Klinik laboratoriya tashxisi


Buyrak epiteliysi hujayralari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Buyrak epiteliysi hujayralari buyrak kanalchalari epiteliysida bo‘ladi. Buyrak 
epiteliysi hujayralari 20-30 mkm li, yumaloq yoki kubsimon shaklidagi, katta yadroli 
hujayralardir. Normal peshobda 5-10 ko‘ruv maydonida buyrak epiteliysi hujayrasi 
uchrashi mumkin. Bitta ko‘ruv maydonida buyrak epiteliysi hujayrasi 1 – 2 va undan 
ko‘p bo‘lishi buyrak to‘qimasining zararlanishidan darak beradi. SHu bilan birga 
leykotsituriya, gematuriya yoki silindruriya kuzatilishi pielonefrit, kanalchalar o‘tkir 
nekrozi, yomon sifatli nefroskleroz, salitsilatlarning toksik ta’siri, og‘ir metallar, 
etilenglikol bilan zaxarlanishda kuzatiladi.
 
Leykotsitlar 
Leykotsitlar normada bir ko‘ruv maydonida 5 - 6 tagacha bo‘ladi. Leykotsituriya 
sabablari: 
- fiziologik xolatda og‘ir jismoniy mexnat bilan shug‘ullanuvchilarda lekotsitlar 
normadan 1,5 – 2 barobar ko‘p bo‘lishi; 
- siydik ajratish trakti infeksiyalari - o‘tkir va surunkali pielonefrit, sistit, uretrit; 
- medikamentoz - ampitsillin, aspirin, geroin qabul qilish. 
Leykotsitlar miqdorini oshishi bilan birga bakteriyalar ham aniqlanishi 
yalig‘lanish kasalligini tasdiqlaydi.
Eritrotsitlar 


26 
Xujayralar mikroskop bir ko‘ruv maydonida sanaladi. Normada mikroskop bir 
ko‘ruv maydonida eritrotsitlar 0 - 2 bo‘ladi. Peshobda bir ko‘ruv maydonida 
eritrotsitlarning 3 va undan ko‘p bo‘lishi eritrotsituriya deyiladi. Peshobda eritrotsitlar 
soni bir ko‘ruv maydonida 100 tadan kam bo‘lganda peshob rangi o‘zgarmaydi va bu 
xolat mikrogematuriya deyiladi. Peshob rangi och qizil rangdan to‘q qizil ranggacha 
o‘zgarishi va peshob 
mikroskopiyasida 
eritrotsitlar 
soni 
ko‘p bo‘lishi 
makrogematuriya deyiladi. Bir ko‘ruv maydonidagi eritrotsitlar soni 200 va undan 
ko‘p bo‘lganda peshob rangi qizil tusga kiradi. 
Peshob orqali eritrotsitlarni ajralishi sabablari: 
- buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari - glomerulonefrit, pielonefrit, siydik tosh 
kasalligi, o‘sma, siydik yo‘llari infeksiyasi; 
- prostata bezi adenomasi
- infeksion kasalliklar - malyariya, chechak, gemorragik isitma, infeksion 
mononukleoz; 
- ichak o‘smalari; 
- qon ivishi buzilganda – gipokoagulyasiya; 
- medikamentoz - sulfanilamid, urotropin, antikoagulyantlar dozasi oshib 
ketganda. 
Eritrotsitlar o‘zgargan bo‘lsa glomerulyar gematuriya bo‘lib, u silindruriya va 
proteinuriya bilan birga keladi. Glomerulyar gematuriya jiddiy belgi bo‘lib, uzoq vaqt 
kuzatilishi buyrak etishmovchiligiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun glomerulyar 
gematuriyani o‘z vaqtida diagnostika qilish juda muxim. 
Eritrotsitlar o‘zgarmagan bo‘lsa noglomerulyar gematuriya bo‘lib, u siydik 
yo‘llari va jinsiy a’zolardan ajralgan bo‘ladi.
Silindrlar 
Silindrlar glomerulyar filtrdan o‘tgan plazma oqsillarining buyrak kanalchalarida 
ivib qolishi natijasida hosil bo‘ladi.
Silindrlar turlari: 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling