grafikda. 1 soatlik grafikda esa yana bir marta divergensiya hosil bo’ldi. Shunday qilib 1 soatlik grafikda 3 marta divergensiya qildi. 4 soatlik grafikdagi divergensiya esa salgina MACD gistogrammasi ko’tarildi. Hamkasbim 140 punkt zararga tushdi oxir oqibat niyati so’ngach ishonch qolmagandan keyin 145 punktga zararga yopdi. Narx esa 160 punktga borib Divergensiya va klin ishlab ketdi. 1 soatlik grafikda 3 marta divergensiya o’z ishini yakunladi va 4 soatlik divergensiya esa 100% o’z ishini bajardi. Hamkasbim bu voqeani ko’rgach juda afsuslandi chunki u ochgan pozitsiyadan 150 punkt tushib ketdi. Agarda zararlarini yopmay ishonch bilan turar edi natijada 150 punkt foydaga yopar edi. Rasm 13.3 ko’rsatilgan endigina divergensiya hosil bo’layotganini ko’rib turibmiz, agarda mana shu yerdan yopar edi pozitsiyasini 150 punkt foyda olar edi. Ko’rib turganingizdek Konsorsium qanday ishladi. Oxir oqibat niyatlar so’ngach konsorsium 91 ishlab ketadi va bizni buzilgan analizimiz ishlaydi. Biz tuzgan analiz esa oxir oqibat ishlaganini ko’ramiz. Bunday holatlar juda ham ko’p bo’ladi. Ba’zan juda qattiq tushib ketadida trend keyinchalik ko’tarilishni boshlaydi. Bunday vaziyatda biz trendning qayerga borishini bilmay qolamiz va yo’nalishdan adashamiz. Shuning uchun ham modellarni topishda va qayerda kirishda bizga qo’shimcha trend kanallari yordam beradi. Shu orqali biz to’g’ri va aniqroq joydan pozitsiya ochishimiz mumkin. Rasm- 13.5 Modellar buziladi buni inkor etib bo’lmaydi. Rasm-13.5 e’tibor bering, bu yerda Klin hosil bo’lgan lekin 3- minimum klin modelini kesgan. Tasavvur qiling shunday vaziyatda siz savdoda kirdiz va buy pozitsiyasi ochdiz. Klinning 3- minimumi trend chizig’ida yaqinlashib chegarani buzmasligi kerak edi. Lekin afuski bu chiziqni buzdi va siz klin modelini buzilganligini ko’rib turibsiz. Agarda pozitsiyangizni qoldirsangiz 3- minimum klin chizig’idan 140 punkt pasga tushib ketdi. Shuncha zararga tursangiz agar albatta sizning ham niyatingiz so’nadi va Klin buzildi deb fikrlaysiz. Lekin bunday olib qarasangiz, klin ishini to’g’ri bajarayotganini guvohi bo’lasiz. Bu yerda qayerga pozitsiya ishonchli ochish uchun birinchi navbada qo’shimcha kanal chizishimiz kerak. 15 minutlik grafikda aniq kanal chizishimiz mumkin. Agarda bu qo’shimcha kanalimizdagi buzuvchi trend chizig’imizni kessa demak tren o’zgaradi deyishimiz mumkin va buy pozitsiyasi ochishimiz mumkin. Shunday qilib biz hisoblasak, klin chizig’idan trend kanal 140 punktga chiqgan va qo’shimcha trend kanalimizdagi buzuvchi trend chizig’idan kesgan taqdirda biz buy pozitsiya ochishimiz mumkin. 92 Bunday holatda bizga Konsorsium umidimizni so’ndirmaydi biz esa ancha ishonarliroq va aniqroq joyda pozitsiya ochishimiz mumkin. Rasm- 13.6 Klin modelimizni salgina buzgan Rasm- 13.5 oxir oqibat Rasm- 13.6 o’z isbotini berib turibti. Aslini olganda men Rasm- 13.5 Klin modelining teppa qismidagi chiziqda tegilib salgina qarama qarshi tendensiya borib keyin klin modelidan chiqishi kerak edi. Lekin Rasm- 13.6 salgina buni ham buzgan ya’ni chizig’imizni teppa qismdan ozgina buzib o’tganda va qaytib pasga tushgan. Shunday qilib klin modelimiz ozgina bo’lsada trend noto’g’ri darajada borsa ham oxir oqibat biz kutgan va biz chizib o’tgan chizig’imizgacha narxni bosib o’tgan. Siz aziz bo’lajak treyderlar bunday holatdagi narxni baholashda yoki Tendensiyani aniqlashda aynan Konsorsium trendni yo’nalishini borish jarayonini aniqlashda adashtiradi. Lekin oxir oqibat bizni analizimizni buzib bo’lsa ham biz kutgan modelimizni albatta amalga oshiradi. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling