Klinikada ultratovushdan foydalanish
Download 13.81 Kb.
|
Klinikada ultratovushdan foydalanish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1 Ultratovushni olish va uni tibbiyotda qo‘llanishi 2 Ultratovush usuli (ultratovushli rasxodometriya). 3 Pezoelektrik effekt hodisasi
Klinikada ultratovushdan foydalanish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI. 1-son Davolash fakulteti 1-kurs 106-''A'' guruh talabasi Maratov Xursandbek Otabekovichning Biofizika fanidan “Klinikada ultratovushdan foydalanish” mavzusidagi bajargan mustaqil ishi TEKSHIRDI:P.V.Ubaydullayeva. Toshkent shahri MAVZU: Klinikada ultratovushdan foydalanish.
Ultratovush tanaga 1 sm dan 5—6 sm gacha chuqurlikda kiradi, bu undan turli aʼzolarni davolashda foydalanishga imkon beradi. U. bilan d.da, asosan, uning toʻqimalardagi xujayralar ichki jarayonlarini (oqsil biosintezi, biologik faol moddalarning hosil boʻlishi va boshqalar) faollashtirishga yordam beruvchi kichik dozasidan foydalaniladi. Ultratovush organizmga mexanik, fizik, kimyoviy va issiq taʼsir kidali. Ultratovushning terapevtik taʼsiri mahalliy va umumiy reaksiyalardan iborat boʻlib, neyroreflektor va gumoral yoʻl orqali yuzaga chiqadi. Ult ratovush maʼlum dozada ogʻriqsizlantiruvchi, soʻruvchi, yalligʻlanishga qarshi, spazmolitik, fibrionolitik, qonni suyultiruvchi taʼsir qiladi. Uning taʼsirida bitish va tiklanish jarayonlari tezlashadi, nervmuskul apparati qoʻzgʻaluvchanligi oshadi. Periferik nerv tolasidan impuls oʻtishini tezlashtiradi, toʻqimaning trofik funksiyasini yaxshilaydi va h.k. Tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, artroz, revmatoid artrit, periferik nerv sistemasi jaroxati va kasalligi, hazm aʼzolari kasalliklari, meʼda va 12 barmoq ichak kasalliyutari), quloq, tomoq va burun kasalliklari (tonzillit, faringit), ginekologik kasalliklar (salpingoofaritlar), urologik kasalliklar (prostatit) va stomatologik kasalliklar (parodontoz)la yaxshi naf beradi. Pekin ultratovushni qoʻllash bemorga toʻgʻri kelishikelmasligini faqat vrach aniqlab beradi. Toʻqimalarni kesish kabi xirurgik operatsiyalarda ham ultratovush asboblaridan foydalaniladi. Ultratovush diagnostika maqsadlarida tosh va yot jismlarni, homilaning joylashish holati hamda boshining oʻlchamini va boshqalarni aniqlashda qoʻllaniladi. Download 13.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling