Klient-server texnologiyasi


Download 47.5 Kb.
bet1/5
Sana22.01.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1109892
  1   2   3   4   5
Bog'liq
22-ma\'ruza


22-ma’ruza
Klient-server va peer to peer arxitekturalarining qurilish usullari, ularning imkoniyatlari, klient-server ilovalari va peer to peer ilovalari, klient-server va peer to peer tarmoqlarida qo‘llaniladigan protokollar, taqdim etiladigan xizmatlar
Klient-server texnologiyasi
Hozirda Web-sahifaning rivojlanishi yanada interaktiv pog‘onasiga chiqqan. Web-saytlar asta sekinlik bilan ilovalar interfeysiga o‘xshab bormoqda. Bularning barchasi zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda.
Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga ajratish mumkin: klient tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server tomonidagi (server-side). Ushbu texnologiyalarni tushunish uchun avvalo bevosita "klient-server" texnologiyasini tushunish kerak. Web-sahifaning interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi. Bunday atama dasturning natijasiga bog‘liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-sahifasida foydalanuvchi holatiga, harakatiga «reaksiya» berishdir.
Shu tariqa ssenariylar klient tomonida bajariluvchi va server tomonida bajariluvchi ssenariylarga bo‘linadi. Klient tomonida bajariluvchi ssenariylar brouzer yordamida bajariladi. Server tomonida bajariluvchi ssenariylar esa Web-server yordamida bajariladi.
Klient tomonidagi ssenariylar Klient tomonidagi ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni
to‘g‘riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko‘p hollarda bu ssenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.
JavaScript bu til Netscape va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan bo‘lib, Web-sahifaning fo‘nksional imkoniyatlarini orttirish maqsadida qo‘llaniladi. JavaScript yordamida odatda ma’lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssenariy ba’zan o‘zi ishlab turgan brauzer va platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
VBScript VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS) lar bilan ishlashga mo‘ljallangan tildir. VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qisimlari bir nechta, jumladan u aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qo‘llanish sohasini cheklay olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli til hisoblanib, Microsoft ning Web- texnologiyalari bilan hamkorlikda ishlay oladi, masalan ASP (Active Server Page) bilan. SHunga qaramay VBScript klient tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi, ASP esa server tomonida ishlaydi.
Mijoz-server - serverlar deb nomlangan xizmat ko'rsatuvchi provayderlar va xizmat ko'rsatuvchi mijozlar o'rtasida taqsimlanadigan vazifalar yoki tarmoq yuklari taqsimlanadigan hisoblash yoki tarmoq me'morchiligi. Ko'pincha mijozlar va serverlar kompyuter tarmog'i orqali o'zaro ishlaydi va har xil jismoniy qurilmalar yoki dasturlar bo'lishi mumkin. Texnologiyaning o'zi juda oddiy. Masalan, foydalanuvchi so'rov yuboradi (google ma'lumotlarini qidirishda) va server javob beradi (ushbu ma'lumot uchun saytlar ro'yxati shaklida). Bu ushbu texnologiyaning eng oddiy namunasidir.
Mijoz-server modeli, shuningdek, pochta tizimlariga asoslangan ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratishda foydalaniladi. Mijoz-server arxitekturasidan sezilarli darajada farq qiladigan fayl-server arxitekturasi deb ataladigan narsa ham mavjud. Fayl serveri tizimidagi ma'lumotlar fayl serverida saqlanadi (Novell NetWare yoki WindowsNT Server) va u ish stantsiyalarida "ish stolidagi ma'lumotlar bazalari", masalan, Access, Paradox, FoxPro va hokazolar orqali ishlov beriladi.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling