Kitobdan yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma


Download 88.04 Kb.
bet2/26
Sana06.04.2023
Hajmi88.04 Kb.
#1332012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

mehrga aylantiradi. Qadimda yaratilgan ertaklarda
yomonlik timsoli bo’lmish yalmog’iz kampir ham “ saloming bo’lmasa ikki yamlab bir yutardim” degan, shuning uchun so’zimizni Assalomdan boshlasak.
2-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Assalom, ustozlar, mehri-ziyolar .
Sizga ham mehmonlar dildan ehtirom
Hamma: Qo’limiz ko’ksimizda salom-assalom.
1-boshlovchi : Hamisha muqaddas dargoh hisoblanmish,
Ilm-ma’rifat o’chog’I maktabimizga 
Hamma : Xush kelibsiz ! 1-boshlovchi : Bugun biz sizning , e’tiboringizga ,,Maktabim-qutlug’ – makonim ,kitobim-oftobim’’ deb nomlangan tadbirni havola etmoqchimiz .
Hamma : Marhamat, tinglab tomosha qiling
2-boshlovchi : Donishmandlar kitob haqida:
1-o’quvchi : Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.
F.V.Glagkov.
2-o’quvchi: Kitoblar aql farzandlaridir .
J.Svif .F
3-o’quvchi: Kitoblar jonsiz , ammo sodiq do’stlardir.
V.Gyugo
2-boshlovchi: Bilimdonlar so’zi bordir bu bobda
,,Bilimdon go’rda-yu , ilmi kitobda ‘’
Agar yolg’iz bo’lsang, hamdam kitobdur.
Bilim subhidagi nur ham kitobdur.
A.Jomiy.
1-boshlovchi:Kitobdin yaxshiroq do’st yo’q jahonda,
G’amxo’ring bo’lg’ay u g’amli zamonda.
U bilan qol tanho , hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat bergusi takror.
A.Jomiy
2-boshlovchi: Ha, darhaqiqat, Abdurahmon Jomiy domla aytganlaridek, bilimdon allomalar bu dunyodan o’tgan bo’lsalarda ularning yozib qoldirgan kitoblari hamisha tirik, demak , ularning ruhi tirik ,chunki unday insonlar , o’quvchilar, biz kitobxonlar qalbida hamisha barhayotdir.
1-boshlovchi: Kelinglar, azizlar, shunday barhayot insonlar nomlarini birma-bir xotirlaylik:
A.Navoiy, Z.M.Bobur, M.Yusuf. A.Temur, M.Ulug’bek, Aflotun, I.Sino, AL. Xorazimiy, Geradot.
1-o’quvchi: Kitob. Q.Hikmat
Javonimga qarab qo’y
Qilar yalt-yult kitoblar.
Har xonaga ko’rk, obro’,
Gavhar jild-jild kitoblar. 
Bamisoli keng dunyo, 
Javon ichra joylangan.
2 -o’quvchi: Kitobimni qanday sevsam oz bo’lur,
Kitob desam ko’nglim bahor, yoz bo’lur.
Kitobimni desam agar ko’klam, yoz,
Ko’klam, yozning umri lekin undan oz.
Tezda chaman yaprog’i so’lar, qurur,
Kitob chaman bo’stonim so’lmas bo’lur.
Sahna ko’rinishi.
1-bo’shlovchi: Burhonov Behruz , A’zamova Mohinur va Aminov Shahzod hamkorligida M.Murodov qalamiga mansub ,,Kitob ‘’ sahna ko’rinishini e‘tiboringizga havola etamiz.
Qo’shiq: Kitob mening do’stimsan
1-boshlovchi: Kitobni birovdan qarz so’raganni,
Oqillar safiga qo’shmay qo’yaqol.
U goh qo’yindadir, gohi bag’ringda,
Kitob egasining mahbubi misol.
2-boshlovchi: Ilmu ustozi kitob hurmati-
Hammasidan zarur bu bob hurmati.
Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin
Chekar hayotida kamlik zillati.
1-o’quvchi: She’r “ Kitob deydi”. I.Sayyora N.Dehqonova
2-o’quvchi:Kitoblar tarixidan. Kitob .Davronova.Sh Axunova D
1-boshlovchi: Kitob sehri .
Suhbatdoshim, sirdoshim o’zing,I
Bu hayotda yo’ldoshim o’zing.
Ulg’aytirding tuyg’ularimni, 
Sevinchim ham, ko’z yoshim o’zing.
2-boshlovchi:Men hikmatni sendan o’rgandim
Ma’rifatni sendan o’rgandim. 
Odil yo’lga boshlading doim, 
Haqiqatni sendan o’rgandim
Sahna ko’rinishi 
,,Mayib Kitob’’. Sh.Shodmonova.
Qizlar ijrosida raqs.
1-boshlovchi: So’nggi yillarda kitobga bo’lgan munosabat o’zgarganligi , kitobxonlar soni birmuncha kamayganligi tez-tez ta’kidlanayapti.Buning sabablaridan biri internetning kundalik turmushimizga kirib kelishidir .
To’g’ri, global tarmoqning kitobga nisbatan qulay jihatlari bor. Undan xohlagan kitobni tezkorlik bilan topish mumkin .Lekin, kitobni internetdan rohatlanib , qunt bilan o’qib bo’lmaydi. Qolversa, u ruhiyatni tez toliqtiradi. 
2-boshlovchi: Inson o’z imkoniyatlari , kuch — qudratini, orzu-havaslar, oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishishi uchun avvalo , chuqur bilimga ega bo’lmog’ i lozim . Bunda bizga bilimlar o’chog’I bo’lmish kitoblar yordam beradi .

Download 88.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling