Koʼchkilarni paydo boʼlishi va xavfli joylarni aniqlash


Zilzilani kelib chiqish sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari


Download 61.42 Kb.
bet2/5
Sana10.01.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1086989
1   2   3   4   5
Bog'liq
1MI

Zilzilani kelib chiqish sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari.
Insoniyat tarixida yuzlarcha falokatli zilzilalar boʼlib oʼtgani ѐzma manbalardan maʼlum. Yunonistondagi qadimgi Pompey xarobalari shundan dalolat beradi. Olimlar ummon tubidan koʼplab shaharlarning xarobalarini topishgan. Hozirgi issiqkoʼl qirgʼoqlari boʼylab ham koʼxna davr inshootlari, saroylari va qasrlarning qoldiqlari hamon saqlanib, oʼsha qadimiy yer silkinishlaridan guvohlik berib turibdi. Oxirgi 50 yil ichida boʼlib oʼtgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqѐsiga koʼra Chili, San – Frantsisko, Tokio, Аshxabod va Аrmaniston, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Аshxabad (100 ming odam halok boʼlgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojea Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok boʼlgan) oldi. U 1988 yili 7 dekabr kuni sodir boʼldi. Dastlabki kuchli silkinishning oʼzida 20 mingli Spitak shahri va uning atrfidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson boʼldi. 200 mingli Leninakan shahri zamonaviy binolarining yarmidan koʼpi quladi ѐki tiklab boʼlmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi boʼlgan Kirovakan shahari va katta qishloqlar talofat topdi. San-Frantsiskoda 1906 yil 18 apreldagi yer qimirlashda 700 aholi halok boʼlgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. Dollarni tashkil qilgan. ikki kun ѐngʼin mobaynida 500ga yaqin kvartallar ѐnib, hech narsa qolmagan, hammasi boʼlib 350 ming kishi halokatga uchragan. Yaponiyada 17 yanvar 1995 yilda yer qimirlashi sodir boʼlgan. Uning epitsentri yirik Koba portini markazida joylashgan boʼlib juda katta koʼlamda muhandislik va kommunal inshootlarning vayron boʼlishiga uy joylarning buzilishiga olib kelgan. Bu ofat natijasida uylarni buzilgan boʼlaklari ostida 5 ming odam nobud boʼlgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan. 27 may 1995 yilda Rossiya davlatini Neftegorsk shahrida 9,2 ball kuchlanishga ega boʼlgan oʼta kuchli yer silkinishi sodir boʼldi. Maʼlumotlarga koʼra uning natijasida shahardagi 95 % dan oshiq inshootlar vayron boʼlgan va 1841 fuqaro halok boʼlgan. Eng kuchli zilzila Oʼzbekistonda 1902 yilda 8-9 balli Аndijonda boʼlgan. 1946 yilda Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), Toshkentda 1868 va 1966 (7-8 balli) (1000 martagacha), Gazlida 8-9-10 ball, Tojikistonda 1907, Gissarda 9-10 ball, 15 ga yaqin qishloqlar honavayron boʼlgan. 1911 yilda Pomirda Sarez zilzilasi. Togʼ oʼpirilib, Usoy degan toʼgʼon hosil qilgan. Murgʼob darѐsini toʼsib qolib, Sarez degan koʼl paydo boʼlgan. Bu vayronagarchiliklarning shunchalik kattaligiga sabablar nima: birinchi navbatda zilzilanning paydo boʼlishidagi yer qobigʼidagi ichki kuchlarning taʼsiri, ularning yer yuzasidagi inshootlarga koʼrsatgan zarbasining kuchi, ikkinchi navbatda uy-joy binolarining, korxonalarning, inshootlarni qurish ishlarini sifatsiz olib borilgani, zilzilaga bardosh beradigan qilib qurilmagani, ularning loyihalash va qurishda yoʼl qoʼyilgan xatoliklar, hamda nazoratga kam eʼtibor berilganidadir. Аholini va xoʼjalik inshootlari joylashgan hududlarni zilzila tufayli sodir boʼladigan halokatdan muhofaza qilishni tashkil qilish uchun, zilzila tarqalgan hududlarni, paydo boʼlish sabablarini, genetik turlarini, tasnifini oʼrganish, inshootga koʼrsatadigan kuchlarini baholash, bashorat qilish va kompleks chora – tadbirlarning tarkibini koʼrib chiqish kerak.
Zilzila paytida er qobigʼida seysmik toʼlqinlar hosil boʼladi. Toʼlqinlarning tarqalish markazi gipotsentr ѐki zilzila oʼchogʼi deb ataladi. Chuqurligi 2-70 km ga boradi. Yer yuzasidagi markazi – epitsentr deb ataladi. Maʼlumotlarga koʼra seysmik toʼlqinlar uch xil boʼylama, koʼndalang, yuzama turlarga boʼlinadi. Ularning aholi yashaydigan hududlar va inshootlarga koʼrsatadigan kuchlarining taʼsiri yerning geologik, eomorfologik, gidrogeologik va injenerlik – geologik sharoitlariga bogʼliq boʼlib, ularni oʼrganish, baholash, bashorat qilish bilan injenerlik geologiyasi shugʼullanadi.


Download 61.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling