Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

1. Fiziologik proteinuriya. 
Funksional proteinuriya 1,0 g/l dan oshmaydi.
- ko‘p miqdorda oqsilga boy maxsulotlar iste’mol qilish; 
- sovuq urishi
- emotsional stress; 
- uzoq jismoniy mexnat; 
- astenik tana tuzilishiga ega bo‘lishi; 
- xarorat ko‘tarilishi; 
- palpator proteinuriya qayta – qayta buyraklarni palpatsiya qilinishi. 
2. Patologik proteinuriya. 
- Kuchsiz proteinuriya – 1 g/sut.; 
- O‘rtacha proteinuriya - 1-3 g/sut.; 
- Kuchli proteinuriya – 3 g/sut. dan ko‘p. 


20 
Proteinuriya sabablari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. 
Prerenal proteinuriya.
Normada oqsillar ko‘p ishlab chiqariladi, giperproteinemiya kuzatiladi, natijada 
oqsillar peshob bilan ajraladi. Bunga mielom kasalligi misol bo‘lishi mumkin. 
2. 
Renal proteinuriya. 
Buyrak patologiyasi tufayli paydo bo‘lgan proteinuriya renal proteinuriya 
deyiladi. Proteinuriya, silindruriya va /yoki gematuriya birga kelishi renal 
proteinuriyadan dalolat beradi. Buyrak patologiyasida glomerulyar va tubulyar 
proteinuriya uchraydi.
- Glomerulyar proteinuriya buyrak koptokchalari bazal membranasining 
shikastlanishi natijasida vujudga keladi. Glomerulyar proteinuriya 
glomerulonefrit, buyrak amiloidozi, biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida 
nefropatiyalar, 
buyrak 
venalari 
trombozi, 
gipertoniya 
kasalligi, 
aterosklerotik nefroskleroz, buyrakda dimlanish bo‘lganda kuzatiladi.
- Tubulyar proteinuriya koptokchalarda filtratsiya bo‘lgan past molekulyar 
oqsillarni proksimal kanalchalarda reabsorbsiyasi buziladi. Tubulyar 
proteinuriya pielonefrit, interstitsial nefrit, Fankoni sindromiga xos
3. 
Postrenal prteinuriya. 
Postrenal prteinuriya siydik ajratuv yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarida kuzatiladi, 
ya’ni sistit, uretrit, jinsiy a’zolar kasalliklari. 
Glyukozuriya. 
Normal peshobdagi glyukoza odatdagi usullarda aniqlanmaydi. Peshobda 
glyukozani paydo bo‘lishi patologik va fiziologik xolatlarda kuzatiladi. Qondagi 
glyukoza miqdori 9 mmol/l dan oshganda peshob orqali ajraladi va bu glyukoza uchun 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling