Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitologiya (2)
Fasciola hepaticaning ovqat hazm qilish va ayirish organlari: a) ovqat hazm qilish organlari: 1-og’iz so’rg’ichi va og’iz; 2-halqum; 3-qorin so’rg’ichi; 4-tarmoqlangan ichak; b) ayirish organlari: 1-protonefridiyalar; 2-markaziy ayirish kanali; 3-ekskretor teshik. Jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so'rg'ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug'dondan iborat. Urug'donlardan bittadan urug' yo'li boshlanadi. Qorin so'rg'ichidan keyinroqda urug' yo'llari qo'shilib, urug' chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug'lantiruvchi organ ichidan o'tadi. Urug'lantiruvchi organ maxsus xaltacha jinsiy kloakada joylashgan(20- rasm). Tuxumdoni bitta; urag'donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg'ochilik jinsiy bezlarining yo'li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko'p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo'llari bitta ko'ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo'shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to'lgan bo'lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug' qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po'choq bezlari ham o'rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug'lanadi. Buning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug'lar bachadondan urug' qabul qilgichga va undan ootipga o'tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug' hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to'planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o'rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po'choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi; u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Barcha trematodalar xo’jayin almashtirish yo’li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki uch xo’jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo’jayin ishtirokida rivojlanmasin barcha trematodalarning birinchi oraliq xo’jayini suvda yoki quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Mollyuskalar uchramaydigan hududlarda trematodalarning ontogenezi to’xtaydi. O’zbekiston hududida suv mollyuskalari orqali rivojlanuvchi trematodalar odatda ikki xo’jayinli (birinchi-oraliq xo’jayin- mollyuskalar, ikkinchisi-asosiy, yoki definitiv xo’jayinlar-umurtqalilar), quruqlikda yashovchi mollyuskalar orqali rivojlanuvchilari – uch xo’jayinli bo’ladi. Trematodalarning taraqqiyoti, ya’ni ontogenezi o’z ichiga 4 bosqichni oladi, ya’ni embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya. Ikki xo’jayinli trematodalarda embrional taraqqiyot bosqichi suv muhitida, nam sharoitda kechadi. Bu bosqichda tuxum ichida 1- avlod lichinka - kiprikli miratsidiya yetiladi, bu lichinka tuxum qopqoqchasini ochib tuxum ichidan suvga o’tadi. Bunday miratsidiyda ikkita oddiy ko’zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar rivojlangan bo’ladi. Unda ichak va jinsiy apparat bo’lmaydi. Shunday qaraganda trematodalarning 1 - avlod lichinkasi - miratsidiyning tuzilishi ancha murakkab va ko’p jihatdan turbellyariyalarni eslatadi. Miratsidiy ichaksiz bo’lganligi tufayli oziqlana olmaydi, shuning uchun uning umri juda qisqa bo’ladi(36 soatgacha). Shu orada u suzib yurgan holda o’zining oraliq xo’jayini-mollyuskalarni qidiradi va faol holda uning tanasini teshib kiradi. Buning uchun ular tana uchidagi xartumcha va maxsus bezlar shirasidan foydalanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling