Ўкитувчи психологияси


Ўкитувчи шахсининг индивидуал хусусиятлари


Download 75.8 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi75.8 Kb.
#1837241
1   2   3
Bog'liq
1363002164 41967

Ўкитувчи шахсининг индивидуал хусусиятлари .
O`qituvchi uchun tipik bo`lgan aaxloqiy pedagogik sifatlar o`z-o`zicha mavjud bo`lmaydi .Ularning egalari jonli , konkret o`qituvchilardir.
Xaar bir o`qituvchi o`z maktab jamoasining azosi bo`lish bilan birga bir qancha individual fakat uning o`zigagina xos bo`lgan xususiyatlarga xam egadir.Shu xususiyatlar yigindisi muayyan o`qituvchining shaxsiy kiyofasini ,unga xos bo`lgan ish uslubini belgilab beradi.
Xaar qanday pedagog jamoada yosh ,pedagoglik faoliyatini endigina boshlayotgan o`qituvchilarni xam ,ko`p yillik ish stajiga ega bo`lgan tajribali o`qituvchilarni xam uchratish mumkin . Yosh o`qituvchida xam ,tajribali o`qituvchida xam o`z ish xususiyatlari xam bo`ladi. Yosh o`qituvchi uchun kelajakda rivojlanish mukkammallashib borish istikboli xarakterli bulsa tajribali keksa o`qituvchi uchun esa bosib utilgan davr ,boskich xarakterlidir.Masalan,bilimlarni bolalarga tushunarli , qiziqarli qilib Bera bilish qobiliyati , darsda tushuntirish uo`quv programmasining eng muxim masalalarini tanlay olish kunikmasi ,odatda yosh o`qituvchilarda kamrok rivojlangan bo`ladi.Ular o`zlari bilgan narsalarni bolalarga mumkin kadar ko`prok bayon qilishga xarakat qilib , ko`pincha darslarni uo`quv materiallari bilan xaddan tashkari tuldirib yuboradilar.Yosh o`qituvchilarning o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarida , dastlabki kezlarda ,ortikcha muloyimlik ,,sermulozamatlik ,chakkonlik va ochiq kungillik ko`zga tashlansa Ayni vaqtda tajribali pedagoglar anchagina vazminlik va kattikkqo`lliklari bilan ajralib turadilar.
Biroq o`qituvchilar jamoasidagi individual farqlar fakat pedagogik tajribadagi tafovut bilan tugallanmaydi.
Malumki,barcha tajribali o`qituvchilar xam, shuninigdek, yosh o`qituvchilar xam birday yemas.Yosh o`qituvchilar orasida xam tajribalari orasida xam kungilchan talabchan, xiyla kuchli va kuchsiz,xushchakchak va mayuslari uchrab turadi. Xar birining o`ziga xos, aloxida xususiyatlari bor. Xar birining o`z avzalliklari va kamchiliklari uladi.
Professor I.V.Straxov xarakterlari jixatidan turlicha lekin xar biri o`z yo`liga yaxshi bo`lgan uchta o`qituvchining xarakteristikasini misol qilib keltiradi
Matematika o`qituvchisi o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarda Amaliy va emotsional alokalarning muvozanatligi bilan ajralib turadi. U darsga Kirishi bilanok o`quvchilarbilan Amaliy aloka qila boshlaydi. Sinfdagi tartibsizliklarni paykaydi va ularni bartaraf qilishini talab qiladi. U mumkin kadar ko`prok o`quvchilar bilan munosabatda bo`lishga xarakat qilib, darslarni qiziqarli ravishda olib boradi, o`quvchilarni aktiv, mmustaqil ishlashga jalb qiladi. Uning o`quvchilarga murojaat qilishi doskada masala yechayotgan o`quvchi bilan diolog tarikasida va ayrim o`quvchilarga lukma tashlash tarzida ifodalanadi: Masalan: «Yechishning eng yaxshi usulini toping». «Sen qo`lingni juda xam xunik kutarasan», «Shoshilmaslik kerak» kabilar. Yo`l yo`lakay bir necha dars koldirgan o`quvchidan nima bilan kasallanganligi, xozirgi vaqtda o`zini qanday xis qilishi, yordam kerak yoki kerak emasligini xam surab ketadi. Tortinchok, o`ziga ishonmaydigan o`quvchiga muloyimlik bilan muomala qiladi: «Sening ishlaring yurishmayabti, lekin buni to`zatish mumkin».
Adabiyot o`qituvchisi o`quvchilar bilan muomala qilishda ularga muloyim ta`sir ko`rsatishi, samimiyligi va jushkinligi bilan ajralib turadi.
U darsdagi ishchanlik vaziyatini asosan xilma-xil suxbatlar olib borib barcha o`quvchilarni aktivligi va mmustaqilligini uyg`otish yo`li bilan vujudga keltiradi.O`quvchilar bilan kiynalmasdan emotsional alokalar urnatadi. Bunda uning o`ziga xos bo`lgan muomalasining samimiyligi va ifodaliligi ,nutkning jushkinligi kutarinqiligi ,o`quvchilar bilan muomala qilish usullarining xilma –xil bo`lishi ,suxbatining dustona vaziyatda bo`lishi katta rol uynaydi.
Tabiat o`qituvchisining boshkalardan ajralib turadigan o`z xususiyatlari bor o`quvchilar bilan kat`iy ishchan munosabat urnata biladi. Lekin o`quvchilar bilan yetarli emotsional munosabatda bo`lmaydi .Ular bilan munosabatlarida juda xam rasmiy bo`ladi va kattikqo`llik kursatadi.Darsga kelgach sinfni dikkat bilan ko`zdan kechirib chikadi vat parta ustidaga ortikcha narsalarni olib qo`yishini talab qiladi.Kimda Kim darslikni ochib utirsa u darsga tayyorlanib kelmagan deb xisoblayman deydi u. Darsda ukuchilarni dikkat bilan ko`zatib boradi.o`quvchilar xulqining biroz bulsda bo`zilishiga yo`l kuymaydi. Bu o`qituvchining darslarida kat`iy ishchan munosabat urnatiladi. Xaar bir o`quvchining aktiv ishlashiga erishadi,xar bir minutdan samarali foydalanadi.biroq bu o`qituvchida bolalarga nisbatan samimiylik va jushkinlik yetishmaydi.,muloxazalarga ko`p urin beriladi.Pedagoglar uchun oliy nerv faoliyatining qandaydir aloxida tipii mavjud bo`ladi deb uylamaslik kerak deb yozadi N,D.Levitov –gap fakat nerv sistemasining bir-biriga kushilib pedagoglik ishiga yordam beradigan xususiyatlari to`g`risida borishi lozim .Ko`zgolish jarayonlarining kuchi anchagina kam bo`lganda o`qituvchi ishda xalakit beradigan darajadagi bushanglik ,passivlik kiyinchiliklardan kurkishga tormozlanish professiyalari kuchsiz bo`lganda esa xulqda ortikcha qiziqkonlikka ,serjaxllikka moyil bo`ladi.Nerv sistemasida ko`zgolish va tormozlanish sistemalarining muvozanatligi pedagogga xul atvorida oqilona chora qo`llash uchun ,o`quvchilarga pedagogik tasir ko`rsatishning samarali vositalarini tanlashit uchun yaxshi asos bulib xizmat qiladi.Nerv jarayonlarining chakkonligi Yangi va kutilmagan sharoitlarda dikkatni bir narsadan ikkinchi narsaga tez kuchirish ,epchillik ko`rsatish va vaziyatga karab ish to`tish uchun muxim shart bulib xisoblanadi.Agar o`qituvchi o`z kamchiliklarini bila turib o`z-o`zini tarbiyalash bilan kat`iy shugullanib borsa nerv sistemasi tipining salbiy ta`siri bir muncha susayishi mumkin.
Xaar bir o`qituvchining akliu faoliyatdagi individual farqlari ko`p jixatdan uning qobiliyatlari,qiziqish va mayllari ,extiyojlarining ijtimoiy axamiyati bilan belgilanadi.Tashabbuskor o`qituvchi qiziqishlarining kengligi va sevimli ishiga berilganligi o`z vazifalarining muximligini tushunish, o`z bilimlarini va ta`lim-tarbiyaviy ish metodlarini tinmay takkomillashtirib borishibilan fakatgina erishgan mofakiyatlari bilan kifoyalanib koladigan demak ,pirovardida xayotdant orkada koladigan Dakki o`qituvchidan ajralib turadi. Shunday qilib ,o`qituvchida eng yaxshi individual xususiyatlari rivojlanishini taminlaydigan asosiy shartlardan biri uning o`zi ustida ishlashi,tinmay o`z malakasini oshirib borishidir.Psixologiya kursini o`rganish,o`qituvchiga o`z yutuq va kamchiliklarini anglab yetishda katta yordam berishi mumkin
kobiliyat - bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir.
Pedagogik qobiliyat- bu qobiliyat turlaridan biri kishning pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishi aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? quyida bu masalani kurib chiqamiz.
O`zoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko`pqirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko`rsatib berdi. Ana shu tadqikot ma`lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim urin egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratib ko`rsatish mumkin.
1. Didaktik qobiliyatlar - bu bolalarga o`quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson-qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil fasl fikrlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlardir.
Didaktik qobiliyatlarga ega bo`lgan o`qituvchi zarurat to`g`ilganda qiyin o`quv materialarga osonroq murakkabrog`i soddaroq, tushunishi qiyin bo`lganini tushunarliroq-qilib o`quvchilarga moslashtirib bera oladi. O`qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o`quvchilar odatda; o`qituvchining eng muxim tomoni Ham uning Hamma narsani aniq ravshan va tushunarli qilib berishida, bunday o`qituvchining qulida mazza qilib o`qiting keladi»; «Unisi esa Hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi, xech Ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «o`quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq mujmal qilib tushuntaradi. -Biz bunday o`qituvchilarni yoqtirmaymiz» - deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy maHorat, shunchaki bilimlarni osonroq Hammabop va tushunarli qilib o`quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatining emas, balki, shu bilan birga o`quvchilarnnng mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini- oqilona va moHirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yunaltirib turishdan iborat qobiliyatni Ham o`z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o`quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka yunaltirish yotadi. qobiliyatli pedagog o`quvchilarning tayyorlik darajasini ularning taraqqiyot darajasini Hisobga olgan Holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.
Ko`pchilichk o`qituvchilarga ayniqsa-xafsalasiz o`qituvchilarga, o`quv materiali oddiygina va Hech qanday «alohida tushunitirish Hamda izoH berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o`qituvchilar o`qituvchilarni emas, balki birinchi galda o`zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun materialini o`ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, o`qituvchilar asa o`zlarning o`quvchi o`rniga qo`yib, kattalar uchun ravshan va tushunarli bo`lgan matorial o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo`ladilar.
Shuning uchun Ham bunday o`qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o`ylab ko`rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o`qituvchi uchun o`quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo`lganda dars bayonotiga alohida e`tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to`g`ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko`ra bilish xarakteridagi matnda o`qituvchnning fikri ayrim sinf o`quvchilari uchun qiyin deb Hisoblangan qismlarni alohida ko`rsatib, nima o`chun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib bergan, shundan so`ng esa matnni o`quvchilarga yengil va ularning o`zlashtirishlari uchun qulay qilib to`zish tavsiya etiladi.
qobiliyatli o`qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o`zlashtirish, o`quvchilarga bir oz nafas olib, o`zlariga kelib olishlari va o`z diqqat-e`tiborlarinn bir joyga qo`yib, ayrim qo`zg`alishlarni «so`ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo`shashganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamii tayyorlash zarurligini Ham nazarda to`tadi. Bunday o`qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o`quvchilarda Himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o`qituvchining so`zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.
2. Akademik qobiliyatlar — matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
qobiliyatli o`qituvchi o`z fanini faqat Hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda ko`zata borib, o`quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi Hamda ozgina bo`lsada tadqiqot ishlarinn olib boradi.
Ko`pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o`qituvchi o`z fani buyicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib xayratda qoldirish, o`quvchilarda katta qiziqish uyg`ota olish uchun u kesak madaniyatli, Har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali (bilimdon) odam bo`lmog`i lozim.
Bunday o`qituvchilar Haqida o`quvchilar: «Maxmud aka xuddi professorning o`zginasi-ya. Biz uning bilmagan bironta sohasi bormikin deb tez-tez uylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba`zan o`quvchilar o`z o`qituvchisi Haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yuq» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.
3. Perseptiv qobiliyatlar - bu o`quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik ko`zatuvchanlik, o`quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik Holatlari bilan bog`liq nozik tomonlarini tushuna bilshidan iborat qobiliyatdir.
qobiliyatli o`qituvchi bolalarning Har qanday mayda-chuyda xatti-Harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi Holatlarida Hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o`zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday Hollarda o`quvchilar: «MuHabbat opa kimningdir kayfiyatida o`zgarishlar bo`lsa yoki kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo`lsa ko`ziga qaraboq bilib oladiki, Bizning o`qituvchimiz Hech qayoqqa yaramasa Ham, Hamma narsani ko`rib turadi» deydilar.
4. Nutq qobiliyati - kishining o`z tuyg`u-xislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o`qituvchidan o`quvchilarga o`zatiladigan axborot, asosan, ishonchi signal tizimi - nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. («Biz uchun adabiyot o`qituvchimiz -Nazira opaniig darsini eshitishdan katta lazzat yo`q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, Hatto tanaffusga chalinadigan qo`ng`iroq Ham xalaqit beradi»),
Darsda qobiliyatli o`qituvchining nutqi xamma vaqt o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi. o`qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o`quvchilar javobini sharxlab beradimi, o`quvchilar javobini, ularning xatti-Harakatlari yoki xulq-atvorini ma`qullaydimi yoki tanbeH beradimi, xullas nima qilishdan qattiy nazar, nutqi Hamma vaqt o`zining ishonchliligi, jozibadorliga kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim. o`qituvchi nutqi, uning talaffo`zi aniq, ravshan, oddiy va o`quvchilar uchun tushunarli bo`lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o`quvchilarning fikru-zikri va diqqat-e`tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo`lsin. Buning uchun esa o`qituvchi o`qishga savol tashlab, asta syokinlik bilan o`quvchilirni to`g`ri javobga olib keladi, o`quvchilarning diqqat-e`tabori faollashtiruvchi («Bunda ayniqsa ziyrak bo`ling!», «o`ylab, yana o`ylab ko`ring!») so`z va iboralarni o`z me`yorida ishlatadi.
O`qituvchi o`zun jumlalarni, murakkab og`zaki izoxlarni,- qiyin atamalarni va zarurati bo`lmasa, turli ta`riflarni tinglatmasligi lozim. Shu bilan birga o`qituvchi shuni Ham Hisobga olishi kerakki, o`qituvchining lo`nda-lo`nda bulnb chiqqan qisqa nutqi ko`p Hollarda o`quvchilarga tushunarsiz bo`lab qolar ekan o`qituvchining o`z o`rnida ishlatiladigan Hazil aralash va xayrixoHlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o`quvchilarni juda jonlantirib, o`quvchilar tomonidan o`ta yaxshi qabul qilinar ekai.
qobiliyatli o`qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy, dona-doia bo`lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo`lmasligi lozim. Bir xil oHangdagi ezma nutq o`quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va beHafsala qilib qo`yadi. Bu bilan birga bunday nutq I.P.Pavaovning fiziologik ta`limotiga ko`ra, doimiy ta`sir etuvchan qo`zg`ovchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlari po`stida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o`quvchini ezma va uyquchan qilib quyadi. Nutq tezligi ko`p jihatdan o`qituvchining individual psixologik xususiyatiga bog`liq. Ayrim o`qituvchilar tez gapirsalar, boshqalari syokin gapiradilar. Ammo o`qituvchi o`quvchilarning bilimlarini egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq -o`qishcha jonli nutq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.
Shoshqaloq nutq bilim o`zlashtirishga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muHofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O`ta syokin nutq lanjlik va zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi qattiq gapirish Ham xuddi shu singari Hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o`quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtirib, muHofaza qiluvchi tormozlanishini yuzaga keltiradi. Mana shu yerda sharq, mo`tafakkirlaridan Nasriddin Tusiyning o`qituvchi nutqi Hech qachon va Hech qayerda zaHarxandali, qo`pol yoki qattiq bo`lishi mumkii emas. Dars paytida o`qituvchining o`zini to`ta olmasligi ishni bo`zishi mumkin degan nasiHatini keltirishimiz juda o`rinli bo`lardi. O`qituvchining bush, past ovozi yomon eshitiladi. Nutqi, imo-ishoralar, turli keskin Harakatlar o`quvchilarni jonlantiradi. Bu tariqa imo-ishoralar va Harakatlar tajribali o`qituvchilarda o`z me`yorida ishlatiladi. Lekin bir xildagi tinimsiz Harakatlarning Haddan tashqari kup bo`lishi kishining asabiga tegadi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati bu birinchidan, o`quvchilar
jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o`zining shaxsiy ishini tug`ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O`quvchilar o`z o`qituvchilari Haqyada turlicha fikrda bo`ladilar. Jumladan, ayrim ukuvchilar: «Biz Azim akani juda yaxshi ko`ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizning o`zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan Hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o`quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, Hafsalamizni bir pul qiladilar, Ular kup ishga urinadilar-u, ammo birortasini Ham oHiriga yetkazmaydi» deydilar. Ba`zan ayrim o`quvchilarning o`z o`qituvchisi Haqida: «Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovuqdek ovora bo`ladilar. Agar biz sho`xlik qila boshlasak, ular o`zlarini ko`rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu ammo uning darsida Hech kim Hech narsa qilmas edi-da...» degan fikrlarni Ham eshitish mumkin.
O`qituvchining o`z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o`z ishini to`g`ri rejalashtirib, uni nazorag qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtga nisbatan o`ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt buyicha to`g`ri taqsimlab, mo`ljallangan vaktdan tug`ri foydalana olish ko`nikmasi paydo bo`ladi. Dars davomida, albatga, ko`p Hollarda vaqtni beHuda yo`qotish Ham mumkin. Ayokin bu yo`qolgan dars rejasini to`zatish zaruriyati to`zilgan Hollarda bo`lishi mumkin, Tajribali o`qituvchilar vaqtni syoza bilishini o`rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar, Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo ko`zda tutilmagan vaqt ortib qolgan takdirda foydalanish uchun qanday qo`shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi Haqida maslahat beradilar.
6. Avtoritar qobiliyati - bu o`quvchilarga bevosita emotsional -irodaviy ta`sir etib, ularda obro` orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchan o`qituvchining o`z fanini mukammal bilishi, sezilarli va xushmuomalaligi asosida qozoniladi).
Avtoritar qobiliyat o`qituvchining rostgo`yligi, irodaviy uddaburonligi, o`zini to`ta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari Hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o`quvchilarni ta`lim-tarbiyasida javobgarlikni His etish, uning e`tiqodi, o`quvchilarga ma`naviy va ma`rifiy e`tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga Ham bog`liqdir.
O`quvchilar (ayniqsa, o`g`il bolalar, o`spirinlar - buni alohida ta`kidlab o`tishi kerak) talab qilishni biladigan, o`quvchilarni majbur qilmagan va do`q-po`pisa qilmagan, shu bilan birga beHuda rasmiyatchilikka yo`l quymagan Holda o`z aytganini qildira oladigan o`qituvchilarnn juda Hurmat qiladilar. Shu munosabat bilan o`quvchilarning o`qituvchilar Haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltaramiz:
«Uning ajoyib xislati bor - u Hech qanday zarda va baqiriq, chaqiriqsiz ishlay oladi»; «Biz uni jiddiyligi, vazminliga va talabchanligi uchun juda yaxshi ko`ramiz. U Hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning talabi shu qadar , ta`sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas»; «Bizning matematika o`qituvchimiz Hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o`zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta`sir eta oladi»; «Kimyo o`kituvchimizning obro`siga e`tibor ztmay ko`pincha, u Har qanday sharoitda Ham o`z aytganiga erishadi»; «Nig`mat aka bizga ustunlik bilan ta`sir etadi. U Hadeb talab qilavermaydi, agar talab qiladigan bo`lsalar unda bo`yin tovaab bo`lmaydi», yoki o`quvchilarning o`z o`qituvchilari Haqidagi mana bunday fikrlari: «Polvon aka maktabimizdan ketganiga biz xursand bo`ldik. U bizni do`q-po`pisa, baqiriq-qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo`lga olaman deb o`ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos».
Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta`limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning aHvoli to`g`risida juda achinib aytgan fikrlarini keltirish o`rinli bo`lur edi: «Mabodo biror o`quvchi o`qituvchiga e`tiroz bildirsa, ertaga u xech kim Havas qilmaydigan aHvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o`qituvchi Hukmron. U boladan faqat o`zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi, prinsip Ham tayyor: «mening aytganim - aytgan, deganim — degan».
Shu bilan bir qatorda o`quvchilar o`qituvchining bo`shligi, landavurligi, laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha riyogarchiligi, irodasizligi kabi xislatlarni baralla qoralaydilar: «yaxshi odamu, Lekin o`ta bush: uni aldab ketish Hech gap emas»; «Tushunib bo`lmaydi: birda juda qatiqqo`l, talabchan, ba`zan Hech qanday talab degan narsa yuq»; «Juda bo`shang, lanj: uni ko`rishing bilan uyqin keladi»...
7. Kommunikativ qobiliyata - bu bolalar bilan muloqotda bo`lishga, o`quvchilarga yondashish uchun to`g`ri yul topa bilishga, ular bilan pedagogik yuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o`zaro aloqa bog`lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. Pedagogik takt psixologiyasini o`rganishda psixolog I.V.Straxov beniHoyat katta xissa qushgan. Uning fikricha bunda muhimi o`quvchilarga ta`sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta`sirni qullashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e`tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni Hisobga olish, o`quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari Hamda mazkur pedagogik Holatlarini Hisobga olish zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri - Har qanday pedagogik ta`sirga nisbatan qo`llaniladigan chora-tadbirlarni (rag`batlantirish, jazolash, pand-nasiHat) His eta bilishdan iboratdir. Farosatli o`qituvchi bolalarga e`tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan Hisoblashadi. «U biz bilan Hayron qolarli darajada, ajoyib, yaqin do`stlarcha yaqin munosabatda bo`ladi»; «Bizning tarix o`qituvchimizning kuchli tomoni - Har kimga qanday yondoshishini bilar edi»; «Eng yomoni - o`qituvchining o`quvchilar oldida xushyorlik qilishidir. Bizning zoologiya o`qituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo`lsa-da, u bolalarni o`ziga qaratish uchun xushomadgo`ylik qilardi! Nega ular o`zlarini bunchalik kamsitib yerga uradi? deb o`ylar edim. Axir ular o`z fanini yaxshi bilardiku»; «IbroHim aka esa, qarabsanki, Hech narsadan Hech narsa yuq, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki beHudaga urishib, koyib berar edi».
Pedagogik kadrining yo`qligi ko`pincha og`ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent maktablaridan birida ona tili va adabiyot o`qituvchisi o`quvchilorga juda kup talablarni quyganu, ammr Hech qanday izchillik bilmagan: bir vazifa berib turib, shu zaHotyyoq boshqa talablarni quya boshlagan. Arzimagan xatolar, targib bo`zishlar ruy bersa, shu zaHotiyoq mazmunan va shakl jiHatidan o`ta va alam qiladigan qeskin gaplarni qilib, «2» qo`yardi.
Masalan, daftarning chetida qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom bo`zganlik kabi va arzimagan iarsalar uchun yopishgani-yopishgan edi. O`qituvchining bu xatti-Harakatlari uchun o`quvchilarda dard, alam tulib toshgandi. Ko`p o`tmay o`quvchilarning noroziliga va qat`iy e`tirozi ochiqdan-ochiq namoyishkorona bildirilib, o`qituvchiga quloq solmaydigan, ataylab intizom bo`zadigan o`qituvchini keskin tanqid qiladigan bo`lib qoldilar. Bunday achinarli aHvol faqat ana o`sha o`quvchi maktabdan ketgandan keyingina to`zatildi.
O`qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni Ham aytish joyizki, qachon o`quvchilar o`qituvchining ijobiy xislatlari to`g`risida gapirar ekanlar, ular Hamisha o`qituvchining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o`ringa quyadilar.
«Ko`p Hollarda noHaq ish qiladilar biror masalani yaxshilab tekshirib ko`rmasdan ish to`tadilar». O`qituvchining bunday xislatiga o`quvchilar nechundir achinshini talabchanli munosabatida bo`ladilar O`qituvchining adolatsizligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu tug`rida Har qaysimiz maktab amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz.
8. Pedagogik xayol - bu kishniing o`quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyiHalashtirishda o`z ish-xarakatlarining natijasini oldindan ko`ra bilishda namoyoya bo`ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o`qituvchi ma`lum o`quvchidan kelgusida kim chiqishini ko`z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni o`sib rivojlanishi oldindan ko`ra bilishida namoyon bo`ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga o`quvchilarga bo`lgan ishonch bilan bog`liqdir. Shuning uchun Ham o`quvchilar ayrim o`qituvchilar to`g`risida: «AHmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslarga Ham ishonchlarini yuqotmasdilar, shuning uchun Ham biz ularni Hurmat qilardik», degan fikrlarni izHor qiladilar.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - bu qobiliyat bir vaqtning o`zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo`lib, o`qituvchi ishida g`oyat-muxim axamiyatga egadir.
qobiliyatli, tajribali o`qituvchi o`zining diqqat-e`tiborini o`quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o`z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o`quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilarni ko`zatib, ularni Toliqqan-toliqmaganligiga, e`tiborli yoki e`tiborsizligiga darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o`quvchilarning intizomini ko`zatadi Hamda oqibat natijada o`zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o`zini tutishiga, mimika va pontamimikasiga) e`tibor beradi. Tajribasiz o`qituvchi, ko`pincha o`quv materialini bayon etishga berilib ketib, o`quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo`yadi, agar bordiyu, o`quvchilarni diqqat- e`tibor bilan ko`zatishga Harakat qilsa, bunday Hollarda o`z bayonotinnng izchilligini yuqotib quyadi.
Yuqorida ko`rsatab o`tilgan qobiliyatlardan tashqari, o`qituvchi inson shaxsining maqsad sari intlishi, uddaburonlik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo`lishi lozim.
U o`quvchilarni tarbiyalar ekan, o`zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o`qituvchilik shaxsi bilan o`quvchilarga urnak bo`lishi kerak.
O`qituvchining o`zini qo`lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib, shuni aytish joyizki, uqituvining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me`yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarini olib qaraydigan bo`lsak, bularning barchasi Ham o`ta muhim omillardir. Jumladan, o`qituvchining tashqi qiyofasi uning obrusi shakllanishiga ta`sir etadi. O`qituvchining ozodaligi,
ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-saramjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o`zining chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o`quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, o`quvchilarning Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan, ular Har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku!?» yoki Noila opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko`rsatishi kerak - chunki ularning turqi qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarni olishimiz mumkin.

Download 75.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling