Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling


Download 471.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana11.11.2023
Hajmi471.27 Kb.
#1765830
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Baxtli bo\'lish sirlari [@KitobL]

fe'l-atvor zqrur. Yakka-yu yagona Parvardigori olam gulni yaratishga qodir, lekin har 
qanday tentak bola uning gulbarglarini yulib olishi mumkin! Odamlar dushmanona yoki 
qo'pol kayfiyatda bo'lgan chog'da, ular shafqatsiz va zolimona fikrlar bildirayot- 
ganlarida, ularning so'zlari aslo sizning emas, balki o'zlarining behalovat qalblarining 
aksi hisoblanadi. Shu bois kimligingiz va qandayligingizni tushun- tirmoqchi bo'lgan 
hech kimsaning so'zini eshitmang, albatta, ular ijobiy fikrlar bo'lsa, bundan mustasnodir. 
Nima deb o'vlaysiz, agar boshqalar- ning fikriga quloq tutsam, shu yoshimda doril- 
fununda tahsil olarmidim? Agar bu to'g'rida atrofimdagilarning fikriga qo'shilishga rozi 
bo'lganimda, nahotki, oltmish besh yoshimda chang'ida uchishga o'rganishga 
kirishardim? Oltmish sakkiz yoshimda rasm chizishni o'rganarmidim? O'ylaymanki, agar 
o'zgalarning so'ziga kirganimda, allaqachon o'lib ket,ardim yoki aqldan ozardim. 
Odamlar mening yoshimda bularning barchasiga kirishishni tentaklik deb aytadilar. 
Ko'plar meni avvalgidek aqlidan adashgan jinni deb hisoblaydilar. Ehtimol, bu 
shundaydir, lekin sizga bir narsani aytmoqchiman — men baxtliman va hayotimdan 
mamnunman. 
Inson hayoti davomida erishishi mumkin bo'l- ganining yaxshisi — o'zini anglashi 
ekanini bir joyda o'qigandim, chunki faqat o'shandagina u butkul erkin bo'ladi, o'zgalar 
uning gardaniga bo'yinturuq qilib ilmoqchi bo'lgan cheklash va qoidalardan ozod bo'ladi, 
qanday yashashni istasa, shunday umr kechirishga imkon topadi... va baxtli bo'ladi. 
Yigitcha ich-ichidan ko'tarinkilik ruhi toshayot- ga!nini his qildi: 
— 
Bu shunchalar oddiy eshitilsa-da, juda ma'noli ko'rinayapti, lekin... nahotki u 
haqiqatga to'g'ri keladi? 
— 
Bunga ishonch hosil qilishning yagona yo'li bor. O'zingizda sinab ko'ring! — 
jilmaydi Mouzis xonim. 
Kechqurun, uyquga yotish oldidan yigitcha kunduzi yozganlarini o'qib chiqdi. 



Download 471.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling