Turli shakldagi o’tkazma yenglarni modellash va uni modellashtirilgan o’miz bilan muvofiqlash
Download 461.19 Kb.
|
4-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yeng shakli o`zgarib o`miz shakli o`zgarmasa
Turli shakldagi o’tkazma yenglarni modellash va uni modellashtirilgan o’miz bilan muvofiqlash. O`tkazma yenglarni konstruktiv modellashdan maqsad model eskizi bo`yicha yeng o`mizi va yeng o`lchamlariga o`zgartirish kiritishdir. Yenglarni konstruktiv modellashda erishilgan natijalarni saqlab qolgan holda quyidagi talablar qo`yiladi: 1. Yengning kiyimda sifatli o`rnashuvi, qo`l shakliga mosligini saqlab qolish. 2. Yeng qiyamasi va o`miz montaj nuqtalari bir-biriga mosligini saqlab qolish. 3. Qiyamaning o`lchamlari va shaklining o`miz shakli bilan bog`lanishi, qiya-ma kirishtirish haqining o`miz bo`ylab to`g`ri taqsimlanishini ta'minlash. Yenglarni modellashtirish boshlang`ich etapida BK bilak MK orsidagi eng shaklining farqi o`rganib chiqiladi. Yeng shakli o`zgarganda o`miz shakli o`z navbatida o`zgarish yoki o`zgarmasligi mumkin. Yeng shakli o`zgarib o`miz shakli o`zgarmasa modellashtirish jarayoni oson ko`chadi. Yenglarni konstruktiv modellashda paralel va konussimon kengaytirish yoki toraytirish usullari qo`llaniladi. Yeng asos konstruksiyasi quyidagicha modellashtiriladi: - yeng asos konstruksiyasini kengaytirish yoki toraytirish uchun kesish o`rnilari belgilanadi va qirqiladi; - konussimon yoki paralel kengaytiriladi yoki toraytiriladi; - o`zgartirilgan yeng yangi konturi chizib chiqiladi. 12.6.-rasm. Konussimon toraytirish (a,б) va kengaytirish (в, г) 12.7.-rasm. Parallel kengaytirish va burmalar hosil qilish O`miz shaklining o`zgarishi o`z davomida turli hil yenglar modellarini yaratadi. Yeng shakli qaysi holatlarda o`z shaklini o`zgartiradi agar: - yelka qirqimi yostiqchalar bilan ko`tarilganda; - o`miz qirqimi chuqurlashtirilganda; - yelka kamari kengayganda; - yelka qiyaligining shakli yoki yelka choki bilan yengning tutashish turiga qarab; - yeng qiyamasi burmali; - yeng o`mizi shakldor bo`lsa (8.3-rasm). 12.8.-rasm. Shakldor o`miz uchun yengni modellashtirish 12.9-rasm. Shakldor yengni modellashtirish Download 461.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling