8-variant I. Nazariy savollar
Download 42.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqUrDU pedagogika fakulteti sirtqi ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Test tuzish Shart ergash gapli qo`shma gap yuzasidan 10 ta test tuzish. Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU pedagogika fakulteti sirtqi ta’lim BT va STI yo’nalishi 194-guruh 3-kurs talabasi Yusupova Jamilaning “Ona tili va bolalar adabiyot” fanidan oraliq nazorat ishi 8-variant I.Nazariy savollar 1. Aralash aloqali murakkab qo`shma gaplar 2. Xans Kristian Andersen ertaklari tahlili. II.Amaliy topshiriq 1. Ko’chirma gaplarning tinish belgilarini qo’ygan holda ko’chiring. 1. Tog’asi Voy jigarim, onangdan ayrilib qoldik deb quchoq ochdi (T.Malik) 2. Vazira yengil tin oldi-yu Avval masala uzil-kesil hal bo’lsin dedi Men Nabi Sadrievichga yana bir kirganimda maslahat so’ray-man (P.Q.) 3. Maqtovingni eshitib yuribmiz bu yoqda dedi o’rtachadan kel-gan, burni puchuqroq qiz ikki oycha bo’ldimi, gazetada o’qib qoldik (J.Abd.) 4. Rasul beixtiyor yoqasini ushlab Yopiray, shunaqa uzuk ham bo’-larkanmi, a deb yubordi (O.Yo.) 2. Qo`shma gapni tahlil qilish: 1. Murda olib chiqilib, o’zi yolg’iz qolgach, bu bulut pastlab, uni bo’g’a boshladi. (T.Malik) 2. Raqamlar noto’g’ri ketgan bo’lsa, xatolik topsangiz, shubha tug’ilsa, tegmang-u, belgilab qo’ying.(O’.Usm.) 3. Erta bilan soat sakkizlarda bulut quyuqlashib, hamma yoqni qorong’ilik bosdi - Toshkentda bu kutilmagan bir hol.(Mirm.) 4. Xudodan bitta- bitta tilagim bor, u ham bo’lsa shuki, bizni ko’rolmaganlarning ko’zi ko’r bo’lsin.(A.Nesin) 5. Kotiba qiz kirishi bilan, ichkaridan g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovoz eshitildi va keyingi daqiqada eshik lang ochilib, Zokir Qo’shmoqovning o’zi chiqib keldi.(O’.Usm.) III.Test tuzish Shart ergash gapli qo`shma gap yuzasidan 10 ta test tuzish. Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova Nazariy savollarga javoblar: 1. Qo‘shma gaplarning komponentlari bir-biri bilan ba'zan ham bog‘lanish, ham ergashish orqali birikadi. Bunday gaplar aralash murakkab qo‘shma gap deyiladi. Aralash murakkab qo‘shma gaplarning quyidagi turlari ko‘p uchraydi. 1. Bir ergash gap va ikki bosh gapning birikishidan yasalgan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda ergash gap bosh gaplarning bittasiga yoki alohida-alohida bog‘lanadi. Bu gap kutilmagan bo‘lsa ham, Mirhomidho‘janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho‘qqi soqol xiyol titradi.(A.Q.) 2. Ikki komponentli ergash gapli qo‘shma gap hamda ikki komponentli bog‘langan qo‘shma gapning birikishidan yasalgan aralash qo‘shma gaplar: Bir eshitdimki, qochibdi deb; bir eshitdimki, qo‘lga tushdi deb. (A.Q.) 3. Ikki ergash gap va ikki bosh gapdan tashkil topgan aralash qo‘shma gaplar tarkibida ham bir necha ergash gapli qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap bo‘lishi mumkin: Agar traktor berilsa, erlar traktor bilan haydalsa, birinchidan, mehnat unimi ortadi, ikkinchidan, hosil mo‘l bo‘ladi. (A.Q.) Aralash turdagi qo’shma gaplar to’rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi. 2. Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805 yilda Odens shahrida dunyoga keldi. Bolaning otasi kavushdoʻz, onasi esa kir yuvuvchi boʻlib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambagʻallar maktabiga oʻqishga kiradi. Oradan uncha koʻp vaqt oʻtmay, ularning oilasi Kopengagenga koʻchadi. Bolaning yashash sharoiti va oʻqishi bu yerda ancha-muncha yaxshi boʻladi. Boʻlajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda taʼlim oladi. 1828 yilda esa Kopengagen universitetiga oʻqishga kiradi. Andersen juda koʻp mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi. Andersenning ijodi 20 yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik sheʼrlar, roman, drama, yoʻl ocherklari, biografik etudlar yaratadi. “Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan “Daniya – mening vatanim”, ozodlik gʻoyasi mujassamlangan “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa sheʼrlari sheʼriy janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi. Andersen oʻz romanlarida (“Improvizator”, “O. T” boʻlgan yoki boʻlmaydi”) zamonasi uchun juda muhim boʻlgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi. Uning ijodi koʻp qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Ertaklar” (1835–1855), “Yangi ertaklar” (1843–1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi. Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qogʻozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli boʻlish bilan birga, oʻquvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega. Andersen ertaklarida koʻpincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular oʻzlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq boʻladilar. Uning “Qoʻngʻiroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan shoʻrva”, “Goʻng qoʻngʻiz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol boʻla oladi. Ertakchining “Qoʻngʻiroqli girdob” asarini olib koʻraylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, ogʻir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning oʻz xoʻjasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi. “Bolalar gurungi” asarida hech kim taqdirini, kichkintoy oʻsib-ulgʻaygach kim boʻlib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu koʻproq oʻsha bolaning oʻziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bogʻliq ekanligini oʻqiymiz. Shohona qasrga toʻplangan bir toʻda bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni toʻldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq boʻlish uchun harakat qilishlarini kibor bilan taʼkidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambagʻal bola tinglab, xoʻrsinar, “bularga yetish bizga yoʻl boʻlsin”, deb qoʻyar edi, oʻzicha. Yillar oʻtib oʻsha juldur kiyimli bola yaxshi oʻqib, rassom boʻlib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, oʻziga munosib bir qasr qurdirdi. “Qasr hamda uning ichidagi xazinani koʻrish”ni hamma istardi. Ertakchining “Noʻxat ustidagi malika” asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahrgʻazabini qoʻzgʻatadi. Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir boʻlgan, tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan shahzoda qasrga qaytadi. Kunlardan bir kuni koʻz koʻrib, quloq eshitmagan moʻjiza yuz beradi: “Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomgʻir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning oʻzginasi. Toʻsatdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi. Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga oʻxshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, koʻylaklaridan sharillab oqib, toʻppa-toʻgʻri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u boʻlsa pinagini buzmay, “Men haqiqiy malikaning xuddi oʻziman, derdi”. Malikani sinab koʻrish ishlari ham gʻalati boʻladi. Tunda qirq qavat koʻrpa ostiga bitta noʻxatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab oʻrnidan turar ekan, “Qanday uxlab turdingiz?” deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi: “Ey, juda yomon! – deydi u. – Koʻzimni yummadim, desam ham boʻladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun aʼzoyi badanim koʻkarib ketibdi. Naqadar dahshat!” Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi. Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib oʻqiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda koʻpchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir. “Dyumchaxon”, “Irkit oʻrdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklari oʻzbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan. Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bagʻishlab kelmoqda. Download 42.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling