Ko‘chirma gapli qurilmaning tarkibiy qismlari
Download 24.36 Kb.
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ilova . Mashqlar 1-mashq
2-AMALIY MASHG’ULOT: MAVZU: KO‘CHIRMA GAPLI QURILMANING TARKIBIY QISMLARI Darsning maqsadi: talabalarning “Ko‘chirma gapli qurilmaning tarkibiy qismlari” to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda har qanday matnning gap bo’laklari va bo’laklar orqali so’z birikmalariga ajralishi, matndagi gap bo’laklari va so’z birikmalarini topa olish ko‘nikmasini hosil qilish. 1-ilova . Mashqlar 1-mashq. O’qing. Qo’chirma gap va muallif gapini topib, ulardagi bosh bo’laklarni aniqlang. Ko’chirma gapni muallif gapi bilan bog’lovchi vositalarga va tinish belgilarga diqqat qiling. 1. “Siz haddan ziyod ko’ngilchan va olijanobsiz”, — deb e’tiroz bildirdi Haydar qiziqqonlik bilan. (L. Bat) 2. “Men birinchi galda vijdonim buyrug’iga quloq solaman,— dedi Latifjon,— sening buyrug’ingga emas”. (J. Abd.) 3. «Sahroning bag’ri yomg’irga tashna bo’lganidek, — dedi Sultonmurod qo’llarini harakatga solib, — ko’hna Xurosonning eli adolat va fazilat quyoshiga tashnadir». (O.) 4. “Uh... — dedi og’ir so’lish bilan. — Nega kelmas ekan otam, to’da-to’da askarlar qaytyapti, ne bo’ldi ekan otamga?—dedi u ichida o’z-o’ziga. — Ehtimol dushman qo’liga tushib, tutqunlikda yurganmikan — dedi va yosh yuragi kattalarnikiday zirqirab, xomush holda uzoq o’tirdi. — Yo’q, mumkin emas, nahotki otam shunday yuraksiz, nomard bo’lsa, aslo yo’q”, — dedi qat’iyat ila xayolida bola va ovutdi o’zini. (O.) 5. Xayrlasha turib Yoqub Husaynga dedi: “Sulton Mahmudning Hind mamlakatiga qilgan g’olibona yurish xabari Xorazmga etib kelganida, hazrati ustoz shunday degan edilar: “Mahmud gullagan obod o’lkani butkul er bilan yakson qildi. Uning ko’rsatgan hayratomuz jasorati shu bo’ldiki, hindlar tuproq zarralaridek chang-g’uborga aylanib, har taraf to’zib ketdilar”. Qo’rqamanki, — deb qo’shib qo’ydi Yoqub, — bu gap faqat Hindistonga emas, Xorazmga ham taalluqli bo’lib qolmasa edi”. (K. Moiseyea.) 2-mashq. O’qing. Ko’chirma gap va muallif gapining o’rnini aniqlang, ko’chirma gap bilan muallif gapidagi ega va kesimlarni tolib, tartibini qiyoslang, farqini tushuntiring, tinish belgilarining ishlatilishini ayting. 1. “Yaxshiki Ibn Sinoni Xorazmshoh o’z saroyiga chaqirtirgan, — deb o’yladi Aburayhon. — U bilan uchrashmoq naqadar ko’ngilli!” (K. Moiseyeva.) 2. Bektemir ularga qaramasdan, sekin dedi: “Qopqonga tushibmiz, bu qalay?”. (O.) 3. «Balli, dehqon uchun savob Makka yo’lida emas, cho’lni yashnatishda», — dedi Mirhaydar. (O.) 4. Dedi kulib: “Xafaroqsiz, sababi sir emasmi?” (Sh.) 5. Uning yonidagi boshqa bir kosaga: “Ilmning ibtidosi achchiq, so’ngi boldan ham totli”, — deb yozilgandi. (K. Moiseyeva.) 3-mashq. O’qing. Ko’chirma gap va muallif gapini ayting, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini aniqlang, tinish belgilarining qo’yilishidagi farqni tushuntiring. 1. “Hayot olamida eng zarur narsa suvdir, — davom etdi u hamon asabiy holatda, — har qanday go’zal elatda suv etarli bo’lmasa, unday elatning xarob bo’lishi muqarrardir”. (J. Abd.) 2. “Bu janjallarga mening nima aloqam bor?” - dedi Asadbek. (T.Malik) 3. Ahmadjon o’ylab o’tirmasdan darhol javob berdi: “Granata tashlardim! Yondirib yuborar edim!” (A.Q.) 4. “Biz yashaymiz!—Norqo’zi endi ovozini pasaytiribroq, bosiq gapirdi.— Senlar obro’, pul ketidan quvib, xarob qilgan mana bunday to’qaylarni biz obod qilamiz”. (H. G’.) 5. “Xalq nimani maslahat ko’rsa o’shani qiling”, — dedi Haydarbek. (N. S.) 6. ”Qo’lingizdagi qanaqa aso?” — so’radim men. (E. Xeminguey.) 7. «Tatyana to’g’ri aytadi, — dedi Komiljon Ernazar akaga qarab, — Dadajon akaning ishi — chorva, joyi — yaylov!” (I. R.) 4-mashq. O’qing. Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma. gapga aylantiring. 1. “Kishilar qalbiga quvonch baxsh etmoq bizning asosiy maqsadimizdir”, — dedi u o’ziga-o’zi. (L. Bat) 2. “Shahzoda hazratlari, — dedi Navoiy darhol, — men bu erga Sulton hazratlarining iltimoslari bilan emas, o’z xohishim bilan keldim. Kaminaning birdan-bir orzusi Xurosonni tinch va osoyishta ko’rmoqdir. Nizolar tinsin va odamlar erkin nafas olsin”. (L. Bat) 3. “Ikkalangiz, — der Tariel,—ajab to’kis botirsiz, Mardlikda-yu, maslahatda tengi yo’qsiz, nodirsiz!” (Sh. Rustaveli.) 4. “Hunar o’rgatibsan-u, muomala o’rgatmabsan-da, shogirdga, Qoraboy”, — dedi ikkinchi yigit gapni ilib. (H. N.) 5. “Hirotdan bunday tez qaytishi ko’ngliga og’ir botmasin uchun, unga do’stona iltifot ko’rsatmog’ingiz lozim”, — degandi Majididdin Sulton Husaynga. (L. Bat.) 6. “Kelinglar, bir-birimizni hech qachon unutmaslikka qasamyod qilaylik”,— dedi kimdir. (K. Abukov.) 7. “Soflik harakatni nazarda tutadi, — kulimsirab o’qiy boshladi u,—ishonch zamini kurashdir...” ( (Yu. Semyonov.) 5-mashq. O’qing. Avval o’zlashtirma gapga aylantirish mumkin bo’lgan, so’ngra o’zlashtirma gapga aylantirib bo’lmaydigan ko’chirma gaplarni aniqlang, sababini tushuntiring. 1. Opam qulochini ochib: “Nazirquljonmisan? Voy ukaginamdan o’rgilay”, — deya meni bag’riga bosib o’gtdi. (N. S.) 2. Nizomjon nima deyishini bilmay: ”O’zim, shunday, uyqum qochib ketdi” — deb qo’ya qoldi. (S . Ahm.) 4. “Ma, ol, yeyaqol”, — deb dasturxon chekkasiga bir chimdim oshmi, kulchatoymi qo’yardi. (N. S.) 5. “U yantoqzordan, chamamda, o’n gektar qamrash mumkin...” — dedi rais qo’lini u tomondan uzmay. (O.) 6. “To’xta!” — dedi qovoqning ichidan Dadavoy. “A?” — aravakash to’xtab... tizzasi qaltirab o’tirib qoldi. (L. Mahmudov.) 2-ilova. Mashg’ulotni yakunlash. O’qituvchi mashg`ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma`lum qiladi, ularni rag`batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg`ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi. Download 24.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling