Kiyinish madaniyati, mexmonga boorish va mexmon kutish odobi


Download 162.5 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1767279
  1   2
Bog'liq
Mexmonga borish


Kiyinish madaniyati, mexmonga boorish va mexmon kutish odobi.


Kiyinish har bir xalqning qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ma’naviy barkamolligi, milliy madaniyatini belgilaydi.
YAxshi kiyinish o‘ziga xos san’at. Kishi bu san’atni egallashi uchun kiyinish talablariga rioya qilibgina qolmay, balki o‘z estetik didini ham uzluksiz tarbiyalashi kerak Didni tarbiyalash uchun qonunlar me’yori va o‘zaro mos tushunchalarga asoslangan san’atning barchasi bilan tanishib borish lozim.
Kiyimlarda inson ta’lim tarbiyasi aks etgan. Insonning did farosati kiyim-boshda, xayotiy xarakatlarda , o‘zini tuta bilishida ko‘zga tashlanadi. Didli farosatli kishi hamisha shu qiyofani saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e’tibor berish, ichki ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi.
Dono xalqimiz - faxm-farosatli. Odobli insonni faqat yangi kiyinishidan emas, balki uning kiyinish madaniyatidan yaxshigina ajratib oladilar. Ayniqsa yoshiga, jinsiga qarab kiyinmaslik bu beodoblikdir. Erkakcha kiyinishlar, ba’zi yigitlar esa sochlarini ustirib, bo‘yniga munchoq, quloqlariga zirak taqib olishlari yarashmagan qiliqdir. Qizlarimiz o‘zlarining ichki va tashqi qiyofalari bilan yigitlar ko‘ziga xayoli, iffatli, nazokatli bo‘lib, ularni hurmatini qozonishga, muhabbatiga erishishga harakat qilmog‘lari kerak. Yigitlar esa o‘zlarining tashqi ko‘rinishini to‘g‘rilab jasurligi, mardligi, odob va ahloqiy madaniyati bilan qizlarga yoqimli ko‘rinishlari, ularning muhabbatini qozonishlari lozim. Yigitlarning ham qizlarning ham go‘zal ko‘rinishi bu odob-ahloq, hayo va iffat, did - farosat belgisidir.
Darxaqiqat, insonning did farosati kiyim, xayotiy xarakatlarida, o‘zini tuta bilishdan ko‘zga tashlanadi. Samimiy oq ko‘ngil, o‘ziga talabchan, umuman tarbiyali - ma’naviyatli kishi tashqi ko‘rinishida sun’iylikka yo‘l ko‘ymaydigan tarzda qiyinishga, o‘zini shunga munosib tutishga xarakat qiladi. Didli, farosatli kishi hamisha ana shu qiyofasini saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e’tibor berish ichki ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi.
YAxshi did avvalo farosatlilikda namoyon bo‘ladi. Orastalik birinchi navbatda kiyim bilan poyafzal, bosh kiyimi, sumka, qo‘lqoplar rangi va shakllarining uyg‘unligi demakdir. Kostyum orastaligi uning bezaklari, detallari, qismlaridagi uyg‘unlashgan ranglar me’yori bilan ham bog‘liqdir. Zamonaviy modadagi kiyimda ranglar majmui bir yoki ikki xil rangdan iborat bo‘la olmaydi. Kiyimlarda ko‘pgina ranglarning och, to‘q va murakkab birikmasi mavjud bo‘ladi. Bir rangning och, to‘q xillaridan yoki bir-biriga yaqin ranglar (zangori bilan ko‘q to‘q sariq bilan jigarrang) dan, shuningdek (oqish, sarg‘ish, pushti rang, moviy va shu qabilardan foydalanib orastalikni ta’minlash mumkin. Oq bilan qora, ko‘k bilan oq ranglarning ham muvafiqlashtirib orastalikka erishish mumkin. Biroq bu qarama- qarshi muvafiqlikdir. Bu ranglarning o‘zaro muvafiqligi - me’yoriy bir modelda saqlay bilish kerak. Orastalik bilan kiyilgan kiyim uning aniq sharoitida munosibligi, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va shu qabilar bilan muvafiqligi hamdir.
Kiyinishda orastalikning teskarisi - didsizlik belgisi sifatida namoyon bo‘lg‘uvchi bachkanalikdir. Ish joyida katta zirak serxasham taqinchoqlar taqish, bashang kiyinish, tor yoki o‘ta keng yubka, shim kiyish bachkanaliq bu modani buzish demakdir. Agar buni zamonaviy moda deb da’vo qilsalar aksincha didsizlikdir.
Zamonaviy modalarni inkor etuvchi ayrim kishilar «bizlar modaga asoslanib kiyinmaymiz» - deb uylashadi. So‘nggi modada kiyinish mumkin, yoki eskirgan, vaqti sal o‘tgan modalarda ham kiyinish mumkin. Kiyim atrofdagilar ko‘z o‘ngida kishi gavdasini ko‘lgili axvolga solib ko‘ymasligi lozim. Birinchi navbatda yaxshi kiyinish inson didiga bog‘liqdir. O‘ta modadagi kiyim ham juda eskirgan modadagi kabi g‘ayritabiiy beo‘xshov, xunuk ko‘rinadi.
Kiyim kishining gavdasini chiroyli yoki xunuk qilibgina qolmay, kishining o‘z muhitiga munosabatini ham ifodalaydi. Ish paytida ayol kishi juda serxasham kiyinsa o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotgandek bo‘ladi. Aksincha tantanali daqiqalarda kundalik oddiy ish kiyimida yursa atrofdagilarning kayfiyatiga e’tiborsizlik bilan qarayotganini ko‘rsatadi.
Did bilan kiyinish kishining o‘ziga tanqid bilan qaray olishini ham ifodalaydi. Kishi o‘z tabiiy nuqsonlarini sezib, uni boshqalarga sezilmaydigan qilib kiyinmog‘i kerak Kiyim tanlayotganda yoshni ham unutmaslik kerak YOshlar sport kiyimlari bichigida kiyinadilar. Ochiq rangli, guldor kiyimlar ularga ko‘proq yarashadi. O‘ttiz yoshdagi ayollar (shartli ravishda) didi modaga asos deb qabul qilingan. Bu yoshda ayol uz qiyofasini yaxshi bilmog‘i, xusniga-xusn qo‘shiladigan kiyimlarni tanlay olmog‘i lozim.
Qirq yoshdan keyin esa o‘tgan yillar oqibatida vujudga
keladigan ayrim nuqsonlarni (kiyim va pardoz bilan) yashirish
kerakligini unutmaslik lozim. Semiz yosh ayollar ham odmi
kiyimlar bilan kifoyalanmasliklari, semizlikni sezdirmasliklari kerak. CHunki odmi kiyim semizlik bilan birga yoshlikni ham, latofatlilikni ham yashirishi mumkin. Muhimi kiyinishning shakli va rangi me’yorida bo‘lmog‘i kerak. Semiz keksa ayollar ham rangdor kiyimlardan voz kechmasliklari, faqat juda guldor matolardan tikilgan kiyimlarnigina kiymasliklari kerak.
O‘zbek madaniyati orasida kiyinish madaniyati ham muhim o‘rin egallaydi. Ota-bobolarimiz yoshlarga hamisha toza, ozoda, yarashiqli, chiroyli kiyinishni o‘rgatishgan.
Kiyinish odobi xaqida Xusayn Voiz Koshifiy o‘z fikrlarini bayon etib quyidagilarni aytadilar: “Liboslar rangi turlicha bo‘ladi. Xar bir rang o‘ziga xos ma’noni ifodalaydi. Agar oq libos kiyimi kunning rangini ifodalasa, bunday libos yuragida gina adovati bulmagan kishilarga yarashadi. CHunki oq kiyim kiygan kishi xuddi tong kabi kishilarga nur ulashib turadi. Ko‘k rang suv rangini bildirib, bu rangda kiyingan kishilar zaxiy va xayotni sezuvchi bo‘lishlari bilan farqlanadilar. Kim agar bu rangni ma’kul ko‘rsa, u xuddi suvdek toza va musaffo, xar bir qalbga yaqin bo‘ladi. Qora rang tun va ko‘z qorachig‘ining rangidir. SHuning uchun ham bunday libos kiyganlarning qalblari siru asrorlarga to‘la bo‘ladi. YAshil rang osmon va etuk kishilar rangidir. Bunday kiyim kiygan kishi osmon kabi sof va bag‘ri keng bo‘lishi, yordamga muxtoj kishilarga iloji boricha yordamlashadigan fazilatga ega bo‘ladi.
Mehmondo'stlik ajoyib hislat bo’lib, odamlar o’rtasidagi do’stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlashga hizmat qiladi.

O’zbek xalqi «Mehmonxonang tor bo’lsa ham mehru diling keng bo’lsin», deyishadi.

Mehmon ehtiyoj yuzasidan kelgan bo’lsa, uni ortiqcha savollar bilan qiynamay, buni aytishiga imkon berish kerak. Gaplarini diqqat bilan tinglagach, uni xijolatga qo’ymay, so’raganini berishga yoki iltimosini bajarishga harakat qiling.

- Paysalga solmay dasturxon tuzang va uydagi eng yaxshi ne`matlarni dasturxonga torting.

- Mehmonni ovqatlanish uchun ortiqcha majburlamang, mehmondorchilikni ovqat pishirish bellashuviga aylantirmang.

- Shirin suhbat qurib, oila a`zolari bilan yaqindan tanishtiring.

Mehmonning o’zi dasturxonni yig’ish taklifini bermaguncha dasturhon yig’mang.

- Uy egasining vaqtini olmaslik, nafsi ochlik qilib ko’p Yemaslik, mezbon ko’rsatgan joyga o’tirish, uni hijolatga qo’ymaslik, ziyofatdan so’ng honadon sohibining haqqiga duo qilish mehmonning burchi hisoblanadi.

- Tug’ilgan kunga mehmon chaqirganda, bu haqida ularga indamaslik to’g’ri emas, chunki boshqa mehmonlar covg’a berishayotganda bundan behabar mehmon hijolat bo’lib, noqulay ahvolga tushib qoladi.

- Mehmonga chaqirganda shahsan telefonda va uchrashib aytiladi. Mehmonni kimdir orqali chorlash ahmoqona muomala tarzidir. Bu taklif etilgan insonga nisbatan hurmatsizlik. Agar yoshlar o’zidan yoshi kattalarni, ishxonadigi jamoani taklif etmoqchi bo’lsa, buni shaxsan o’zi amalga oshirishi kerak. Mehmonga mehmondorchilikdan bir necha kun oldin aytib qo’yish kerak.

- Mehmonlarni dala hovlida ochiq havoda kutishga to’g’ri kelsa, uni barbe-kyu shaklida kutib oling. Shahar uylarida tantanali tushlik tarzida kutib olinadi. Agar uyingiz torligi bunga xalaqit bersa, ularni restoranlarga taklif etishingiz mumkin.

- Honadoningizda uy xayvonlari bo’lsa, ularni mehmonlardan uzoqroq tuting. Chunki hammaga xam uy xayvonlari birdek yoqavermaydi va masalan, mushukning yungi mehmonning kiyimiga o’rnashib qolishi mumkin.

- Mehmon kutishga tayyorgarlik ko’rayotganda, honalarning ozodaligiga alohida e`tibor bering. Jumladan, vannaga toza sochiq, taroq qo’ying. Boshqa mayda-chuydalargacha qarab chiqing.

- Mexmonlar belgilangan vaqtdan erta kelib qolishi mumkinligini inobatga olib, yarim soatlar oldin chiroyli kiyinib, ularni kutishga tayyor bo’lib turing.

- Mehmonlarning chaqirilgan vaqtini shunday belgilangki, nafaqat stolni bezashga, balki dam olishga xam ulguring.

- Mehmonni dastlab uy egasi va bekasi kutib oladi. Keyinchalik katta farzandlar bilan tanishtiriladi. Birinchi navbatda ug’il bilan. Agar mexhmonlar ham bir-birini bilmasa, ularni tanishtirib qo’ying.

- Mehmonlarning birontasi uyingizga birinchi marta kelgan bo’lsa, ularga honalarni ko’rsating. Albatta yotoqxonadan tashqari.

- Mehmonlardan bir nechtasi o’zi bilan shirinliklar va ichimliklar olib kelishi mumkin. Ularni, albatta, minnatdorchilik bilan qabul qiling. Ba`zilar esa gullar olib keladi. Ularni solish uchun oldindan vaza tayyorlab qo’ying.

- Mehmonlarga uy shippagi kiyib olishni taklif qilishingiz mumkin. Ammo aslo bunga ularni majburlamang. Bu odobdan emas.

- Yig’ilganlar orasida yahshi kayfiyat paydo qilish uchun hammaga qiziqarli bo’lgan mavzuda suhbat boshlab bering. Agar mehmonlaringiz bahslashib ketuvchilar bo’lsa, uy egasi sezdirmasdan mavzuni boshka yoqqa burib yuborsin. Mehmonlar kelgach, televizor va radioni o’chirib qo’ygan ma`qul, chunki ular bir-biri bilan tinch sharoitda muloqotda bo’lsinlar.

- Mehmonlar oldida uzoq vaqt telefonda gaplashish, bolalaringiz haqida gapirish, o’z she`r va hikoyalaringizni uqishga taklif etish yaramaydi. O’zingiz sevgan musiqani eshitishga majbur qilish ham nojo’ya, musiqiy did xammada har hil.

- Mehmonlar hali ovqatlanayotgan bo’sa, uy bekasi va uy egasi ham ovqatlanishni to’htatib qo’ymasligi kerak. Shuning uchun sekin-sekin ovqatlanib turing.

Musiqa. Katta bo’lmagan mehmondorchiliklarda vokal yoki cholg’u musiqasini qo’yish mumkin. Do’stlar davrasida esa xatto raqs tushish mumkin. Muhimi, musiqa juda baland ovozda qo’yilmasligi kerak. Stol atrofida so’z va tabrik aytilayotganda musiqani o’chirib qo’ying. Juda jiddiy qo’shiqlarni qo’yish ham yaramaydi.

Kutilmagan mehmon:

Imkon qadar, chaqirilmagan joyga bormang. Ammo biror joyga kutilmaganda borishingizga to’g’ri kelib qolsa, uzr so’rab, bir necha daqiqaga kirganingizni ma`lum qiling.

Agar uyga kutilmaganda mehmon kelib qolsa, uni hushmuomalalik bilan kutib olib ichkariga taklif qiling. Va qisqa vaqt ichida o’zingizning kiyim-boshingizni tartibga keltirib chiqing. Agar uy egasi bo’lsa, shu vaqt ichida mehmondan hol-ahvol so’rab, gaplashib tursin.

Mehmonni bir piyola choyga taklif etib, dasturxonga qand-kurslar, shirin pishiriqlar qo’yasiz. Dasturxonga issiq ovkatlar tortish unchalik shart emas. Chunki siz buni tayyorlab ulgurolmaysiz. Aksincha mexmon uzoqroq vaqt o’tirsa, bunga ulgurishingiz mumkin. Biroq kutilmagan mehmonning ancha payt qolib ketishi odobdan emas. Uy egasi va bekasining rejalashtirgan ishlari bo’lishi mumkin.

Uzoqdan qarinloshlaringiz kelsa:

Boshqa shahardan siznikiga mehmon keladigan bo’lsa, siz bunga oldindan tayyorgarlik ko’rishingiz kerak. Ya`ni unga qulay sharoit yaratib berishga harakat qilasiz. Buning uchun unga alohida xona, choyshablar, shkafdan bo’sh joy va ilgichlar ajratib qo’ying.
Nima ovqatlar bilan siylamoqchi ekanligingizni rejalashtirib qo’iing. Taomlar turini tanlayotganda ularning ortiqcha harajat va o’rinish talab qilmasligini va mehmonning ham taomdan minnatdor bo’lishini hisobga oling.

Mehmon bu Yerga birinchi marta kelishi bo’lsa, bo’sh vaqtingizda, odatda, ish vaqtidan keyin uni shaharcha bilan tanishtiring. Teatrga, tomoshalarga, ko’rgazmalarga olib boring. Estalik uchun suratga tushib, imkoningiz bo’lsa, esda qolarli biror narsa sovg’a qiling. Bu uni minnatdorchilik bilan eslab yuradi.

Uyingizda mehmon o’zini o’z uyida yashayotgandek his qilishiga erishing.

Horijlik mexmon:

Horijlik mehmonni kutish ancha mas`uliyat yuklaydi. Horijlik mehmon har bir narsaga ahamiyat bilan qaraydi va buni butun bir millatning odatlari sifatida qabul qiladi.

Mexmon tashrif buyurgan joyining milliy taomlari bilan qiziqishi tabiiy. Shuning uchun ularni milliy taomlar bilan siylash bilan birga unga bu taomning yoqish-yoqmasligini inobatga oling. Aks holda mexmon och qolishi mumkin. Ularga yoqadigan taom tayyorlashda quyidagilarni inobatga oling.



Ko’pchilik millatlar frantsuz oshxonasi taomlarini jonjon deb tanovul qiladi. Ispan ovqatlari oqsuyaklarga hos mehmon kutishlarda zaruriy jihat sifatida qabul qilingan. Shuningdek, Hitoy va janubi-sharqiy Osiyo ovqat tayyorlash an`analari keng qadrlanadi. Ko’pchilik Yevropaliklar ovqatlanish stolida oddiy mineral suv bo’lishiga odatlangan. Koreya xalqi esa buni qabul qila olmaydi. Vengerlar kisel (sovitilgan quyuq ichimlik), ruminlar sous va qora non, inglizlar sosiska va pishirilgan kolbasalarni Yemaydi.
O‘zbek xalqida biror to‘y, tantana yo‘q-ki unda turli mavsum va marosimga mos kundalik taqinchoqlar taqilmaydigan bo‘lsin. Kelin-kuyovlarga, sunnat qilingan to‘y bolaga xatto beshikdagi chaqaloq uchun ham muayyan taqinchoqlar taqilgan.
Qiz-juvonlar, momo-yu, buvilar albatta o‘z yoshlariga munosib taqinchoqlar taqadilar. Taqinchoqlar taqish ham xar bir millat madaniyati tarkibiga kiradigan umri boqiy udumlardan biridir. Kiyinish odati singari taqinchoq taqish odati ham insoniyat paydo bo‘lib, takomil topib bizning kunlarimizgacha etib kelgunga qadar unga bir umrlik hamrox sifatida rivoj topib rangbaranglashib kelmoqda.
Taqinchoqning turi, vazifasi, xizmati ko‘p. SHuning uchun ularni uch turga bo‘lish mumkin:

  1. Bezak taqinchoqlar.

  2. Irim e’tiqod Bilan bog‘liq taqinchoqlar.

  3. SHifobaxsh taqinchoqlar.

Bulardan tashqari, maishiy xizmat uchun tiqiladigan, muayyan vazifani bajarishga qaratilgan taqinchoqlar ham bor-ki, ular turli tugma, to‘g‘ag‘ich, qadagich, tutqich, bog‘lag‘ich, zanjir va boshqalar bo‘lib, kiyim yordamchi buyumlari sifatida ishlatiladi.
Taqinchoqlar tumor, to‘g‘dona, ko‘zmunchoq, marvarid, tasbeh, po‘paq, shokila, tillaqosh, quloqqa xalqa, buloqi (burundik) zulfmunchoq, qalampirmunchoq, uzuk va h.k. iboratdir. Taqinchoqlarga yondosh xino, o‘sma, surma va boshqalar ham bor-ki ularni ham uchinchi tur taqinchoqlar yoniga qo‘yish mumkin.
Bezak taqinchoqlarga bo‘yinga taqiladigan turli marvarid, oltin – kumush, zabarjad, marjonlar qo‘llardagi uzuklar, bo‘yinlardagi marjon, kuloklardagi xalqa, burun buloqilari, oyoq shillik va tirnoq taqinchoqlari kiradi.
Irim-e’tiqod taqinchoqlarga tugdona, kuzmunchoq, tasbeh turli tumorlar kiradi. Irim bilan bog‘liq odatlar uy xayvonlariga nisbatan ham kullaniladi. Masalan: sigir, ot, xo‘qiz singari uy xayvoplari shox va yollariga ins-jins, yomon kuzdan asrash uchun kuzmunchoq tumor tikish odati mavjud. Ko‘y, ot, mol, kalla chanog‘i, isiriq chakir tikanaq taka, munchoq osish ko‘rinishlari ham xuddi shu odatlarga yaqin turadi. Tumor taqish, taqinchoq taqish odati juda keng tarqalgan. Tumorlar mulla-eshon, azaimxonlar tomonidan maxsus tayyorlanib, sochga, chopon yo do‘ppiga, beshik va belanchakka, yotoq-uy, xonadonlarga osib qo‘yilgan.
Tumorlar buvi va momolar tomonidan shunchaki kiyim ichiga, tashiga kalampirmunchoq yoki kuzmunchoq solib ham tikilib taqilgan. Bunday uchburchak tumorlarni maishiy turmushdagi turli joylarda uchratish mumkin.
Uchinchisi shifobaxsh taqinchoqlar o‘z amaliga ko‘ra ikki xissa ko‘proq vazifani bajaradi. Ular ham taqinchoq, ham bezak, ham davolovchi xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bularga kalampirmunchoq, to‘g‘dona, o‘sma, xino, shifobaxsh sadaf, feruza, marvaridlar kiradi.
Tasbex donalari ham xar xil jinslardan ham terilgan qimmatbaho toshlar, gavxaru-sadaflar, feruza toshlardan iboratdir. Turli urug donalari teshilib, ibodat uchun namozxon – niyozxonlar tasbeh yasaganlar. Xurmo, jiyda donalari, to‘g‘donadan yasalgan tasbeh sifat taqinchoqlarini ham bolalar beshiklari, uylarning kirish eshiklari yaqinida osilgan holda uchratish mumkin. Taqinchoqlar bilan bog‘liq turli urf-odat, rasm-rusumlarni va udumlarni xozirgi kunda ham uchratish mumkin. YOsh bolalarning qo‘lini halollashda salla o‘rab, nishon taqib, egniga tamga qadash, kuyovlarga bosh oyoq sarposiga taqinchoq ilish qabilardir.
Kelinlarda tillakosh, zebigardon, turli marjon marvaridlar osish, ko‘ylak englari, tugma urnidagi taqinchoqlar, bo‘yinbog‘ va boshqalar xozirgi zamonning ham asosiy taqinchoqlaridan bo‘lib qoldi..
Turli safarlar, mukofotlar, xizmatdagi yutuqlar uchun berilgan ko‘krakka taqiladigan turli-tuman nishonlar ham xuddi shu odatlarning xukumat tomopidan rasmiylashtirilgan ko‘rinishidir.
Umuman taqinchoq taqish odati kiyinish, bezanish, turli marosim va tuy – tomoshalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘zbek xalqi maishiy turmushida ham madaniyat dunyosiga dahldorlikning moddiy ko‘rinishi sifatida yashab kelmoqda, istiqbolda ham shunday bo‘lib qolishi kerak
Bizning davrimizga kelib taqinchoq taqish ko‘proq o‘zini boshqalardan ustun, boy-badavlat ko‘rsatish tusiga kirganligi ham sir emas. Ba’zi bir ayollar, qiz-juvonlar kerak bo‘lsa-bulmasa xar xil almoyi-aljoyi narsalarni taqishib, o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilib yurishadiki, taqiladigan narsaning moxiyatini bilmay bo‘yniga ilib ketaverish madaniyat belgisi emas. Ayniqsa yigitlarning bo‘yniga zanjir, munchoq, kulogiga ziraq taqishlari ularga o‘ta yarashmaydi.
Umuman yigitlarga ham, qizlarga ham eng go‘zal ko‘rinish - bu odob-ahloq, hayo va iffatdir. Iffat orqali el-xalqka yoqadigan komil inson bo‘lib, kelajak avlodga, vatanga sadoqatli yoshlar bo‘lib etishadilar
Xozirgi kunda yoshlarimiznint go‘zalligi, odobi, ahloqi, yurish-turishidan tashqari tashqi qiyofasi kiyinish bilan xalq orasida e’tiborli bo‘lishi kerak.
Xalqimizda «elga kirsang egningga qara» degan xikmat bor. Bizning ajdodlarimiz bulmish bobolarimiz va momolarimiz zukko, donishmand insonlar bo‘lgan. Ular xar bir so‘ziga, ramzlari-yu, ishoralariga ham teran mazmunlar singdirishgan. Bu xikmatning tub mazmuni «el ichiga kirdingizmi, uning bir parchasi bo‘lib ko‘ring, uning an’analari, tarixi fe’l-atvori, sha’niga munosib bo‘lib kiyinishga, yashashga xarakat qiling» - degan ma’noni anglatadi.
Bugungi kun kiyimlari turfa xolatdaligi juda ajablanarli xol. Ba’zi qizlarimiz xorijiy liboslarni to‘liq o‘zlashtirib, tizzadan tepa kiyimlarni kiyishni o‘zlariga udum qilgan bo‘lsalar, ba’zi ayollar va qizlarimiz boshdan oyoq qoraga burkalib yurishlari to‘g‘rimikan degan savol tug‘iladi. Agar xar bir kiyimni kiyadigan mavridi borligi xaqida xalq ichida juda ko‘p muloxazalar yuradi, nahot shuni bilishmasa!
Agar xijob xaqida gapiradigan bo‘lsaq qizlarimizning yuksak ahloq yo‘llarini izlashlari, xayotlarini ma’lum bir e’tiqod asosida kurmokchi bo‘lganlari yaxshi . Ammo xijobni xavasga aylantirish, urf qilish yaxshi emas. Ayniqsa boshdan oyoq qoraga cho‘lg‘anish – millatimizga yot narsa. Momolarimiz «qora rang korongulik chakiradi», deydilar hatto azalarda ham bunday tusdagi kiyimlarni ehtiyot bo‘lib ming bir o‘lchab, o‘ylab kiydirishadi. Islom tarixida xijobni Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.) avlodlari kiyishgan. Buni ortiqcha kuzga tashlanmaslik vositasi deb bilishgan. Bugun xijobga o‘ranib yurgan qizlarimiz kaytaga ko‘proq nazarga tushmoqdalar. Demak, xijob o‘z vazifasini ado etmayapti deb ham uylash mumkin. Xar bir xududning o‘ziga xos xavas qilsa arzigulik kiyimlari bor. Masalan, zar choponni qadimda ko‘proq Buxoro, Samarqand kuyovlari kiyishgan. Farg‘ona vodiysida esa kuyovlar ko‘k beqasam, Surxondaryo, Qashqadaryoda yo‘l-yo‘l beqasam, Toshkent va uning atroflarida baxmal chopon, Xorazmda esa yana bir boshqa kuyov choponi bo‘lgan. Kelinchaklarimiz esa ijaraga olingan ovrupacha ok ko‘ylak emas, balki oq surpdan tikilgan nikoh libosida bo‘lishgan. Agar xozirgi kunda 80 – 90 yoshdagi momolardan nikoh ko‘ylagini ko‘rsating desak, faxr bilan sandig‘ini ochib ko‘rsatishadi. Bugungi kundagi kelinchaklar esa ijaraga olingan ko‘ylakni qanday ko‘rsatishi mumkin. Qizlarimiz nikoh kiyimini garovga olib, baxtini ham garovga qo‘yishmayaptilarmikan? Ayniqsa, kuyov zar choponda, kelin ovrupacha oq libosda tantanada o‘tirishadi. Bu ko‘rinishda ular xuddi ikkovi ikki xalqning bolasiga o‘xshashadi. Umuman libosda mutanosiblik yo‘q. Bu borada bichikchi dizaynerlarimiz ham faollik ko‘rsatishlari lozim. Ular sharqona, sipo liboslarning andozasini yaratishib, shu asosda tikilgan kiyim-kechaklarni do‘konlarga, savdoga chiqarilsa yaxshi bo‘lar edi. CHunki «xar kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga»- deganlaridek, o‘zbek libosining jozibasi o‘zgacha bo‘lib tursa, uni yoshlarimiz faxr bilan kiyishsa, millat milliyligi yo‘qolmaydi.
Biz yangi liboslarning milliy mohiyatini saqlagan holda zamonga moslashtirishimiz lozim. CHunki biz ma’naviyat borasida bir narsa axtarib uzoqqa bormaymiz. Xamma poydevor o‘zimizda. Bizdagi kiyimlarning xar nuqtasi nima xaqidadir ma’no kasb etadi. Masalan: ayollar durrasining uchi ung tarafga tashlansa – bosh egalikman; chapga tashlansa - boshim ochiq, ro‘zg‘orim buzilgan; o‘rtaga qo‘ysa — bevaman, degan ma’noni anglatgan. Liboslar xaqida gap ketganda, xalq dostonlarini eslayman. Millatimizning eng go‘zal iffatlarini o‘zida jam etgan timsollarimiz chavandoz, mergan qizlar chaqmoqday kiyinishib, kiyiklarday uchishgan. SHu tasavvurlardan olish kerak andozalarni. Xar bir marosimning o‘z kiyimi bor. Xalqimizda aza kiyimlariga e’tibor bilan qaralgan. Piru badavlat bo‘lib dunyodan o‘tganlar uchun aza tutayotgan ayollar ok mayda gulli matolardan libos kiyganlar. Bevaqt zavol bo‘lganlarga azadorlar ko‘k kiyishgan. Bugun bu an’analarga befarq qaraymiz. Aslida an’analarimizning xar birida olam-olam mazmun va ma’no bor. Muborak xadislarda aytishlaricha 40 kun azadorlik muhlati bo‘lgan. Yillab aza tutib, azador bo‘lish shariatda yo‘q, xalqimiz, aza, azani chaqiradi deyishadi. SHu bois ham aza liboslarini engillatib, yosh-yalanglarni tezroq, boshiga oq solib, azadan chiqaradilar, Xalqimizning bu dono udumida xikmat ko‘p. Liboslar qulay yashash uchun xizmat qilmog‘i darkor. Liboslar insonning ma’naviy kamolati, go‘zallik tuygusi, oliyjanob maqsadlariga ko‘zgu hamdir. Axir odamlar qimmatbaho dabdabali kiyimlarga erishmoq uchungina yashamaydilar, balki madaniy xaet tarzi, xayot ehtiyoji bo‘lganligi uchun kiyim-kechak qiyadilar. SHu nuktai nazardan qaraydigan bo‘lsaq ko‘p xollarda biz tanamizning tabiiy ehtiyojlarini bajarishdan ham ko‘ra ko‘proq ojizligimizning bilimsizligimizning, didsizligimizning, quli bo‘lib qolmayapmizmi? To‘g‘ri bozordagi bir-biridan chiroyli liboslar, matolar ayollar, qizlar xusniga xusn qo‘shadi. Lekin ularning aksariyati sun’iy tolalardan to‘qilgan matolar ekanligi jiddiy mulohaza talab qiladi. Ancha-muncha g‘ijimlanmaydigan, yuvganda kiri tez ketadigan matolar xilma-xil teri kasalliklaridan tortib, yurak asab xastaliklarini keltirib chiqarayotganini asrimizning ilg‘or tibbiyot xodimlari ta’kidlab turibdilar. Kiyimlarga munosabat millatimizning naqadar dono ekanliklarini ko‘rsatadi. Kiyimlarda insonning ta’lim tarbiyasi aks etgan. SHunday bir xayotiy xikmat bor «Agar qiz bolani o‘zi o‘sgan muhitdan bir pog‘ona yuqori sharoitli xonadonga uzatsangiz, turmushi yaxshi kechishiga bu ham bir sabab bo‘ladi». Afsuski takdir peshona deganlaridek qizni hamisha ham shu xikmatga amal qilib uzatolmaymiz. Lekin aqlli onalar qizlari kelajakda baxtli - taxtli bo‘lib ketish orzulari uchun ularni juda yoshliklaridan xamma sohada, shu jumladan kiyim-kechak borasida ham ortiqcha erkalatmay, sabr tokatli qilib o‘stirishlari ahamiyatlidir.
Axir tabiatan qonida, ruxiyatida chiroyligu, qimmatbaho liboslarga, zeb-ziynatlarga uchlik bilan qaramagan qizlar o‘z ota uylarida aqllarini taniganidan boshlab urf bo‘lgan kiyim-kechaklarni beistisno kiyib ulg‘aygan bo‘lsalar, yangi sharoitda-kuyovning xonadonida boshga tushishi mumkin bo‘lgan moddiy kiiynchiliklarga kunikishlari oson kechadi. Sir emas yildan-yilga ko‘payib borayotgan qo‘ydi-chiqdilarning aksariyatiga yosh kelinlarning kuyov xonadonidagi kiyinchiliklarga chiday olmayotganliklari, bardoshsizliq, kiyim kechak borasida qizlarimizning juda sayoz tushunchalari bo‘lmoqda. Ma’lumki, Olloh bandalariga nasib etgan manzilu-makon, iqlim, ruxiyat bilan bog‘liq ravishda kiyimlarning shaklu-shamoili, rangi, matolarning turlari asrlar davomida shakllangan. Do‘ppilar, choponlar, kovush-maxsi, belbog‘lar, bobolarimiz, momolarimizdan bizga shunchaki meros emas. Bu liboslarning xar birida tabiiy hamda ma’naviy ehtiyojlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatlar mujassamdir. Masalan, tabiblarning aytishlaricha, jazirama quyoshida yalangbosh yurish turli xil bosh og‘riqlarini keltirib chiqarish bilan, sochning to‘qilib ketishiga sabab bo‘lar ekan. Erkaklarning do‘ppisi, ayollarning oq durra bog‘lab yurishi ana shunday dardlarning oldini olar ekan. SHuningdek, u bevosita jinsiy jihatlar bilan bog‘liq xodisa. Bu borada rivojlangan g‘arb mamlakatlari ruhshunoslarining ilmiy-amaliy tadqiqotlariga diqqat qilinsa, oilaviy ajrishlarning yil sayin ortib borishiga ayollarning uta zamonaviy, ya’ni badanning ko‘p joyi ochiq koladigan kiyimlar kiyishlarini ham sabab deb ko‘rsatmokdalar. CHunki ayollar qanchalik ochiq-sochiq yursalar, ularning jozibaliligi, sirligi o‘ziga jalb qiluvchi kuchi qisqasi ohangrabosi shunchalar kamayib borar ekan. Zamonlar xayot kitobini yangiliklar bilan tahrir qilaveradi. Liboslarga ham o‘z hukmini o‘tkazaveradi.
Lekin ana shu zamonaviy kiyim – kechaklarini milliy matolar,
chizgilar, bichimlar bilan uyg‘unlashtirish usta libos sozlarimizning muqaddas burchlaridir.
Xammaga ko‘z-ko‘z qilsak arziydigan milliy kiyimlarimiz bor. O‘ylab qaralsa, bu kiyimlarimiz bosh va oyoqlarni turli xastaliklardan xalos etadi. Tanamizni o‘zga nazardan pinxon tutadi. Aksariyatimiz esa boshqa xalqlar liboslariga xavas qo‘yganmiz. Faqat dengiz buylarida, chekka joylarda kiysa bo‘ladigan kalta shimlarni bu kun shahar ko‘chalarida kiyib yurgan erkaklarimiz uchraydi. YOki xovli va uylarda buyi etgan qizlari yoki singillari oldida bemalol ich kiyimda yurgan otalarni, akalarni qanday tushunish mumkin. Biz xar qanday sharoitda ham ko‘xna SHarq odobi an’analarini unutmasligimiz lozim.
O‘zbek xonadoniga mexmon kelishi udumi bir bayram sanaladi. Uy bekalari mexmon uchun alohida dasturxon yozib eng tansik taomlarni pishiradilar. Xammayoqni chinni-chiroqdek yaltillatib qo‘yadilar. Ayollarimizning mehmon kelishidan avval orolanib, chiroyli liboslar kiyib olib, mehmon kutishlari qadimiy momolarimizdan qolgan an’anadir. Qadimda xar bir uy bekasining faqat mehmon kelganda kiyadigan bir-ikki sidra chiroyli liboslari bor bo‘lgan. To‘y-to‘ychiqqa kiyadigan libos alohida, mehmonga boradigani alohida, azaga borganda kayadigani alohida bo‘lgan. Xozir ham shu taomillarga amal qilgan holda mexmon kelganda, mexmonga borganda, kuchada va idorada kiyish uchun alohida liboslar bo‘lgani ma’kul. Tungi liboslar xar bir ayolda bo‘lishi shart.
Bunday liboslar engil, yupqarok gazlamalardan keng va qulay qilib tikdirilsa yanada yaxshi bo‘ladi. O‘g‘il – qizlarimizga ham shunday kiyimlar tikib berishimiz, ularni shunga odatlantirishimiz zarur.
Balog‘at yoshidagi qizlarga xashamdor libos, qimmatbaho takinchog‘u pardoz andozning xojati yo‘q. Axir yoshlikni o‘zi bir olam go‘zallik ba’zi qizlarimizning ko‘chada o‘zini to‘tishi, kiyinishini ko‘rib kattalar hijolat tortadi. U qiz bolami yoki kelinchakmi, farqlash kiyin. Naqsh olmaday tinik yuzlariga chaplab, ola bayroq liboslarni egnilariga ilishadi. Bu o‘rinda aybni o‘sha qizlarning o‘zlariga qo‘ysak xato bo‘lar. Onalar qayoqqa qarashadi, axir. Ular qizlarini bunday holatga solgandan ko‘ra, xunar o‘rgatib, ro‘zg‘or yumushlariga tayyorlaganlari foydaliroqdir.
Ust kiyimlar rangi tikilishi jihatdan bir-biriga mutanosib bo‘lmog‘i lozim. Qaysi kiyimni qachon kiyish kerakligini, qaerda qanday kiyinish lozimligini ham bilish kerak Masalan, xalat bilan ko‘chaga chikish yaxshi emas. Sochini mayda o‘rgan qizlarning boshyalang yurishi ham noo‘rin. Xatto taqinchoqlar ham kiyim rangiga uyg‘unlashgan bo‘lsa yaxshi. Ba’zi qiz juvonlarimiz uy ichida kir-chir, nobop kiyimlarda yurishadi-yu, ko‘chaga chiqqanlarida aksincha yaltur-yultur, xashamdor liboslari bilan ko‘pchilik e’tiborini tortishadi. Biz o‘zgalar e’tiborini emas, balki o‘z e’tiborimizni hisobga olishimiz zarur. Ust kiyimimizning hamisha toza va ko‘rkam bo‘lishi kayfiyatimizga, ishimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qadimda momolarimiz xar bir kiyimni juda qadrlashgan, eski bo‘lgan chog‘dayam uni tashlab yubormaganlar, aksincha boshqa maqsadlarda foydalanishgan. Bosh kiyim hamda oyoq kiyimni begonalarga bershmagan, irim qilishgan. "Axir kiyimda o‘z egasining ruxi bo‘ladi» - degan gan bejizga aytilmagan.
SHuning uchun ayniqsa nikoh kuylagini xarid qilishda extiyot bo‘lmoqliklari lozim. CHunki nikox kuylagi oxorlik oq surpdan tikilgan bo‘lib, faqat kechkurun kiyilgan. Boshqa paytlarda esa atlas lozim, atlas ko‘ylak kiyilgan. SHundan uning kelinchakligi bilingan. Umuman liboslarni qimmat yoki arzon matodan tikilgan bo‘lishiga qaramasdan u kishiga yarashimli bo‘lishi lozim. SHundagina uni kiygan ayol yoki qiz oilada go‘zal ko‘rinadi. Unga esa xayo, ibo, samimiyat aralashsa, oila yanada mustaxkam. charogon bo‘ladi. O‘zbek oilasining charog‘onligi liboslarga ham bog‘liqdir. Ijtiomiy xayot o‘zgarishi bilan liboslar ham o‘zgarib boradi. Dunyo sahnasiga chiqib borayotgan Respublikamiz odamlari ham eng zamonaviy, ko‘rkam, qulay, kiyimlarni kiyish bilan birga asrdan-asrga o‘tib, ko‘z qorachig‘iday tariximiz, ko‘rkimiz, ham milliy g‘urur va iftixorimiz bo‘lib avlodlarga qolishi kerak.

Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling