Klassifikatsiya jarayoni reja Klassifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari
Download 178 Kb.
|
1 2
Bog'liqKLASSIFIKATSIYA JARAYONI
Reynolds soni (Re) deb zarrachalarning tezligini uning diametri va suyuqlik zichligiga ko`paytmasini suyuqlikning qovushqoqlik koeffitsientiga nisbatiga aytiladi:
, (1.4) bu yerda, υ – jism harakatining nisbiy tezligi, m/s; d - harakatlanuvchi jismning diametri, m; ∆ - suyuqlikning zichligi, kg/m3; μ - suyuqlik qovushqoqligining mutlaq koeffitsienti, N·s/m2. Re > 1000 bo`lsa, suyuqlik harakati turbulent, Re < 1 da laminar va Re = 1÷1000 da noturg’un. Oxirgi tushish tezligini aniqlash shundan iboratki, zarracha va muhitning ma`lum parametrlari uchun parametri quyidagi formula bilan aniqlanadi: (1.5) bu yerda, d - zarracha diametri, m; δ - zarrachaning zichligi, kg/m3; ∆ - muhitning zichligi, kg/m3 (suv uchun ∆ = 1000); g – erkin tushish tezlanishi (g = 9.81 m/s2); μ - suvning qovushqoqlik koeffitsienti μ = 0,001 N·s/m2). Birinchi bo`lib parametri P.V Lyashchenko tomonidan taklif qilingan bo`lib, u ham xuddi va sonlari kabi o`lchamsiz va ular orasida bog’liqlik o`rnatilgan (1-rasm). Diagrammada (1-rasmga qarang), ning hisoblangan qiymati bo`yicha ning qiymati topiladi, so`ngra oxirgi tezlik (1.4) formula bo`yicha aniqlanadi. Bir xil tezlikda tushadigan ikkita xar xil minerallar zarrachalarining diametri nisbati teng tushuvchanlik koeffitsienti deb ataladi. Teng tushuvchanlik koeffitsienti yengil mineral zarrachasi bir xil tushish tezligiga ega bo`lgan og’ir mineralning zarrasidan necha marta katta ekanligini ko`rsatadi va u har qanday o`lchamdagi zarralar uchun quyidagi formuladan aniqlanadi (1.6) bu yerda, va teng tushuvchi engil va og’ir minerallarning zarralari diametri, m; va bu zarrachalarning zichligi, kg/m3; ∆ - muhitning zichligi, kg/m3; n = 1÷3. Boyitish amaliyoti sharoitlarida zarralar erkin tarzda emas, balki ommaviy tarzda va cheklangan maydonda, ya’ni, tor sharoitlarda harakatlanadi. 1-rasm. (1) va (2) parametrlarining Rega bog’liqligi. Zarralarning cheklangan sharoitda tushish tezligi har doim erkin tushish tezligidan kamroq va u muhitning qovushqoqligiga bog’liq bo`lib, undagi qattiq zarralarning miqdori ko`payib borishi bilan ortadi. U formula bilan ifodalanishi mumkin bu yerda, - cheklangan sharoitda suyuqlikda zarrachalarning oxirgi cho`kish tezligi, m/s; - zarrachaning erkin tushishining oxirgi tezligi, m/s; - tezlikning pasayish koeffitsienti. Hisob-kitoblarga ko`ra, = 0,08÷0,21. Zarralarning cheklangan sharoitda tushish tezligi va erkin tushish tezligi qonuniyatlari gravitatsiya usulida boyitish jarayonini yaratishda, loyqa suvlarni tindirish va gidravlik tasniflash jarayonlarini ishlab chiqishda qo`llaniladi. Download 178 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling