Koʼchkilarni paydo boʼlishi va xavfli joylarni aniqlash
Download 61.42 Kb.
|
1MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH Mavzu
- Xavfli geologik hodisalar haqida umumiy maʼlumotlar.
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 5330300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo’yicha) yo’nalishi 307-gurux “Hayot faoliyati xavfsizligi ” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Koʼchkilarni paydo boʼlishi va xavfli joylarni aniqlash. Bajardi: Doniyorov R. GURUH: 307 Qabul qildi: Azimov U. Reja:
Xavfli geologik hodisalar haqida umumiy maʼlumotlar. Zilzilani kelib chiqish sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari. Zilzilani inshootlarga koʼrsatgan kuchini oʼrganish va baholash. Surilmalar(ko’chkilar). Umumiy tushunchalar kelib chiqish sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari. Surilmaga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar Xavfli geologik hodisalar haqida umumiy maʼlumotlar. Xavfli geologik favqulodda vaziyatlar Vazirla Mahkamasining 455 raqamli qaroriga koʼra quyidagilardan iborat – zilzila, surilma, togʼ oʼpirilishi, yerni satxini hoʼkishi. Tabiiy ofatlarning, favqulodda vaziyatlarning sodir boʼlishida xavfli geologik jaraѐn va hodisalar alohida ahamiyatga ega, shuning uchun uning falokatli oqibatlaridan aholini va xalq xoʼjaligi obʼektlarini muhofaza qilish uchun xavfli geologik hodisalarning paydo boʼlish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari oʼrganiladi, baholanadi, bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu muammoni bartaraf etishni xuquqiy tomondan qanday amalga oshirish Qonunni (4) 21, 22, 23 moddalarida baѐn etilgan va bunday holatlarda qanday hujjatlar kerakligi (4) ni 3 moddasida aniq koʼrsatib oʼtilgan. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari (4) ni 16 modasida qayd etilgan holda mahalliy davlat rahbar organlarining fuqaro muhofazasi borasidagi majburiyatlari (5) ni 10 moddasida baѐn etilgan. Yer yuzasida sodir boʼladigan xavfli geologik jaraѐnlar asosan yerning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar taʼsirida boʼladi. Bundan tashqari ilmiy – texnik va maxsus adabiѐtlarda baѐn etilgan maʼlumotlarga koʼra geologik muhitga insonning xoʼjalik, qurilish hamda harbiy xolatlarda olib boriladigan harakatlari ham taʼsir etadi. Natijada koʼlami katta ѐki kichik boʼlgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi. Shahar qurilishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi meʼѐrlar va qoidalarga rioya qilish, zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga yetarli ahamiyat berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1990 – 2000 yillar oraligʼini tabiiy favqulodda vaziyatlar boʼyicha xavf-xatarga kamaytirish halqaro 10 yilligi deb eʼlon qilgan. shu davr ichida bir qator mamlakatlarning markaziy shaharlari tender asosida xalqaro ―RАDIUS‖ loyihasini amalga oshirish huquqiga ega boʼldilar. ―RАDIUS‖ ni dastur boʼyicha toʼla joriy etish imkoniyati berilgan beshta – Аddis – Аbeba (Efiopiya), Guayakilem (Ekvador), Tixuana (Meksika), Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga Oʼzbekiston respublikasi poytaxti Toshkent ham kirgan. Download 61.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling