Klassitsizm adabiyoti


Download 31.1 Kb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi31.1 Kb.
#1249944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-MARUZA

Lyudovik XIV (1643-1715) zamonasida absolyutizm mustahkamlanadi. Anarxiyaga chek qo‘yish, juz'iy narsalarni umumiylikka bo‘ysundirish absolyutizm himoyachilari ilgari surgan muhim masalalardandir. Siyosatdagi singari adabiyotda ham qatiqqo‘llik bilan ish tutiladi. Barcha ijodiy jarayonlar ma'lum qoidaga itoat ettiriladi.
Klassitsizm yozuvchilari absolyut hokimiyat mamlakat milliy birligi manfaatlariga mos keladi, deb uni mustahkamlash g‘oyasini qo‘llaydilar. Ular qirollik siyosati bilan hisoblashishga majbur bo‘lganliklaridan qisman saroyga bog‘liq ham edilar. Lekin, bulardan qat'iy nazar, ular ijodida davlat manfaatlarini ko‘zlash hamma vaqt birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun klassitsizm nazariyachilari va yozuvchilari mamlakat xalqi ruhini aks ettiruvchi adabiyot yaratishga intiladilar. Bu badiiy ijodning shakllanishida davrning ilg‘or ratsionalistik falsafasi, xususan, Dekartning “haqiqatini anglash uchun yagona mezon aql-idrokdir”, degan qarashlari katta ta'sir ko‘rsatadi. Shunga binoan, ular idrokni san'atga ham to‘g‘ri yo‘l belgilab beruvchi birdan-bir mezon deb xisoblab, uni his-tuyg‘uga qarshi qo‘yadilar.
Fransiyada klassitsizm adabiy yo‘nalish sifatida to‘la qaror topib, adabiy jarayonda yetakchi mavqye egallagan bo‘lib, fransuz klassitsizmi Yevropadagi boshqa xalqlar adabiyotlariga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan. Fransiyada klassitsizm madaniyatining gullab-yashnashiga asos bo‘lgan qator omillar mavjud edi. Klassitsizm davlat va millat manfaatlariga to‘la mos edi. Mazkur sharoitda klassitsizm hukumat tan olgan rasmiy va chin ma'noda yetakchi badiiy metod bo‘lib qoldi.
Fransuz klassitsizmining gullab-yashnashiga asos bo‘lgan yana bir muhim omil Dekart ta'limoti bo‘lib, u XVII asr fransuz falsafiy tafakkurining cho‘qqisi hisoblanadi. Dekart falsafada ratsionalizm oqimining asoschisi, unga ko‘ra, haqiqatning bosh mezoni va manbai ongdir. Ya'ni Dekart haqiqat manbai borliqda yoki tajribada emas, balki tafakkur qurilmalarida deb biladi. Shundan kelib chiqqan holda klassitsizmning asosiy tamoyillari belgilanadi. Ularga ko‘ra, san'at aql tomonidan qat'iy tartibga solinishi kerak, badiiy asar aqlga muvofiq va aniq tahlilga imkon beradigan tarzda qurilishi lozim, san'at asarining kuchi tafakkur qudrati va mantig‘i bilan belgilanadi.
Olamga xos muayyan qonuniyat asosidagi tartibot san'atda ham bo‘lishi lozim deb bilgan klassitsizm nazariyotchilari badiiy ijodda belgilangan qoidalarga og‘ishmay amal qilishni talab etadi.
Klassitsizm yozuvchilari mutloq hokimyat mamlakat milliy birligi manfaatlariga mos keladi, deb uni mustahkamlash g‘oyasini qo‘llaydilar.
Ular mualliflar tabiatga taqlid qilish kerak degan prinsipni ilgari surdilar. Lekin voqelikni «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat go‘zal tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassitsizmda qahramonlar xarakteri umumiy va biryoqlamadir.
Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha, butun adabiy janrlar «yuksak» (tragediya, epos, qasida) va «Tuban» (komediya, satira, epigramma) janrlarga bo‘linadi. «Yuksak» janrlarda dav­lat ishlari, qirol va hukmron tabaqa vakillarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak. «Tuban» janrlarda esa uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Klassitsist yozuvchilar asar tilining aniq, obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq, uslubning qo‘pol iboralardan holi blishiga katta e'tibor beradilar. Biroq go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon sifatida iste'dodga ortiqcha baho beradilar. Qahramonlarni oldindan belgilab qo‘yilgan sxema va logik qonunlarga ko‘ra «yaxshi» va «yomon»ga ajratilishi natijasida xarakterlarning hayotiyligi chegaralab qo‘yilgan.
Klassitsizmda muhim o‘rin egallagan drama janrida 3 birlik qonuniga rioya etish talab etiladi:

  1. zamon (voqea bir kunda bo‘lishi kerak) birligi;

  1. makon (hodisalar, bir joy, bir binoda bo‘lishi kerak) birligi;

  2. harakat (yagona syujet yo‘li) birligi.

Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi. “Gumanistlar qadimgi grek va Rim madaniyatini o‘rganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish qildilar. Biroq ularning antik san'at haqidagi nazariyalarida bir qator nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi milliy xususiyatlarni e'tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klassitsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda o‘z rivoji uchun zamin topolmadi”2.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san'atining yuqori bosqichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, usha davr adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qabul qildilar. Biroq, mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qattiq logik qonunlarga bo‘ysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab qo‘ygan edi.

Download 31.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling