Kitob to’g’risida
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
1 Kitob to’g’risida Hamma insonlarga ham bu kitobni oqishni tavsiya etmayman chunki bu kitobdagi barcha axborotlar barcha o’quv qo’llanmalar inson hayotiga xavf solishi mumkin. Chunki har qanday inson Dunyo bozorida ishlayman yoki har bir inson ham ishchan ishlarni qilishni xoxlaydi. Lekin ba’zi bizni xarakterimiz yoki Jahon Moliya bozorida psixologik siqilishlar, haddan ziyod berilib ketish yoki qaysi bir bozorga kirish uchun ya’ni savdolashish uchun 100 foizlik texnika izlash kabi ma’lumotlar inson uchun juda katta xavfliligi insonni salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu uchun aziz kitobxon siz Traderlik kasbini tanlayman dedizmi -Qiyinchiligini -Sabrlilikni -Psixologik o’zimizni o’zimiz boshqarishlikni -Matematik hisobimizni boshqarishni -Foyda ola turib zararga ham hisobimizni foydaga olishga tayyorlikni -Texnik analizlarga (indikator, sovet beruvchi programmalar, va savdo strategiyalarni bir necha indikatorlar bilan himoyalash) -Fundamental analiz ( Davlatda iqtisodiy ro’y beradigan yangiliklar) Mana shularni bizlar inobatga olishingiz kerak bu siz uchun juda qiyint shunday emasmi albatta men bu mutaxasislaka kirishimda bularni hech ham inobatga olmagandim va borib borib chuqurroq o’rganganimdan keyin qiyinchiligini tshunib yetdim va siz uchun aziz kitobxon men ko’rgan qiyinchiliklar bu kitobga asl mohiyatini ochib bergan va nimani ustidan yugurmaslik kerak va nimani o’rganish keraklikni birma bir tshuntirib o’taman. Men o’zim ham ba’zan bozorga kirish savdolashishda yangi tеxnik qoidalarga rioya qilardim agarda bu qoidalar oxir oqibat natija bermasa yana yangi bir g’oya izlash va bozorga boshqa bir savdo texnikasini izlashda juda ko’p vaqt yoqotar edim. Shu uchun men sizga besamar savdo texnikalarga etibor bermay har paytda va har qanday jarayonda savdomiz muvaffaqiyatlarga erishishlikni birma bir real narxda ko’rsatishga intilaman chunki har bir teoriya ham ish bermaydi u salgina bo’lsa ham o’zgarishi mumkin va siz aytishiz mumkinki nega bunday bo’ldi axir kitobda men o’qiganimda bunday emas ediku nega real narx bunday holatda tushdi deb o’ylanib qolasiz haqiqatdan ham Jahon moliya bozori valyutalar o’rtasida xuddi shu holatlar juda ko’p uchraydi. Agarda siz kutubxonalarda borsayiz Jahon bozori va ularda ishtirok etish, savdo texnikasi, savdo jarayonlarni 2 qanday olib yurish kabi kitoblar juda ko’p hattoki haddan tashqari ko’p desak ham etiborga holi emas shulardan meni kitobim ham o’rin egallaydi. Men shuni aytishim mumkinki ba’zi bir kitoblar bir biriga juda yaqin ma’lumotlar kiritilgan. Ikkita kitobni olsayiz lekin avtor boshqa boshqa lekin kitobdagi malumotlar bir xil ma’noda yozilgan buday holatda siz bitta kitobdagi ma’lumotni oldiz lekin o’qishga kelsak 2 ta kitobni o’qidiz bunda vaqtiz ham zoye ketadi. Men ham shularni bilib siz aziz bo’lajak treyderlar qiynamasdan boshqa kitoblardan ma’lumotlarni olib o’zimga kitob tayyorlashni xush ko’rmayman bu kitobda hamma ma’lumotlar o’zimni fikrim intilishlarim va bozordagi real narxlardan tuzdim o’ylaymanki siz bilan biz bu kitobda ancha bilimga ega bo’lamiz va aytasizki ya’ni meni kitobimni ham boshqa bo’lg’usi treyderlarga tavsiya etasiz. Bu esa meni kitoblarimni sotishga juda yaxshi imkoniyat bo’ladi hazil albatta. Ba’zilar aytadi Akmal shu kitobingni kamroq hayotiy iboralardan qisqartirib asosiy ishni treyderlik haqida bo’ladigan ma’lumotlarni kiriting axir biz treyder bo’lamiz shunchaki hayot tajribasini o’rganish emas deb menga taklif qilishadi lekin shuni bilish lozimki qaysi ishda siz qo’l urmang sizga hayotiy, psixologik, matematik, va o’ziz ustizda ishlash kabi fikrlar kerak bo’ladi. Ba’zilarga men e’tibor beraman shaxsan o’zim kurs o’tgan insonlarga ular meni kursimni olishadida keyin yarim yo’lga, Akmal ilitimos men kursni to’xtataman bu menga to’g’ri kelmas ekan deb qo’yishadi. Men shuncha mehnatimni, shuncha o’tgan kursimni behudaga sarflashadi. Siz har bir kasbni tanlar ekansiz o’qituvchi, bankir, menejer, yoki shunga o’xshash mutaxasislar aniq ravshan ishlashadi chunki bu profesiyani olishga hech qanday zararsiz ishlashadi. Siz agar treyderlik kasbini tanlayman desayiz bunda zarar ham foyda ham bo’ladi lekin siz bu zararlarni kamaytirib foydani ko’paytira olishingiz kerak mana shunda siz bir narsada ega bo’lasiz. Siz qancha texnik savdoni rivojlantirmang hammasiga ham bir muammo chiqishi mumkin chunki har bir texnik savdoda albatta muammo bo’ladi. Shu uchun siz bunday paytda savdoni zarar bilan yopishizga to’g’ri keladi. Shu uchun bu ishda faqat matematik boshqaruvni puxta o’rganish kerak zararlarni kamaytirib foydaga chiqishga texnik savdolarni ishlab chiqish kerak. Hurmat ila Radjabov Akmal 3 Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling