Kitobxon. Com Dunyodagi eng
Download 18.42 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitobxon.Com DUNYODAGI ENG ROSTGO‘Y ODAM Ch u vakkina, qushburun, keksa bir kishi kamin yonida yonboshlab o‘tirib, o‘z boshidan kechirganlarini hikoya qilar edi. Gapini eshitib o‘tirganlar unga qarab kulishib: – Voy Myunxauzen-e! Voy baroni tushmagur-e, – deyishardi. U qanday qilib oyga uchganini, uch oyoqli odamlar orasida qanday yashaganini, qanday qilib uni nahang baliq yutib yuborganini, kallasi tanasidan qanday qilib judo bolib qolganini bamaylixotir hikoya qilar edi. Bir kuni bir yo‘lovchi uning gaplariga quloq solib, turdi- turdi-da, birdan: – Hamma gaplaring lof! Sen gapirayotgan voqealar hech vaqt bo‘lgan emas, – deb qichqirdi. Myunxauzen qovog‘ini soldi-da, gerdayib javob qildi: – Men o‘zimning eng yaxshi do‘stlarim deb atagan graflar, baronlar, knyazlar va sultonlar meni doim dunyoda eng rostgo‘y odam der edilar. Hikoyani eshitib turganlar yana qattiqroq xaxolab yubordilar. – Myunxauzen rostgo‘y odam emish! Xa-xa-xa! Myunxauzen esa, pinagini ham buzmay, qanday qilib kiyikning boshidan ajoyib daraxt o‘sib chiqqanini hikoya qilaverdi. 3 Kitobxon.Com – Daraxt?.. Kiyikning boshida-ya? – Ha. Olcha daraxti. Daraxtda esa olchalar. Shunday mazali, shirinki... Bu hikoyalarning hammasi shu kitobda bosilgan. Shularni o‘qib, dunyoda baron Myunxauzendan ham rostgo‘y odam bo‘lgan-bo‘lmaganligini o‘zlaringiz ayting. TOMDAGI OT Ì en Rossiyaga otliq safarga chiqqan edim. Qish payti, qor yog‘moqda edi. Otim charchab, qoqina boshladi. O‘zimni ham rosa uyqu bosdi. Charchaganimdan egardan yiqilib tushishimga sal qoldi. Ammo tunash uchun behuda joy i zlabman: y o‘lda bironta ha m q ish loq ni uchratmadim. Nima qilish kerak edi? Yalang bir joyda tunashga to‘g‘ri keldi. Tevarak-atrofda na bir tup buta bor va na bir tup daraxt. Qor tagidan kichkina bir qoziqchagina dikkayib chiqib turardi. Sovqotgan otimni bir amallab shu qoziqchaga bog‘ladim. o‘zim esa o‘sha yerdayoq qor ustiga yotib, dong qotib uxlab ketdim. Uzoq uxlab qolibman. bir mahal uyg‘onib qarasam, dalada emas, bir qishloqda yoki, to‘g‘rirog‘i kichkina bir shaharchada yotibman: tevarak-atrofimda uylar. O‘zi nima gap? Qayerga kelib qoldim ekan? Bu uylar bir kechada qanday paydo bo‘ldi ekan? Otim qayerda qoldi? 5
75 MUNDARIJA Dunyodagi eng rostgo‘y odam .................................................. 3 Tomdagi ot .............................................................................. 5 Chanaga qo‘shilgan bo‘ri .......................................................... 7 Ko‘zlardan uchqun .................................................................... 8 Ajoyib ov ................................................................................. 9 Sumbadagi kakliklar .............................................................. 12 Igna ustida tulki .................................................................. 13 Ko‘r cho‘chqa ....................................................................... 14 Men yovvoyi cho‘chqani qanday qo‘lga tushirdim ................... 15 G‘aroyib kiyik ....................................................................... 16 Avra-astari ag‘darilgan bo‘ri ................................................. 17 Quturgan po‘stin .................................................................. 18 Sakkiz oyoqli quyon ............................................................ 19 Ajoyib nimcha ...................................................................... 21 Ot stol ustida ...................................................................... 22 Yarim ot ............................................................................... 23 To‘p o‘qiga minib .............................................................. 26 Sochdan tortib ...................................................................... 27 Asalarichi bilan ay1qlar ........................................................ 28 Oyga bir1nchi sayohat ......................................................... 29 Ochko‘zlik balosi ................................................................. 32 Otlar qo‘ltiqda, soyabon arava yelkada .................................. 33 Erigan tovushlar ................................................................... 34 Dovul .................................................................................... 35 Timsoh va sher o‘rtasida ........................................................ 36 Nahang baliqqa duch kelib qolingani .................................... 39 Baliq qornida ........................................................................ 41 Mening ajoyib xizmatkorlarim .............................................. 44 Xitoy vinosi ........................................................................... 47 Iz quvib ................................................................................ 52 Nishonga tekkizish ................................................................ 53 Bir kishining ming kishiga bas kelgani ..................................... 57 O‘q-odam ............................................................................... 58 Oq ayiqlar o‘rtasida ............................................................. 60 Oyga ikkinchi marta sayohat .............................................. 63 Pishloq oroli ........................................................................ 68 Nahang baliq qornidagi kemalar .............................................. 71 Ayiq bilan olishuv ................................................................ 74 Download 18.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling