Kiyinish madaniyati. Shaxsiy did va gigiyena


Download 3.99 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi3.99 Kb.
#1427510
Bog'liq
ortiqova mohinur

Kiyinish madaniyati.Shaxsiy did va gigiyena

Shaxsiy gigiyena- gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi.

Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib,aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishini toʻgʻri uyushtirishdan iborat.Tor maʼnoda badan, kiyim-kechak,poyabzal,koʻrpa-toʻshak,turar joy,ovqat tayyorlanish gigiyenasi va hokazo.

Birinchi navbatda, badanni toza saqlashga eʼtibor berish zarur.Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak.Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.

Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa,badaning ochiq, ayniqsa,koʻp terlaydigan joylarini,koʻkrak va qoʻltiq issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish,agar barmoq burmalaida chaqalangan,bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.

Ogʻiz boʻshligʻini tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay,balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak;agar ogʻiz hidlansa, darrov vrachga koʻrinishi lozim

Qoʻl yuvish- ichak infektsiyalari bilan infektsiyani oldini olish usullaridan biri

Maqsad butun aholi salomatligini yoki aholi salomatligini yaxshilash boʻlgan jamoat gigiyenasidan farqli oʻlaroq, shaxsiy gigiyena insonning shaxsiy salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena,umumiy gigiyena, jumladan,jamoat gigiyenasi bilan uzviy bogʻliqdir. Shunday qilib, kundalik hayotda, ayniqsa,ayrim kasb vakillari tomonidan shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilmaslik boshqalarning sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi (passiv chekish,yuqumli kasalliklar vagelmitlarning paydo boʻlishi va tarqalishi, zaharlanishi va boshqalar).

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Download 3.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling