Klassifikatsiyasi
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 464.6 Kb. Pdf ko'rish
|
antibiotiklar-tasir-doirasiga-kora-klassifikatsiyasi
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№17 248 stafilokokklarga va enterokokklardan (glikopeptid va beta-laktamlarga chidamlilikka ega bakteriyalar) tashqari barcha gramm musbat bakteriyalarga nisbatan yuqori faol ta`siriga ega. 4.Aminoglikozidlar – molekulasi tarkibida aminoshakar tutuvchi, dastlabki ushbu guruh vakillaridan streptomitsin 1943-yilda Vaksman tomonidan sil kasalligiga qarshi kurashish uchun yaratadi.Hozirgi kunda turli umimiy antibiotik turlari mavjud:(1) streptomitsin kanomitsin va boshqalar;(2) gentamitsin;(3) sizomitsin,tabromitsin va boshqalar. Pseudomonas aruginosadan tashqari gramm musbat aerob mikroorganizmlarga bakteriatsid ta`sir ko‘rsatadi.Streptokokklarga va anaerob. Enterobakteriyalar va doimiy aerob mikroorganizmlar tomonidan yuzaga keladigan o‘gir bakterial kasallik holatlarida foydalaniladi. 5.Tetrasiklin – katta molekulali antibiotiklar guruhi bo‘lib, molekulasida to‘rtta siklik bog‘lar tutadi. Statik ta`sir ko‘rsatib,garmm musbat va garmm manfiy bakteriyalga nisbatan keng ta`sir doirasiga ega.Aksariyat hollarda hujayra ichi bakterial kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari: rikketsiyalar, xlamidiyalar,mikoplazmala, brutsellalar, legionellalar qarshi kurashishda ishlatiladi. Hozirgi kunda yuqorigi kasalliklarga qarshi polisintetik doksisiklinlar foydalaniladi.Yangi tetrosiklinlar avlodi hisoblangan tetrasiklin analogi – glitsilsiklinlarga tigesiklin kiradi. Glitsilsiklinlar ribasomalar bilan ancha kuchli bog‘langan. Tigesiklin metisillinga qarshilikka ega stafilokokklar shtammlari va Acinetobacter spp.kabi ferment ajratmaydigan bakteriyalar,vankomitsin va penitsillinga qarshilik kuchiga ega bakteriyalar,enterobakteriyalardan boshqa garamm musbat va gramm manfiy bakteriyalga qarshi keng ta`sir doirasiga ega.Ushbu preparat tabiiy tetrasiklinlarga nisbatan chidamlilikka ega bakteriyalarni ribasomalari bilan reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega.P.aeruginosaga qarshilik xususiyati mavjud emas.Tetrasiklinlar bolalarning tish hujayralariga singishi sababli(qora tishlar sindromi) bolalar bakterial kasalliklarini davolash maqsadlarida foydalanilmaydi. 6.Makrolidlar (va azalidlar) – ushbu guruh yirik makrosiklik molekular tuzilishi bilan xarakterlanadi. Eritromitsin tibbiyotda eng keng qo‘llaniluvchi antibiotik preparatlaridan biri hisoblanadi. Shu guruhga mansub yangi yaratilgan antibiotiklar- azitromitsin,klaritromitsinlar (kuniga 1-2, marta qabul qilish tavsiya qilinadi). Bakteriostatik (bakteriya turlariga ko‘ra bakteriatsid ta`sirda ham bo‘ladi). Hujayra ichi kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar, xlamidiyalar, rikketsiyalar, legionellalar, mikoplazmalarga qarshi keng ta`sir doirasiga ega.Makrolidlar guruhi vakillari gramm musbat mikroorganizmlarga,gemofil tayoqchalari, bordetellar, neysseriylarga faol ta`sir ko‘rsatadi. 7.Linkozamidlar (linkomitsin, klindamitsin) – Ta`sir doirasi makrolidlar singari keng, bakteriostatik ta`sirga ega. Klindamitsin doimiy anaerob mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol ta`sirga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling