Klassik siyosiy iqtisod maktablari


Download 36.75 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi36.75 Kb.
#1227524
Bog'liq
Fransiya klasik maktabi P. Buagilber nazayasi


Fransiya klasik maktabi P. Buagilber nazayasi.
Reja:

1. Klassik siyosiy iqtisod maktablari


2. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari 


Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida XVII-IXX asrlarda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.
Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang Fizi-okratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.
A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang Neoklassik iqtisodiy nazariya).

2. Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan


bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g`oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi. 
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo`lib, qirollar ("qirol - quyosh Ludovik XIV") va
uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo`jaligining ziyoniga 
o`tkazildi, feodal munosabatlar to`la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo`lib o`tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro`y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to`siq edi. Manufakturalar paydo bo`ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan bo`lib, rivojga to`siq edi. Yer masalasi to`la hal etilmadi, "Senyorsiz yer yo`q" tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig`imlarga mahkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag`batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo`lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Shu sababli, bu sohada 
islohotlar o`tkazish zarur bo`lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit berardi Ichki bozor tor bo`lib, kapitalistik tadbirkorlikning o`sishiga yo`l bermasdi. Bu 
sinf asosiy soliq to`lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to`lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. Yana bir muhim to`siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan urushlar 
tufayli mablag`larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi. 

Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal munosabatlar o`zining cho`qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), vaholanki Angliyada burjua inqilobi bo`lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yerning egasiga ayandi, dehqonlar shaxsan ozod bo`lsalar ham, feodal majburiyatlar nihoyatda ko`p edi. Xo`jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor hiyla tor edi, xalq xo`jaligida natural xo`jalik asosiy 


bo`lib, sanoat rivoji past bo`lgan. Faqat ze-ziynat buyumlari va parfumeriya mahsulotlari tayyorlash bo`yichagina Fransiya Yevropada yuqori o`rinda edi. 
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo`lgan Pyer Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta'sir ko`rsatdi. 
Pyer Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo`lib, de Buagilber - bu oila yer pomest'esining nomi edi. Lekin tarixda Pyer Buagilber nomi saqlanib qoldi. Pyer Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot bilan shug`ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi;
o`z ko`zi bilan ularning nochor ahvoliga guvoh bo`ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o`g`liga topshirdi; o`zini "qishloq xo`jaligining advo-
kati - himoyachisi" deb atadi. Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat
boyligi konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan 
emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, 
go`sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Hatto yerga va pulga 
egalikning o`zi boylikni ta'minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot 
uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtiril-
masa bunday "boylik" egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. 
Shu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab chiqar-
ishni o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak. 
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos: 
·erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo`'tadillik 
mavjud bo`ladi; 
·tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar 
qoidasiga amal qilinadi; 
·milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat 
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi; 
·xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli 
baho berilmaydi va boshqalar. 
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq 
xo`jaligining roli ataylab mutlaqlashtirgan. Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat 
uchun ahamiyatini ko`ra bildi. 
1691 yilda u Fransiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini 
taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua-
demokratik xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning 
g`oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 
1. Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan 
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga te-
gishli bo`lishi kerak edi. 
2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erk-
inligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o`sishini 
ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi; 
3. Donning erkin sotilishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta'sirini 
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho bel-
gilangan bo`lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish 
o`smay qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat 
sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida "haqiqiy qiymat"ga ega bo`lishi 
kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb 
hisobladi. 
Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni 
rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. Buagilber o`z 
g`oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bu oyda qirolga kerak 
bo`lgan summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki 
soat davomida kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo`jalik 
"xuddi hamirturushdagi kabi" tez o`sadi, deydi u. U o`z takliflari bilan bir 
necha bor murojaat qildi. Ammo, uning bu harakatlari zoye ketdi. U o`z 
g`oyalarini kitoblarda bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning 
asosiy iqtisodiy asarlari "Fransiyaning to`la tavsifi", "Fransiya to`g`risida 
varaka", "Boyliklar tabiati to`g`risida traktat" va boshqalardir. Uning ayrim 
asarlari, masalan, 1707 y. 2 jildda chiqarilgan "Fransiya ayblari" kitobi 
ta'qiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli to`la 
yoritib berilgan, ayniqsa qishloq xo`jaligining orqada qolish sabablari 
to`g`ri berilgan. Xalq xo`jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib bori-
layotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig`i) va boshqalarning 
merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sanoat rivojini bir to-
monlama qo`llab-quvvatlashga qarshi chiqdi. qishloq xo`jaligi manfaat-
larini himoya qildi, don eksportini cheklashga qarshi chiqdi, soliq tizimini 
isloh qilish tarafdori bo`ldi, u ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilash 
tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat
xo`jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, avvalgi 
davrdagi to`kin-sochinlikni qaytarish uchun mo’jiza qilish shart emas, 
tabiat ustidan bo`layotgan doimiy zo`ravonlikka chek qo`yish yetarlidir. 
Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, 
ular tabiatga qarama-qarshi bo`lmasligi kerak. Bu g`oya shundan iboratki, 
unga ko`ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz 
buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday). 
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat 
ekanligini ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o`rganishga 
kirishib, ilmiy tahlil qilish yo`li sari yirik qadam tashlagan. Ammo shu bi-
lan bir vaqtda u xo`jalikdagi xodisalarni tabiiy va tabiiy bo`lmaganlarga 
ajratib, avvalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilyber o`zi 
taklif etgan siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Un-
ing iqtisodiy qarashlari ko`p jihatdan V.Pettiga o`xshab, mamlakatning 
iqtisodiy o`sishi nima bilan bog`liq degan savolga javob topish edi. Buagil-
berni ko`proq va asosan Fransiya iqtisodining turg`unlik holati va uning 
orqaga ketishi sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, 
masalan, xalq xo`jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivo-
jini ta'minlaydi, degan masalaga o`tdi. 
Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni "optimal 
baho paydo bo`lishi" masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va 
taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisobla-
nadi. Xo`sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o`rtacha har 
bir sohadagi ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va 
ma'lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish 
bo`lmaydi, undan so`ng, bu shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya 
qilish jarayoni bekamu ko`st davom etishi va barqaror iste'mol talabi qon-
dirilishi kerak. Va nihoyat, bu shunday baholarki, pullarning "o`z o`rni 
bo`lib", ular to`lov oborotini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, 
zo`ravonlik qila olmasligi zarur. 
Xalq xo`jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida 
esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg`or g`oya edi. Olimning asosiy 
asarlari shu g`oyalar bilan bog`liq. Iqtisodiyotda "optimal baholar"ni qan-
day ta'minlash mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday struk-
turasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi. 
Erkin raqobat sharoitining buzilishi Fransiyada donga maksimal 
baholarning qo`yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar bel-
gilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlarning da-romadini oshiradi 
va ularning sanoat tovarlariga talabini ko`taradi, oqibatda bu mahsulotlarni 
ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning 
o`zida "proporsional baholar" o`rnatilishiga va xo`jalikning ravnaqiga olib 
keladi. 
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi 
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksi-
yasini inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan amali-
yotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi orqali 
mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar 
iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin 
kamayadi. Agar kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf 
qilsalar, ular o`z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, ak-
sincha, o`z daromadlarini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda qiy-
inchilik tug`dirishiga olib keladi. 
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz 
yillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish 
bo`yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. 
Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi 
(ya'ni jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga ta-
lab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra, 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi. 
Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yu-
qori sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber 
ma'lum ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda 
iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan. 
Buagilber inqiroz xodisasini xo`jalikning ichki qonuniyatlari bilan 
emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog`laydi. Uningcha, yaxshi siyo-
sat olib borish yo`li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni chet-
lab o`tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo`lib, Seyga tegishli (buni 
keyin qarab chiqamiz) "bozorlar qonuni"ga asos bo`lgan deyish mumkin, 
ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning ortiqcha ishlab 
chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo`lmaydi). Aksincha, Shumpetern-
ing fikricha, Buagilber iste'mol talabining yetarli emasligi va jamg`arma 
ortiqchaligi sababli, o`sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi bo`lib, tizim 
barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan. 
Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida 
mulohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va 
obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina 
emas, ortiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, 
deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-
Download 36.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling