Klinik farmatsiya
JSST grippga qarshi har yili emlanishni quyidagilarga qat'iy ravishda
Download 316.86 Kb. Pdf ko'rish
|
grippni da\'volash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emlash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud, ammo ular ko‘p emas
JSST grippga qarshi har yili emlanishni quyidagilarga qat'iy ravishda
tavsiya qiladi: • homiladorlikning har qanday bosqichidagi homilador ayollar; • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; • keksa odamlar (65 yosh va undan katta); • surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar; • sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari. O‘zbekistonda grippga qarshi bepul vaksinatsiya epidemiologik ko‘rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. Budjet hisobidan xarid qilingan vaksinalar asosan og‘ir yurak-qon-tomir kasalligiga chalingan va tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarga beriladi. Epidemiologik vaziyatga qarab odamlar bilan ko‘p muloqotda bo‘ladigan kasb egalari ham bepul emlanadi. Gripp virusining 3 turi mavjud: A, B va C. A tipidagi viruslar sirtki oqsil birikmalariga qarab quyi turlarga bo‘linadi. Gripp viruslarining xilma-xilligi orasida A (H1N1) va A (H3N2) kichik tiplari eng ko‘p tarqalgan viruslardir. Virusning dominant turlarini/kichik turlarini bilish gripp epidemiyasi boshlanishidan oldin vaksinani tanlash uchun muhimdir. Foto: express-careclinic.com Emlash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud, ammo ular ko‘p emas: 6 oylikdan kichik chaqaloqlar. Oldingi vaksina yoki uning tarkibiy qismlariga nisbatan kuchli allergik reaksiyalar (agar sizda biror-bir dori yoki oziq-ovqat mahsulotiga qattiq allergik reaksiya yuzaga kelgan bo‘lsa, vaksinani tanlashda shifokor bilan maslahatlashishni unutmang). Har qanday kasallikning og‘ir bosqichida emlash tiklanishgacha qoldirilishi kerak, ammo bekor qilinmaydi. Surunkali kasallanish mavjud bo‘lsa, emlash o‘tkazish imkoniyati haqida shifokorga murojaat qiling. E'tibor bering, homiladorlik va laktatsiya davri emlash man qilingan holat hisoblanmaydi. Zamonaviy vaksinalar tarkibida homiladorlik paytida homilaga yoki laktatsiya davrida bolaga zarar yetkazuvchi viruslar mavjud emas. Aksincha, homiladorlik paytida og‘ir turdagi kasallanish yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yuqishining oldini olish uchun onani himoyalash muhimdir. Foto: alluremedia.com.au Download 316.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling