KITOB TUMAN 55-MAKTAB KASABA UYUSHMASI QO‘MITASINING YIG‘ILISHI BAYONNOMASI
2023 -YIL 28- YANVAR № 13/1S Kitob tumani
Anorzor MFY
Qatnashdi:
Yig‘ilishda 5 nafar qo‘mita a’zolaridan 5 nafari qatnashdi.
KUN TARTIBI:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2023- yilgi ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalishida 2023- yilgi chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan
Eshitildi: Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Hojiyeva Dilfuza qo‘mita a’zolarini kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2023- yilga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi bilan tanishtirdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2023- yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlansin. (ish reja ilova qilinadi)
2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga zaruratga ko‘ra rejaga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Hojiyeva Dilfuzaga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan
Eshitildi: Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Hojiyeva Dilfuza qo‘mita a’zolarini Ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalishida 2023 -yilgi chora-tadbirlar loyihasi bilan tanishtirdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalish bo‘yicha 2023- yil uchun chora-tadbirlari tasdiqlansin. (Ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalish bo‘yicha 2023- yil uchun chora-tadbirlar ilova qilinadi)
2. Kasaba uyushma qo‘mitasiga zaruratga ko‘ra chora-tadbirga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |