6. «Uy qator»dan quyidagi harflarni bosing. «Z», «X», «C», «V», «B», «N», «M»,
vergul, nuqta va drop tugmalarini bosing. Barmoqlaringizni
quyi qatorga tushirib yana
ortga qaytarishni mashq qiling.
• Chap chimchaloq barmog‘ingiz bilan «Z» ni, chap nomsiz barmog‘ingiz bilan «X» ni,
chap o‘rta barmog‘ingiz bilan «C» ni va chap ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan «V», «B»
tugmalarini bosing.
• O‘ng qo‘lingiz ko‘rsatkich barmog‘i bilan «N» va «M», o‘rta barmog‘ingiz
bilan vergul,
nomsiz barmog‘ingiz bilan nuqta va chimchaloq bilan drop tugmalarini bosing.
7. Har ikki bosh barmog‘ingiz bilan probelni bosing. Har ikki qo‘lingiz bosh
barmog‘ini probel tugmasi ustiga qo‘yishni odat qiling.
6/6
8. Har qanday yordamchi tugmani chimchalog‘ingiz bilan bosing.
Yon tomonda
joylashgan o‘chirish, Tab va Shift tugmalari uchun chimchaloq barmog‘ingiz
javobgar
bo‘lsin.