Koʼchkilarni paydo boʼlishi va xavfli joylarni aniqlash
Surilmalar (koʼchkilar). Umumiy tushunchalar kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari
Download 61.42 Kb.
|
1MI
Surilmalar (koʼchkilar). Umumiy tushunchalar kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari.
Tabiiy favqulodda vaziyat turlaridan yana biri bu surilish boʼlib uni oʼrganish, baholash, bashorat qilish va undan aholini va xalq xoʼjaligi obʼektlarini muhofaza qilish mamlakat iqtisodni koʼtarishda muhim hisoblanadi. Dengiz, koʼl, soylar va togʼ ѐn bagʼirlarida ѐnbagʼirlarida joylashgan boʼshoq jinslar ustki qismining yer ustki va ostki suvlari hamda oʼzining ogʼirlik kuchi taʼsirida pastga qarab harakat qilish hodisasi surilish ѐki koʼchki deyiladi. Surilishlar Qrim, Kavkaz, Volga boʼyi, Dnepr, Markaziy Osiѐning togʼlik rayonlarida tez-tez boʼlib turadi. Keyingi 15 yil ichida Oʼzbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopgan, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi Xumson, Bogʼiston, Xoʼjakent, Chibargota va boshqa qishloqlarda, Surxondarѐ, Qashqadarѐ, Samarqand, Jizzax viloyatlarining togʼli hududlarida kuchli surilish hodisalari roʼy bermoqda. 1911 yilda Gʼarbiy Pomirda 9 ballik zilzila natijasida Usoy surilmasi hosil boʼlgan. Murgʼob darѐsi vodiysiga hajmi 2,2 m2 keladigan togʼ jinsi boʼlagi surilib 2,5 km masofani bosib oʼtib darѐ oʼzanini 450-500 m qalinlikda, 2 km uzunlikda 1 km kenglikda qumtosh, ohaktosh, gips va boshqa jinsdan tashkil topgan togʼ jinsi toʼsib qoʼygan. Talofat natijasida Usoy qishlogʼi surilma ostida qolib 54 kishi nobud boʼlgan. 1973 –1975 yillarida respublikamizning Ohangaron vodiysida asrimizning eng katta surilishi ―Аtchi surilmasi‖ sodir boʼlgan. Surilmani hajmi 700 mln.m3, sathi 12 km2, qalinligi 80 – 170 boʼlib, 1975 yildan beri surilaѐtir. Sodir boʼlish sababi – Ohangaron darѐsini chap qirgʼogʼidagi 100 – 130 m chuqurlikdagi koʼmir qatlamlaridagi oʼzgarishlar natijasida koʼmir ѐnib gazga aylangan va boʼshliq paydo boʼlgan uning oqibatida surilma vujudga kelgan. Tojikistonning Gʼisor rayonining Sharora qishlogʼida 1984 yil 25 yanvarda katta surilish roʼy bergan. Surilmaning kengligi 400 m, uzunligi 4,5 km, qalinligi 7-8 m ni tashkil qilgan. natijada 50 uy koʼmilib qolgan, 207 kishi halok boʼlgan. Surilishla xalq xoʼjaligiga katta zarar keltiradi. Shuningdek, imorat va inshoot, yoʼl, er osti kommunikatsiyasi, toʼgʼon, tunnel va koʼpriklar mustahkamligining susayishiga ѐki butunlay buzulishiga sabab boʼladi. Masalan, 1963 yil 9 oktyabrda Shimoliy Italiyada roʼy bergan surilishning balandligi 265,5 m boʼlgan. Vayont toʼgʼonini vayron qilgan. natijada 3000 ta odam halok boʼlgan va katta miqdorda moddiy zarar koʼrilgan. Tojikistonning Аyniy qishlogʼida 1964 yil aprel oyida sodir boʼlgan togʼ oʼpirilish hodisasi natijasida Zarafshon darѐsi butunlay toʼsilib qolgan. Faqat olimlarning oʼz vaqtida koʼrgan chora – tadbirlari tufayligina qishloq va shaharlarning unumli yerlari suv bosishdan saqlab qolindi. Surilish hodisasi maʼlum bir sharoitlarda sodir boʼladi, yaʼni jins oʼz joyidan siljishi uchun ѐnbagʼir usti tikroq, jins qatlamlari qalin boʼlishi, atmosfera ѐgʼinining mavsumiy ѐki yillik miqdori koʼp boʼlishi, suv oʼtkazuvchan ѐki oʼtkazmaydigan qatlamlar qat-qat boʼlishi lozim. Yomgʼir va qor suvlari ѐnbagʼirlikdagi soz tuproq, qum, ohaktosh kabi jinslarga shimilib, ularni yumshatadi va ogʼirlashtiradi. Suv oʼtkazmaydigan qatlamda grunt suvlari nishabligi boʼyicha pastga qarab harakat qila boshlaydi va jinslarning tabiiy ѐpishqoqligini susaytiradi, natijada jinslarni ѐnbagʼirlikda ushlab turuvchi kuch qiymati uni pastga siljitadigan kuchga nisbatan keskin kamayadi va pastga qarab surilish hodisasi sodir boʼladi. Har qanday surilishning tanasi, tili, marzasi, supasi, uzilish ѐriqlari va yuzasi deb ataladigan elementlari boʼladi. Surilish tanasi suriladigan massani tashkil qilib, uning ustki qismining relьefi past-balandlikdan iborat boʼladi. Surilish tanasining bosh qismi ѐnbagʼirlikdagi uzilish ѐriqlari bilan chegaralanadi, uning hajmi asosan suriluvchan massaning qalinligiga va tarqalgan maydoniga bogʼliq boʼlib, baʼzan bir necha million kub metrni tashkil etadi. Surilish tanasining eng quyi qismi surilish tili deyiladi. Аyrim hollarda surilish tilining old qismida surilish massasi, surilish hodisasining takrorlanishi natijasida pogʼonasimon maydonlar – surilish supalari hosil boʼladi. Suriladigan massaning yuqori qismida ѐriqlar paydo boʼladi, u yillar oʼtishi bilan kengayib, chuqurlashib, koʼpayib boradi va surilish tanasi shu yerdan boshlanadi. Baʼzi bir olimlar uni uzilish devori deb ham ataydilar. Uning balandligi bir necha metrdan bir necha oʼn metrgacha, uzunligi yuz metrgacha borishi mumkin. Yonbagʼirlikdan jinslarning pastga siljishidan hosil boʼlgan yuza surilish yuzasi deb ataladi. Surilish yuzasining relьefi asosan toʼlqinsimon, ѐysimon, tekis, oʼnqir-choʼnqir boʼladi. Surilish jaraѐnini kuchayishiga odamlarning faoliyati ham katta taʼsir etadi. Masalan, ѐnbagʼirdagi yerlarni haydash, daraxtlarni qirqish, oqava suvlarni oqizish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridan suv chiqishi natijasida jinslarning ivishi, ogʼir imorat va inshootlar, kotlovanlar qurilishi va h.k. Surilish jaraѐnini tezlanishiga bulardan tashqari zilzilalar va harakatdagi transport taʼsirida sodir boʼladigan yer qimirlashlar ham sababchi boʼladi. Surilishlar katta-kichikligi va paydo boʼlishi xarakteriga qarab oplivinlar, surilish va surilish-agʼdarmalarga boʼlinadi. Oplivin koʼchkining biri hisoblanadi. Uning maydoni kichik va chuqurligi 1,0 m dan oshmaydi. Oplivin uzoq vaqt ѐmgʼir ѐgʼishi, yer osti suvining siljishi ѐki qorlarning erishi natijasida yer yuzasi ustki qismining loyqa ѐki suyuq holga kelib, ѐnbagʼirdan pastga qarab surilib – oqib tushishidan hosil boʼladi. Surilishlar katta-katta maydonlarni ishgʼol qilib, qalinligi 5-20 m boʼlgan jinslarni qiyalik boʼyicha pastga qarab siljishidan yuzaga keladi. Togʼ jinslar pastga qarab siljishi bilan nishablikning tikligi hisobiga ularning maʼlum bir qismi agʼdarilmalar ham hosil qiladi. Download 61.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling