Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning ustuvor usullari
Download 21.86 Kb.
|
Mavludaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING USTUVOR USULLARI Qo`yliyeva Fotima Ulug`bek qizi TerDU talabasi kuyliyevafotima@gmail.com Annotatsiya: Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos o'rni qadimdan ma'lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go'zallikka muhabbat uyg'otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo qiladi. Abstract: The book's unique role in human life and the spiritual development of human society has long been known. It creates a feeling of familiarity with the world, a love for beauty, an enjoyment of it, and a hatred of evil. Аннотация: Уникальная роль книги в жизни человека и духовном развитии человеческого общества давно известна. Это создает ощущение знакомства с миром, любви к красоте, наслаждения им и ненависти ко злу. Kalit so’zlar: kitobxonlik, madaniyat , Viliyam Shekspir, johillik, kitobxon. Keywords: reading, culture, Viliyam Shekspir, ignorance, reader. Ключевые слова: чтение, культура, Вилиям Шекспир, невежество, читатель. Inson tugʼilib esini tanir ekan, oʼz hayoti davomida koʼplab qiyinchiliklarni boshidan oʼtkazadi. U qiyinchiliklarni yengishda har bir inson yaqin maslahatgoʼy doʼstga ehtiyoj sezadi. Shubhasiz, inson hayotida chinakam va beminnat doʼst bu kitobdir. Kitob-insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk moʼjizasi va ixtirosi hisoblanadi. U insonning aqlan va maʼnan kamolotga erishuviga va oʼzligini anglashga yordam beradi. Kitob oʼtmishni bugun va kelajakka bogʼlaydigan oʼziga xos koʼprikdir. Kitobni maʼnaviy meros, tuganmas xazina deyishlari ham bejiz emas, haqiqiy kitobni qadrlaydigan insonlargina uning bu kabi qiymatini anglab yetishgan. Shu oʼrinda taʼkidlab oʼtish kerakki, buyuk bobokalonimiz, tabobat ilmining sultoni, mashhur tabib Аbu Аli ibn Sino betob boʼlgan Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolagach, shohning “Senga bu yordaming uchun nima ato qilay?” degan savoliga saroy kutubxonasidan foydalanish istagini bildirganligi barchamizni hayratda qoldirgan. Demak, haqiqiy komil inson kitobning qadriga yetadi, uni har qanday oʼtkinchi narsalardan ustun qoʼyib, oʼzi bilan birga abadiy xazinani saqlab yuradi. Har bir ziyoli insonning kelajagi kitob bilan bogʼliq. U oʼz oldiga qoʼygan ezgu orzu-istaklariga chuqur bilimi va aqliy salohiyati orqali erishadi. Bilimni esa insonga albatta, kitob beradi. Buyuk dramaturg Viliyam Shekspir kitoblar haqida shunday degan edi: “Kitob muqovasi zarhalli boʼlibgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng boʼlsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.” Bundan koʼrinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sabab yuzaga kelgan kitoblar emas balkim, inson ruhini, uning maʼnaviy olamini poklaydigan chin maʼnodagi haqiqiy asarlarni tanlab, saralab oʼqish biz kitobxonlarning asosiy vazifalaridan biridir. Negaki kitob mutolaasi insonda maʼnaviy boʼshliqning paydo boʼlishiga zinhor va zinhor yoʼl qoʼymaydi. Sayoz “kitob”lardan esa hech narsa olib boʼlmaydi qimmatli vaqtimizning sarflangani qoladi xolos. Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charhlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo'jizadir. Shunday ekan har bir insonda kitobxonlik madaniyati shakllanishi kerak. Buning uchun nimalarga e`tibor berish kerak, qanday usullardan foydalanish muhim. Quyida shu masalalar bo`yicha o`z fikr va mulohazalarimizni berib o`tamiz: Birinchidan, avvalo, o`zimizning tarixiy o`tmishimizni va adabiyotimizni yaratgan buyuk shaxslarni tanish hamda ularning asarlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lishimiz kerak. Shu bilan birgalikda ularning kitoblarini to`plash masalasiga e`tibor berishimiz, uni amalga oshirishimiz zarur. Ikkinchidan, maktablarda badiiy asarlar burchagini tashkil qilish orqali o`quvchilarda qiziqish uyg`otish. Bunda bir oyda har bir o`quvchi o`z o`qigan kitobini badiiy asarlar burchagiga qo`yib boradi va oy so`ngida o`sha asarlardan tuzilgan savollarga javob berish orqali o`z bilimini mustahkamlaydi. Uchinchidan, kitoblarning ijtimoiy reklamasini tashkillashtirish. Bugungi globallashuv davrida sog`lom reklamaning ahamiyati juda muhimdir. Kitoblar reklamasi barchada qiziqish uyg`otadi. Bunday usullar kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda ijobiy natija beradi. To`rtinchidan, o`quvchilarni jahon adabiyoti na’munalari bilan tanishtirish maqsadida ularni o`zbek tiliga tarjima qilishni kuchaytirish hamda tarjima maktablarini tashkil qilish muhimdir. Bu orqali ham kitoblarga, ham chet tillarini o`rganishga mehr uyg`onadi. Har bir inson oʼqigan kitobidan qandaydir bir xulosa chiqaradi va mushohada yuritadi. Shuningdek, maʼnaviy barkamolligi ortib boradi. Аynan kitoblar orqali insonlar hayot haqiqatini anglay oladilar. Kitob insonni maʼnaviyatning eng yuqori marrasiga, haqiqat choʼqqisiga eltadi desak, mubolagʼa boʼlmaydi. Yurakning xotirasi kuchli...U sevib oʼqilgan asarlarni hech qachon unutmaydi. Soʼzimiz yakunida Yapon xalqining bir maqolini keltirib oʼtmoqchimiz: “Biz oldin miyani toʼydiraylik, soʼngra u qorinni toʼygʼazadi”. Аzizlar! Xulosa esa oʼzimizdan.
1.Karimov I. A. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997. 2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot— pirovard maqsadimiz. Asarlar. - „O‘zbekiston“, 2000. 3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 12 apreldagi 123- sonli „Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori // „Xalq so‘zi“. 2002. 4.Mamatraimova H. Bibliografiya // O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. 2001. Download 21.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling