Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazitologiya (2)



 
Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati 
Reja: 
1.Iksod kanalarining turkumi 
2.Keltirib chiqaradigan kasalliklari 
3.Parazitar ahamiyati. 
Issiq kunlarning boshlanishi bilan qurt-qumirsqalar va qon so‘ruvchi kanalar 
uyg‘onadi. Respublika hududida kanalarning bir qancha turi tarqalgan bo’lib, 
odamlar uchun havfli Kongo-Qirim gemmorogik isitma virusini tashuvchi iksod 
kanalari ularning ko‘p qismini tashkil qiladi.O‘z o‘rnida ta'kidlab o‘tish joizki, Qrim 
– Kongo gemorragik isitma kasalligi dastlab 1944-yilda Qrimda, 1956-yilda esa 
Kongo davlatida bir guruh odamlarda uchragan.Bu kasallik – odamlarga asosan 
mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi mavjud (Iksod) kanalarni terish, ularni 
junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqish orqali 
yuqadi. Iksod kanalarining hazm yo‘llarida ko‘plab miqdorda kasallik qo‘zg‘atuvchi 
bo‘lgan viruslar mavjud bo‘lib, kana odamni chaqqanda qonga tarqaladi. 
Virus ajratgan moddalar natijasida odam qonining ivishi izdan chiqadi natijada burun 
va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechadi va o‘z 
vaqtida yordam ko‘rsatilmasa oqibati nohush tugashi mumkin. 
Bu kabi kasalliklarning oldini olish uchun, qishloq hududlaridagi yakka xo‘jaliklarda
chorva mollarini saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va kanalarning ko‘payishiga 
yo‘l qo‘ymaslik zarur.Hayvon boqiladigan molxona, qo‘ra va qo‘tonlarning 
tuproqlari, loy qilingan devorlar kana ko‘payishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi. 
Shu bois, kasallikka qarshi kurashishning samarali usuli kanalar chaqishining oldini 
olish va ularni yo’q qilishdan iborat. Kanalarni yo‘q qilish uchun uy hayvonlarining 
terisi yilning mart oyidan sentyabr oyiga qadar haftada bir marta xlorli birikmalar 
bo‘lgan 
maxsus 
dezinseksion 
moddalar 
bilan 
ishlovdan 
o‘tkazilishi 
lozim.Shuningdek, tibbiyot vakillari va bemorlarni parvarish qiladigan xodimlar 


kasallik bilan zararlangan kishilarning yaqinlariga kasallik yuqishiga yo’l 
qo’ymasliklari zarur. Buning uchun ular o‘z faoliyatida doka niqob, rezina qo‘lqop 
va teri himoya kiyimlaridan (xalat, kostyum, qo‘lqop va h.k.) keng foydalanishlari 
maqsadga muvofiq. 
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining tabiiy o‘choqlari mavjud hududlarda 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar 
vazirliklari, Davlat veterinariya qo‘mitasi va boshqa tegishli xizmatlar bilan 
hamkorlikda salmoqli chora-tadbirlar tizimli ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. 
Hususan joriy yil mavsumi (mart-may oylari) davomida quyidagi tadbirlar olib 
borilmoqda: 
- respublikamizning barcha viloyatlari, tuman va chekka qishloq joylarida molxona, 
qo‘ra va qo‘tonlarni mavsum oldidan kimyoviy ishlovdan o‘tkazish, kimyoviy 
moddalar zaxirasini yaratish, “qirqim”ga tayyorgarlik ko‘rish, “qirqim”da ishtirok 
etadigan ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ishlari o‘rganib 
chiqildi; 
- barcha turdagi o‘quv muassasalari: maktab, kollej va litseylarda suhbatlar, 
seminarlar va ma’ruzalar tashkil qilinmoqda, ushbu tadbirlarda o‘quvchi-talabalar 
va o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar; 
- mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga uyma-uy yurish usulida 
targ‘ibot ishlari olib borililib, ularga eslatmalar tarqatilmoqda; 


 - bundan tashqari, Fuqaro muhofazasi institutining rahbar xodimlar tarkibidan 
bo‘lgan 1454 nafar tinglovchilari va hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari 
Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarining 27483 nafar tinglovchilari 
bilan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, jumladan Qrim-Kongo gemorragik isitma 
kasalligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi; 
- shu bilan bir qatorda, chorva mol bozorlarida radiouzel orqali kasallik profilaktikasi 
va chorva mollarini kanadan saqlash bo‘yicha tavsiyalarni o‘qib eshittirishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda
Qrim-Kongo gemorragik isitma va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan 
kurashish nafaqat tegishli xizmatlarning burchi bo‘libgina qolmasdan, balki keng 
jamoatchilik, qolaversa har bir fuqaroning zimmasidagi mas’uliyatdir. 



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling