Кўллари ва сув омборлари
Download 147.48 Kb.
|
Alfa-qalay kislotasining olinishi va xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Metallarning korroziyalanishi va ularni karroziyalanishdan saqlash usullari
Gazli elektrodlar. Gazli elektrodlar gaz va gaz ioni bo‘lgan eritma bilan to‘qnashib turadigan biror noaktiv metall o‘tkazgich (Rt) dan iboratdir. Metall o‘tkazgich elektronlar okimini hosil qiladi, uzi esa eritmaga ion bermaydi. Masalan, normal vodorod elektrodni kurib chikaylik. Platina plastinkasini aktiv vodorod ionlar koncentratsiyasi 1 mol/l bo‘lgan 2 n sulfat kislota eritmasiga tushirib, eritmadan 1 atmosfera bosim (25°S da) vodorod utkazsak, vodorod platina plastinka sirtiga yutilib, vodorod plyonkasini (parda) hosil qiladi. Buning natijasida elektrolit (H2SO4) eritma platina plastinka bilan tuknashmasdan vodorod plyonkasi bilan tuknashadi va vodorod elektrod hosil bo‘ladi.
Vodorod elektrod metall elektrodlar kabi eritmaga uz ionini buradi: Natijada eritma bilan vodorod elektrodi orasida potenciallar ayirmasi hosil bo‘ladi va uni normal vodorod elektrod potenciali deyiladi. U shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan. Shunday qilib, eritmaga kation beruvchi gazli vodorod elektrod hosil bo‘ladi. Gaz elektrodlardagi reaksiyalarda gazlar ishtirok etgani uchun, bu elektrodlar potenciallari gazlarning parcial bosimiga bog‘liq bo‘ladi. 2.2. Metallarning korroziyalanishi va ularni karroziyalanishdan saqlash usullari Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi. Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi. Metallarni karroziyadan saqlash usullari. Koroziyaga qarshi kurashish usullarining hammasi metal sirtini elektrolit muhitidan ajratish va mikrogal’vanik elementlar elektr oqimini kamaytirishga asoslangan. Biz bu usullarning ba’zilari bilan tanishib o’tamiz. Korroziyaning borishiga oksid va gidroksidlardan iborat korroziya mahsulotlari katta qarshilik ko’rsatadi. Bu mahsulotlar metal sirtida yupqa parda hosil qiladi. Bu parda metallni yanad korroziyalanishidan saqlab qoladi. Oksid yoki gidroksid pardalarni korroziyadan saqlashni V.A. Kistyakovskiy yaxshi tekshirgan. Masalan, alyuminiy temirga qaraganda yuqori musbat potensialiga ega bo’lganligi uchun temirdan ko’ra osonroq korroziyalanishi kerak. Lekin shunga qaramasdan, atmosferada alyuminiy korroziyaga temirdan ko’ra ancha chidamlidir. Buning sababi shundaki, alyuminiy korroziyalanganda,unung sirti zich oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda qalinlashgan sari (ularning qalinligi 50-100A0 ga etadi) metal ichiga havoning kirishi qiyinlashadi, natijada korroziya to’xtaydi. Bunday pardalar hamma metallarda bo’ladi. Lekin ularni korroziyadan saqlanish xususiyati har xildir. Metallar passivlanganda ularning korroziyaga bardosh berish xususiyati kuchayadi. Metallarning passivlanishida yuqorida aytib o’tilgan oksid va shu singari pardalarning asosiy rol o’ynashi yaxshi isbotlangan. Metallarning passivlanganda ularning ion holiday eritmaga o’tishi qiyinlashadi. Metallarni korroziyadan saqlashda metallni passivlash usuli alohida ahamiyatlidir. Metallarni reaksiyaga kirishish moyilligini yo’qotishga (yoki sustlashtirishga) passivlanish jarayoni deyiladi. Passivlangan metallarning kimyoviy xossalari ham o’zgaradi. Ular reaksiyaga sust kirishadi. Kuchlanish qatorida o’z o’rinlarini o’zgartiradi. Passiv holidagi temir mis tuzlari eritmasidan misni siqib chiqara olmaydi. Elektroliz vaqtida xromdan yasalgan anod eritmaga aktiv holida Cr3+ kationini,passiv hoilida eas CrO42- anionini beradi. Marganetsdan yasalgan anod passivlanish darajasiga qarab, Mn2+, Mn4+ yoki MnO2- ionini yuboradi. Metallarni ikkii usul bilan: kimyoviy va elektrokimyoviy usul bilan passivlashtirish mumkin. Ba’zi metallarni (masalan, temir, nikel, xrom) konsentrlangan nitrat kislata, bixromat, permanganat, xlorat kabi oksidlovchilar bilan passivlashtirish mumkin. Ba’zi metallar(xrom, oltin, platina) sovuqdan havodagi kislarod ta’sirida ham passivlanishi mumkin. Anodga, yani metal elektrodga muvozanat potensial berilsa, u passivlanishi mumkin. Masalan, nikelli elektrodga tashqaridan beriladigan oqimning zichligini oshirila borilsa, u passivlanishi mumkin. Masalan, nikelli elektrodga tashqaridan beriladigan oqimning zichligini oshira borilsa, oqimning kichik zichligida elektrodda Faradey qonuniga muvofiq Ni ajralib chiqadi. Oqim zichligi ma’lum darajaga etganda anodning potensiali keskin oshadi va oqim kuchi kamayadi. Bu vaqtda Ni ning eritmaga o’tishi to’xtaydi. Shunday qilib nikel passivlashadi. Passivlanish sharoitiga muhitning reaksiyasi, unda turli aralashmalarning mavjudligi va temperatura ta’sir ko’rsatadi. Masalan, nikel, molibden, vol’framlarning passivlanish ishqoriy muhitga qaraganda kislatali muhitda kamroq oqim zichligi sodir bo’ladi, xrom uchun aksincha eritmada Cl—ionining mavjudligi passivlanish vaqtini uzaytiradi( sekin passivlashadi), aksincha yodat, bromat ionlarining mavjudligi passivlanishni tezlatadi. Temperaturaning ko’tarilishi passivlanishni qiyinlashtiradi va yuqori oqim zichligini talab qiladi. Passivlangan metallni qaytadan aktiv holatga keltirish mumkin. Agar passivlangan metallni katod sifatida ishlatilsa aktiv holatga o’tadi. Suv ostida, suyultirilgan kislatali eritmada, galoid ionlarini tutgan eritma qaytaruvchi moddalar eirmasi ichida suyultirilganda, mexanik ravishda metal sirti qirib tashlanganda ham akiv holatga o’tadi. Isitish o’tish jarayonini tezlatadi. Korroziyaga qarshi kurashning eng ko’p qo’llaniladigan usuli korroziyalanishi mumkin bo’lgan metallning sirtini bosgqa materilallar bilan qoplashdan iborat. Bu qoplamalar, asosan, metal sirtini elektrolit muhitidan ajratib mikrogal’vanik elementlar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun qoplamalar zich bo’lishi, ular korroziyadan saqlanuvchi metal yuzasiga bir tekisda va yaxshi ylopishishi kerak. Hozirgi vaqtda turli qoplamalar ishlatiladi. Qanday qoplamadan foydalanish korroziyalanuvchi metall yoki metall buyumning qaysi sharoitda ishlashiga bo/liq. Masalan, turar joylarda ishlatiladigan va zarb emaydigan, ishqalanmaydigan metal buyumlar loklanadi yoki ularning sirtiga kimyoviy usulda ishlov beriladi: temir buyumlar toblanadi, fosfotlantiriladi, alyuminiy buyumlar esa oksidlantiriladi. Agar buyumlarni korroziyadan saqlash bilan birga,ularni chiroyli qilish keark bo’lsa, bunday buyumlar nikellanadi, xromlanadi, kumushlanadi va hakozo. Download 147.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling