Klinik laboratoriya tashxisi
Addis-Kakovskiy sinamasi normal ko‘rsatkichlari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
Addis-Kakovskiy sinamasi normal ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkich Norma Leykotsitlar 2000000 Eritrotsitlar 1000000 Silindrlar 20000 Zimnitskiy sinamasi. Zimnitskiy sinamasi sutka davomidagi peshob miqdori va peshobning nisbiy zichligini aniqlash orqali buyraklarning peshobni osmotik suyultirish va konsentratsiyalash xususiyati baxolanadi. Bemor odatdagidek ovqat iste’mol qiladi, iste’mol qilingan suyuqlik miqdorini qayd etadi, ya’ni ortiqcha miqdorda suyuqlik qabul qilmaslik lozim. SHu bilan birga sinama o‘tkazish vaqtida diuretiklar qabul qilinmaslik kerak. Normada iste’mol qilingan suyuqlik mikdorining 65-75% siydik bilan ajraladi. Zimnitskiy sinamasida kun davomida har 3 soatda peshob aloxida 8 ta idishga yig‘iladi. Zimnitskiy sinamasini o‘tkazish tartibi quyidagicha: 32 1. 8 ta bankaga xar 3 soat belgilanadi, ya’ni 9:00, 12:00, 15:00, 18:00, 21:00, 24:00, 03:00 va 6:00. 2. Sinamani boshlashdan oldin siydik pufagi bo‘sh bo‘lishi kerak, ya’ni bemor ertalab soat 6:00 da turishi va peshobni unitazga ajratishi kerak. 3. Soat 9:00 dan boshlab peshob 9:00 deb markirovka qilingan idishga yig‘iladi va shu tarzda xar 3 soatda 8 ta idishga peshob yig‘iladi. 4. Agar bemorda 3 soat davomida peshob bo‘lmasa, ayniqsa bu xolat tunga xos, shu idish bo‘sh qoldiriladi va keyingi idishga yig‘ilaveradi. Aksincha, agar shu vaqtdagi idish to‘lib qolsa, lekin yana peshob bo‘lsa shu vaqtdagi peshob uchun yana bitta idish qo‘shiladi. 5. Zimnitskiy sinamasini baxolashda xar bir idishdagi peshob miqdori o‘lchanadi. Normada 8 ta porsiyada peshob miqdori 50 ml dan 250 ml gacha o‘zgarib turadi. 6. Peshob kunlik miqdori, ya’ni 8 ta porsiyadagi miqdori xisoblanadi. Sutkalik peshob miqdoriga ko‘ra poliuriya – peshob miqdori 2 l dan ko‘p, oliguriya peshob miqdori 500 ml dan kam, anuriya peshob miqdori 100 ml dan kam yoki ummuman ajralmasligi aniqlanadi. 7. Kunduzgi diurez va tungi diurez xisoblanadi. Bunda soat 9:00, 12:00, 15:00 va 18:00 da yig‘ilgan peshob kunduzgi peshob xisoblanadi. 21:00, 24:00, 03:00 va 6:00 da yig‘ilgan peshob tungi diurez xisoblanadi. Normada kunduzgi va tungi diurez nisbati 3:1 yoki 4:1 bo‘ladi. 8. Barcha peshob porsiyalarida peshob nisbiy zichligi tekshiriladi. Buyraklarning konsentratsiyalash xususiyati normal bo‘lganda nisbiy zichlik 1010 dan 1026 gacha o‘zgarib turadi. Ertalabki peshobda tungi diurez kamayishi xisobiga nisbiy zichlik baland bo‘ladi. Kunduzgi peshob miqdori ko‘p va nisbiy zichlik past bo‘ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling