Ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gap doimo so’zlovchi gapi bilan birga keladi. So’zlovchi gapi muallif gapi


Download 17.37 Kb.
Sana19.08.2020
Hajmi17.37 Kb.
#126982
Bog'liq
2 5240335700028556284


Ikki va undan ortiq so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan gap qo’shma gap hisoblanadi.Masalan: Biz baxtiyormiz, chunki yurtimiz ozod.

Yurt tinch – sen tinch.

Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi.Ko’chirma gap doimo so’zlovchi gapi bilan birga keladi. So’zlovchi gapi muallif gapi hisoblanadi .Yozuvda ko’chirma gap qo’shtirnoq ichiga olinadi.

Bulbul der: “Ochil, g’uncha…”

“Aqlli kishi sabr etar har nafas”, - deydi Sa’diy Sheroziy.

“Jaholat o’lim, - deb ataydi Nosir Xisrav, - bilim esa tiriklikdir”.

Alisher Navoiy: “Oz – oz o’rganib dono bo’lur, Qatra- qatra yig’ilib daryo bo’lur”, - deb aytgan edi.

So’zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo’shadigan so’zlarga kirish so’zlar deyiladi. Kirish so’zlar yozuvda gapning boshqa bo’laklaridan doimo vergul bilan ajratiladi.Kirish so’zlar gapning turli o’rinlarida qo’llaniladi.

So’zsiz, biz bu ishni bajaramiz.

So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalarni bildiruvchi so’z va so’zlar birikmasiga undalma deyiladi. Undalmalar bitta yoki bir nechta so’zdan iborat bo’ladi.

Yurtim, senga she’r bitdim bugun.

Qadrli bolalar, kelajak siznikidir.

Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirib, kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi

Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.

Qizil gullar ochildi. Men qiziqarli kitob o’qidim.

Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga nimaga qarashli ekanligini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? Kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga aniqlovchi deyiladi.

Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? Singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi.

Masalan: Ustoz otangdan ulug’.

Fe’lga bog’lanib, qachon?, qayer(-da, -ga, -dan)?, qanday (qilib?), nima uchun?, nima maqsadda? singari so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga hol deyiladi.

Maktabga ketdi.

Shaxs, narsa- buyum, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zga ot deyiladi.

Otlar son, egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi.

Bir turdagi narsa – buyumning nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi. Masalan: qishloq, choynak, aka, daraxt.

Ayrim shaxs yoki narsa – buyumga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi.

Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lab keladigan qo’shimchalarga kelishik qo’shimchalari deyiladi.

Otlarning uch shaxsdan biriga qarasli ekanini bildirgan qo’shimchalarga egalik qo’shimchalari deyiladi.

Egalik qo’shimchasi qo’shilgan ot, albatta, o’zidan oldingi otning qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi.

Qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lib, nasa – buyumning belgisini bildirgan so’zlarga sifat deyiladi. Belgi deganda, rang – tus, maza – ta’m, shakl – hajm, xil – xususiyat kabilar tushuniladi.

Sifat gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan:Bu ko’rkam bino – kasb – hunar kolleji. Bu gullar xushbo’y.

Muayyan bir belgining ortiq – kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda to’rtta daraja bor:



Oddiy daraja

Qiyosiy daraja

Orttirma daraja

Ozaytirma daraja

Qancha?, necha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lib, narsalarning son – sanog’i va tartibni bildirgan so’zlarga son deyiladi.

Sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so’roqlariga javob bo’lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi.

Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh hisoblanadi.



Olmoshlar qaysi so’z o’rnida qo’llansa, o’sha so’zning so’rog’iga javob bo’ladi.

Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, harakat – holatni bildiruvchi so’zlarga fe’l deyiladi. Fe’llar zamon, shaxs – son, bo’lishli – bo’lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo’shimchalarga ega bo’ladi.
Download 17.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling