Кўллари ва сув омборлари
O`zbekiston yer osti suvlari
Download 83.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqO`zbekiston ko`llari
O`zbekiston yer osti suvlari
O`zbekiston yyer osti suvlari umumiy suv resursining bir qismi sifatida xalq xo`jalik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Bu suv resurslaridan ota-bobolarimiz juda qadimdan (koriz, quduq va buloq suvlaridan) foydalanib kelganlar. O`zbekiston hududidagi barcha tor jinslari u yoki bu darajada o`z tarkibida suv saqlaydi. Ma`lumotlarga ko`ra O`zbekiston yyer osti suvlarining dinamik zahirasi (miqdory) sekundiga 1038,1 m3 ni tashkil etadi. Lekin ularning hammasida ham suvning miqdori, oifati bir xil emas. Bu esa eng avvalo o`sha joyning kompleks tabiiy sharoitiga — geologik tuzilishiga, relefiga, iklimiga va tabiatning boshqa unsurlari xususiyatlariga borliqdir. O`zbekiston hududidagi yyer osti suvlarini joylashish sharoitiga qarab grunt suvi, qatlamlar orasidagi suv va mineral issiq suvga bo`lish mumkin. 1. Grunt suvlari yyer osti suvining zng ustki qatlami hisoblanib, yyer betiga yaqin joylashgan. U odatda suv o`tkazmaydigan qatlamning ustida yig`iladi. Bu yyerga suv yyer yuzidan — yog`inlardan, daryo, ko`l, ariq, suv omborlaridan sizib keladi va to`yintirib turadi. Chunki grunt suvining ustki qismida suv o`tkazmaydigan jinslar deyarli yo`q. Grunt suvlari bosim kuchiga.ega emas, ular faqat og`irlik kuchi ta`sirida sizib yuradi. O`zbekiston hududida grunt suvlari uning tabiiy sharoitiga, xususan litologik tarkibi va relefiga bog`liq holda quyidagi uchta mintaqada (zonada) hosil bo`ladi: tor mintaqasi; tog` oldi va tog` oraliqlaridagi mintaqa; cho`l (tekislik) mintaqa tog` mintaqasidagi grunt suvlari qor, muz, yomg`ir suvlarining shimilishidan vujudga kelib, asosan chuchuk, toza bo`ladi. Shu sababli grunt suvning to`planish miqdori tog`larning hamma qismida bir xil emas. Eng ko`p grunt suvining to`planishi O`zbekiston torlarining 1500 m. dan 3000—3500 m. balandliklariga to`g`ri keladi. Chunki bu balandliklarga eng ko`p yog`in tushadi, natijada grunt suvining eng ko`p oqim moduli shu mintaqaga to`g`ri kelib, bir kv. km. maydondan sekundiga 3 litrdan 12 litrgacha yyetadi. Aksincha, bu ko`rsatkich 1500 m. balandlikkacha bo`lgan joylarda 0,10 dan 1—3 l (sek) km2 tashkil qiladi. Tog` mintaqasidagi grunt suvlari tabiiy sharoitga bog`lik; holda bir qismi bo`lak, sizot tariqasida yyer yuzasiga chiqsa, yana bir qismi yyer ostidan tog` oldi, tog` oraliq mintakasiga (Farg`ona, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa vodiylarga) hatto ulardan o`tib tekislik cho`l mintaqasiga (Mirzacho`l, Qarshi cho`li, Qizilqum) qarab siljib ketadi. O`zbekiston tog`li mintaqasida grunt suvining miqdori ancha katta. Agar Turkiston tog`larida uning mikdori sekundiga 1250 m3 (yiliga 39,4 km3) bo`lsa, shuning sekundiga 105 m3 O`zbekiston tog`lari zimmasiga tushadi. O`zbekiston tog`laridagi 105 m3/sek. yyer osti suv miqdorining 80% buloq tariqasida yoki daryo vodiylariga sizib chiqadi. O`zbekistonning tog`li qismida bir sekundda vujudga kelgan 105 m3 yyer osti suvini 100% desak, o`shani 31,4% Toshkent oldi, 23,8% Surxondaryo, 13,5% Qashqadaryo, 11,6% Zarafshon, 6,7% Nurota-Turkiston, 5,25% Mirzacho`l, 5,9 Farg`ona va 2% ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik mintaqasiga (rayoniga) to`g`ri keladi. Tog` oldi va tog` oraliridagi mintaqadagi grunt suvlari xam yog`inlardan, daryo, kanal (ariq), ko`l, suv omborlardan sizgan suvlardan hamda tog` mintaqasidan oqib (sizib) kelayotgan suvlardan to`yinadi. Bu mintaqadagi grunt suvning (tabiiy sharoitga borliq holda) bir kismi chuchuk, bir qismi esa sho`r. Relefi nishab grunt suvning siljishi nisbatan tez bo`lgan Farg`ona, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi grunt suvlari toza va chuchuk. Aksincha, relefi tekis grunt suvning siljishi sust, iqlimi quruk, issik bo`lgan Markaziy Farg`ona, Mirzacho`l, Qarshi cho`li va Quyi Zarafshon kabi joylardagi grunt suvi sho`rlashgan. Chunki oqim sust bo`lgach grunt suvi yyer yuziga yaqin joylashadi, yog`ingarchilik kam bo`lib, haroratning yukoriligi tufayli bug`lanish katta, oqibat natijada tuz to`planib, tuproqni xam sho`rlashtirib yuborishiga sababchi bo`ladi. Bunday joylarda zovur qurib grunt suv satxinn pasaytirib, tuprokni sho`rlashidan saqlat kerak. Tog` oldi va tog` oraliridagi mintaqada grunt suvining mikdori ancha katta. Fakat tog` oldi mintakasidagi yyer osti suvining dinamik miqdori sekundiga 295 m3 ni tagakil etadi. Farg`ona vodiysining o`zida yillik miqdori 3,0 km3 bo`lib, shuni 60% ga yakini O`zbekiston xududiga to`g`ri keladi. Tekislik cho`l mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog` va tog`oldi mintaqadan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib chiqayotgan yyer osti suvlaridan, qisman oqar suvlardan bo`layotgan sizishidan va yog`in suvlaridan to`yinadi. Tekislik cho`l mintaqasida yog`in kam, bug`lanish katta bo`lganligidan uning mikdori grunt suvning to`yinishida katta salmokqa ega emas. Tekislik cho`l mintaqasida grunt suvning bir yyerdan ikkinchi yyerga siljishi juda sekin, yiliga bir necha metrga boradi, aksincha, bug`lanish katta, binobarin, uning tarkibida har xil tuzlar mavjud bo`ladi. Bu mintaqadagi grunt suvlari tarkibida natriy xlorid tuzi eng ko`p uchraydi, shuningdek, gidrokarbonatli va sulfatli suvlar xam mavjud. Shu sababli tekislik cho`l mintaqadagi grunt suvlari ichishga yaramaydi. Chunki uning har litrida 910 grammgacha har xil erigan tuzlar bor. Bunday grunt suvlari Qizilqumda, Sanduqli qumligi, Ustyurtda, Orol atrofida, Quyi Amudaryoning sug`oriladigan yyerlari atrofida keng tarqalgan. Ma`lumotlarga qaraganda Amudaryoiing quyi qismidagi va Orol atrofidagi bir litr grunt suvlari tarkibida 100 grammgacha, Qizilqumda 50 grammgacha har xil tuzlar borligi aniqlangan. Qatlamlar orasidagi suvlar. Nisbatan chuqurda, suv o`tkazmaydigan ikki qatlam jinslar oraoidagi bo`shliqlarda suzib yuruvchi suvga qatlamlar orasidagi suvlar deyiladi. Bunday suvli qatlamlar ikki-uch va hatto o`n-o`n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo`lishi mumkin. O`sha qatlamlar orasidagi suvlar bosim kuchiga ega bo`lsa, artezian suvlari deb yuritiladi. Artezian suvlari mavjud bo`lgan tegaralar (joylar) artezian xavzasi deb yuritiladi. Artezian havzasida bosimi kuchli bo`lgan yyerlarida quduq kavlansa suvi o`zi otilib chiqadi. Suv olish uchun kavlangan bunday quduqlar artezian kuduqlari deb yuritiladi. Artezian suvlari ko`pincha toza va chuchuk bo`ladi. O`zbekiston hududida bir qancha artezian xavzalari joylashgan. Ularning eng muhimlari Farg`ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent oldi, Mirzacho`l, Qizilqum, Qarshi va boshqalar. Artezian suvlari ancha chuqurdan, 100—400 m va undan ham chukurdan chiqqanligi tufayli suvning sifati (chuchuk va sho`rligi, sovuk va issikligi) hamma yyerda bir xil emas. Agar artezian suvlari yyer yuzasiga yaqin qatlamlar orasida joylashsa (suv qatlamlardan o`tib almashinib tursa), suvi chuchuk va sovuq bo`ladi. Aksincha, suvli qatlam nisbatan chuqurda joylashsa, suvning siljishi juda sekin bo`ladi, binobarin, suvi issiq, biroz minerallashgan bo`ladi. Minerallashgan termal suvlar. Bunday yyer osti suvining turi ancha chuqurda (1500—3500 m va undan ham chukurda), asosan mezozoy va paleozoy davri yotqiziqlari orasida joylashgan. Bunday suvlarning to`yinishida yuvilar suvlar muhim ahamiyaga ega. Shu sababli ularning xarorati 40—70° ga yyetib, tarkibida har xil minerallar erigan holda uchraydi. Mineral suvlar tarkibida karbonat kislotasi, vodorod sulfidi, yod, brom, bor, litiy, bariy, strono`iy, radioaktiv moddalar va boshqa tuzlar erigan holda mavjud. O`zbekiston xududida so`nggi yillarda 100 dan ortiq shifobaxsh termal mineral suvlar aniqlandi. Mineral suvlarning ba`zilari tektonik yoriqlar orkali yyer betiga issiq buloqlar tariqasida chiqsa, ko`p hollarda quduqlar orqali chiqariladi. O`zbekistonda kavlangan quduqlar orqali bunyod etilgan bir necha shifobaxsh mineral suvlar mavjud. Ularning eng muhimlari vodorod sulhfidli (serovodorodli) shifobaxsh suvlar (Chimyon, Polvontbsh, Xonobod, SHo`rsuv, Shimoliy So`x, Andijon, Uchqizil, Ko`kayti, Lalmikor, Xaudog` va boshqa, yodli suvlar (Chortoq, Namangan), radonli (Arason Buloq, Jayronxona), kam minerallashgan ishqorli (vdelochnik) termal suvlar (Toshkent, Vannovsk-Qiziltepa yoki Farg`ona), sulfat-xlornatriyli suvlar (Moxosa, Qorako`l, Gazli va boshqa) Yuqorida qayd qilingan shifobaxsh mineral suvlardan turli kasalliklarga uchragan bemorlarni davolashda, ishtaha ochishda, kommunal xo`jalikda, rekreao`ion maqsadda va boshqa sohalarda foydalanilmoqda. O`zbekiston yyer osti suvlarining miqdori ancha katta bo`lib, ishlatilish miqdori sekundiga 906,9 m3 ni tashkil etadi (7jadval). O`zbekiston hududidagi ishlatilish miqdori (sekundiga) 906,9 m3 yyer osti suvining 606,9 m3/sek. ni chuchuk, qolgan 300 m3/sek. ni minerallashgan suv tashkil etadi. Usha minerallashgan yyer osti suvining har litrida 2 — 3 dan 15 grammgacha erigan holda har xil tuzlar mavjud. O`zbekiston hududida hozir 30 mingga yaqin kuduqlar (skvajina) qazilgan bo`lib, ulardan sekundiga 150 —160 m3 yyer osti suvi olinib, xo`jalikni turli sohalarida foydalanilmoqda. O`sha olingan yyer osti suvini 100% desak, uning 39,6% shaxar va qishloq axolisini xo`jalik ichimlik suv bilan ta`minlashga, 38,0% sug`orishga, 19% texnik maqsadlarda, 2,4% yaylovni suv bilan ta`minlashga sarflanmokda. Foydalanilgan adabiyotlar: Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988. Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985. Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982. Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968. http://ziyonet.uz Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling