Klassik yoki ma’muriy menejment” maktabi


Download 48.45 Kb.
bet1/3
Sana15.09.2023
Hajmi48.45 Kb.
#1678362
  1   2   3
Bog'liq
nazorat savollari


Menejmentning «klassik» maktabi haqidagi tasavvuringizni ayting. Klassik yoki ma’muriy menejment” maktabi 
(1920-1950). Klassik maktab namoyondalari amerikalik muxandis va tadkikotchi F. Teylor, frantsuz olimi A.Fayol’, ingliz L.Urvin, nemis iktisodchilari M.Veber, G. Ford, G.Emersonlardir.
Boshqaruvning klassik maktabi turt muxim unsur - mexnat taksimoti, boshqaruv tabakalanuvi va ko`p bo`ғinliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning mumkin bo`lgan chegaralarini urganadi. Amerikaliklar Anri Fayolni bekorga “menejmentaing otasi” deb atashmagan, u 
birinchi bo‘lib butun bir samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, uning 
yuqoridan pastgacha barcha bo‘g‘inlari faoliyatini tafsiflash, ularning 
birgalikdagi faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlovchi tamoillami ishlab 
chiqishning uddasidan chiqdi.

F. Teylor nazariyasining moxiyati nimada?


F. Taylor ta’limotining asosiy mazmuni – yollanma ishchilar mehnatning unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlash.
Uning printsipiga binoan:

  • Mehnatning har bir jarayoni ,uning ko’lami va ketma ketligi aniq, puxta ixtisoslashtirilishi shart;

  • Har bir mehnat turi qat’I vaqt oralig’ida taqsimlanishi shart;

  • Har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysunirilgan bo’lishi kerak;

  • Vazifalarni bajarishda doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;

  • Ishchilar malakasi va savyasiga qarab joy joyiga qo’yilishi shart;

Boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma’suliyatini aniq belgilash va vazifalarni to’g’ri taqsimlash shart

G.Emerson qanday ilmiy printsiplarini ishlab chiqqan? “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asari


G. Emerson ilmiy boshqaruv tamoyillarini mohiyatiga ko’ra, quyidagi ketma ketlikda bayon qilgan: 1) Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar. 2) Oqilona, sog’lom fikr. 3) Malakali e’tiborli mahsulot. 4) Intizom. 5) Xodimga nisbatan adolatli bo’lish. 6) Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam xisob-kitob. 7) Dispetcherlash. 8) Me’yorlar va jadvallar. 9) Sharoit bilan ta’minlash. 10)Muomalalarni me’yorlash. 11)Standart yo’riqnomalarini tayyorlash. 12)Unumdorlikni rag’batlantirish. Ko’rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat markazida avvalo ikki tamoyil, ya’ni aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar, shuningdek, oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga ko‘ra xar bir muomala uchun, ishchining xarakatini o`rganish natijasida berilgan ish xajmi yagona, eng muvofiq usuli o‘rnatilar edi.

O`zbekistonda boshqaruv rivojlanishining asosiy yunalishlarini ayting. O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib Amir Temur xukumronligi davridanoq shakllana boshlagan. Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida, qanday qilib xokimiyatni qo‘lga kiritgani, siyosiy va xarbiy faoliyati xaqidagi sirlar, uni boshqarish san’ati, shu bilan birga istilochilikka qanday rahbarlik qilganini o‘zi izoxlab bergan. O'zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi t a ’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy, milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.


Menejment tushunchasi, uning mohiyati va maqsadi nimalardan iborat? Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan.


AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va Teylor nomi bilan bog‘lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davrni «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar
Menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin
Menejment nazariyasi fanining prеdmеti, qanday izlanish uslublari mavjud?
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.

Menejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib, ular turli ko‘rinishlarda bo‘ladi.
1.iqtisodiy
2.mehnat
3.ijtimoiy
4.tashkiliy
5.psixologik


Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir.


Download 48.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling