Malika Budur: Oloviddin, men bu g’azallarni eshitib mashhur shoirning asarlarida-
biror qahramonga o’xshagim kelib qoldi.
Oloviddin: Kimga?
Malika Budur: Bilmayman. Lekin o’xshagim kelur.
Oloviddin: (chiroqni olib ishqalaydi, jin xizmatga hozirligini bildiradi) Budur
ikkimizni tillarda doston bo’lgan Farhod va Shiringa aylantir.
Jin: Amringiz bosh ustiga, xojam.
“Farhod va Shirin” dostonidan kichik lavha ko’rsatiladi.
Shirin: Ki:”Ey na’layning o’rni qiblagohim!
Harami nazhating g’amdin panohim!
Farhod: Necha yetkay sanga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Shirin: Boshimg’a tig’I g’am sursang ne bo’lg’ay,
Bu so’z deguncha o’ltursang ne bo’lg’ay,
Farhod: Meni hindidek otashgahga boshla,
Uzorim xolidek o’t ichra tashla
Shirin: Ki,jismim bo’lsa ui o’t ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin cnirmanib dud.
Farhod: Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Shirin: Qulog’I mustami bo’lmay so’zimga,
Ko’zi oylar o’tub tushmay yuzumga.
Farhod: Tog’ ichra sel yanglig’ oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Shirin: Xayolim birla ko’nglim kone aylab,
Firoqim ichra umrin zoye aylab.
Jin: Hakkalla, dukkalla,cho’kkalla. Aslingga qayt.
Malika Budur: Voy, menga Shiringa o’xshash yoqib qolgandi.
Oloviddin: Malika Budur, bu tomonga qaragin, podishoh nimadandir siqilganga oxshaydi.
“Dunyodagi ehg yoqimli hid” nomli sahna ko’rinishi.
Husayin Boyqaro: Menga hoziroq dunyodagi eng yoqimli hid nimaning hidi
ekanligini bilib kelinglar!
Mulozimlar: Xo’p bo’ladi, Shaxanshoh.(chiqib ketadilar va Alisher Navoiy-
ga bu xabarni aytadilar)
Alisher Navoiy: (Ko’p o’ylanadi va o’zi bilmagan holda yo’lga tushadi. Bir dehqonga duch keladi) Assallomu alaykum, bobo.
Do'stlaringiz bilan baham: |