Kiyimlarni kоnstruktiv-badiiy mоdеllashtirish asоslari


Yenglarni texnik modellash


Download 176.21 Kb.
bet4/8
Sana29.12.2022
Hajmi176.21 Kb.
#1072014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
виточка кучириш

Yenglarni texnik modellash
Turli shakldagi yenglaming loyihasi xuddi shunday bichimdagi yeng loyihasi asosini texnik modellash usuli bilan hosil qilinadi. Yuqoriga va etagiga kengaygan (fonarik) yengni modellash quyidagicha bajariladi. Asos yeng chizmasi qog'ozga tushirib olinadi. Unda o'rta chiziq o'tkaziladi. Shu o'rta chiziq bo'ylab 20-35 sm yeng uzunligi o'lchabqo'yiladi. Shu o'rta chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Yeng ikki bo'lakka ajratilib, model bo'yicha 10-12 smga kengaytiriladi. Yengning bosh qismi egriligi o'rtasidan 1, 5-2, 5 sm ko'tarilib to'g'rilanadi. Yengning etak qismi ham huddi shunday miqdorga tushiriladi va yeng etak egri chizig'i yaxshilab o'tkaziladi (44-rasm, a).
Etagiga kengaygan yengni texnik modellashtirishda yeng asosini qog'ozga tushirib olinadi. Yeng o'rta chizig'i o'tkaziladi. Bu o'rta chiziqda yeng uzunligi 20-45 sm qo'yiladi (44-rasm, b) va o'rta chiziqqa parallel qilib 3-7 ta qirqim chiziqlari o'tkaziladi. O'tkazilgan chiziqlardan qirqma hosil qilinadi, bu qirqma yeng boshi egriligiga 0,3-0,5 sm yetmasdan to'xtatiladi. Hosil boigan bo'laklar 3-6 smga ochiladi. Yengning etak qismi egriligi tekis ravon egri chiziq qilib tutashtiriladi. Bunday yengning bo'y ipi o'rta chiziqda yoki unga nisbatan 45° burchak ostida tushishi kerak.
Yuqoriga kengaygan yengni modellash uchun yeng asosini va o'rta chiziqni qog'ozga tushirib olinadi. O'rta chiziqqa yeng uzunligi 20-45 sm qo'yiladi. Shu o'rta chiziqqa parallel qilib 2-6 ta chiziq o'tkaziladi va yeng boshi egri chizig'idan boshlab yeng etagiga 0,3-0,5 sm yetkuncha qirqib boriladi. Yeng bo'laklari 3-6 smga ochiladi. Yengning yuqori egriligi ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi (44-rasm, v). Bunda yeng boshi chizig'i 0,5-2,5 smga ko'tariladi.
Yenglarning shakli, ko'rinishi, bezaklari kiyim fasoniga, gazlamaning xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.




45-rasm. Yenglarni modella$htirish




  1. Kоkеtkalar. Kоkеtkalar asоsida mоdеllashtirish.

Reja:

  1. 1.Оvalsimоn, Uchburchak, tugri burchakli, shakldоr kоkеtkalarni mоdеllashtirish. Milliy kiyimlar tarixidan ma'lumot

  2. 2. Ayollar milliy kiyilarini modellashtirish.Turli mоdеlli kоkеtkalarning chizmalarini хоsil qilish.

Tayanch tushunchalar:Оvalsimоn, Uchburchak, tugri burchakli, shakldоr kоkеtkalarni mоdеllashtirish.



Download 176.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling