Kiyimlarni kоnstruktiv-badiiy mоdеllashtirish asоslari
Download 176.21 Kb.
|
виточка кучириш
.Kiyimlarni kоnstruktiv-badiiy mоdеllashtirish asоslari. 1.Kiyimlarni mоdеllashtirish vоsitalari. 2.Shakllantiruvchi elеmеntlar. 3. Kiyimlarni vitachkalar asоsida mоdеllashtirish. 4. Еlkadagi vitachkalarni еng o’miziga, yoqa o’miziga, yon kirkimga.kuchirib va bоshka usullar bilan kuchirib mоdеllashtirish. 5. Kiyim dеtallarini kеngaytirib mоdеllashtirish asоslari. Как размоделировать вытачку? Показываем два простых способа. Мастер-класс Ирины Михайловны Паукште. - YouTube Моделирование лифа. Основные принципы и приемы переноса нагрудной вытачки - YouTube Asоsiy va qo’shimcha dеtallarni kеngaytirish usullari. Modellash - bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining konstruksiyasini ishlab chiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Turli shakl va bichimdagi modalar konstruksiyasini yaratilayotgan byuymning asosiy konstruksiya bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy modellash yoki texnik modellash deb ataladi. Texnik modellashda asos chizmasiga yangi model chiziqlarini kiritiladi. Modelning fasoni modellar jurnalidan olinadi yoki ijrochining rasm chizib ko'rsatgan taklifiga ko'ra tanlanadi. Kiyimning yangi modelga xos xususiyatlariga: yitochkalar, koketkalar, bo'rtma choklarning holati; bo'ksa, bel, etak, bort, taqilma chiziqlari; cho'ntaklar, yoqalar shakli kirib ularni tegishli buyumning asos chizmasiga ko'chiriladi. Model chiziqlarining hammasini asos chizmasida xuddi model rasmidagidek joylashtirish kerak. Bunda inson gavda tuzilishtning xususiyati, uning mutanosibligi albatta hisobga olinishi kerak. Fason chiziqlarini bichimi mos keladigan asos chizmasiga tushiriladi. Masalan, modelning yenglari old va ort bo'laklar bilan yaxlit bichiladigan bo'lsa, bunda texnik modellash yenglari old va ort bo'laklar bilan yaxlit bichiladigan asos chizmasida bo'lishi kerak va hokazo. Ishlash uchun hamma asosiy detallar asosini qog'oz yoki kartonga andoza, ya'ni shablon tarzida tayyorlab olinadi. Bu andozalarga zarur bo’lgan simmetriya chiziqlari - ko'krak, bel, bo'ksa chiziqlar tushiriladi. Fasonga binoan detaining yangi shaklini tayyorlangan andozani shartli bo'laklarga bo'lib, keyin u bo'laklarni surib asos chizmasidagi vitochkalarni berkitish va ularni yangi holatga ko’chirish yo'li bilan hosil qilinadi. Ayollar kiyimlarining yangi modellarini ishlab chiqishda asosiy e’tibor ko’krak vitochhkasini ko'chirishga, old bo'lak, ort bo'lak, yubka, yeng detallarini kengaytirishga yoki toraytirishga, shu detallarning uzunligini va mutanosibligini o'zgartirishga qaratiladi. Download 176.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling