Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Mavzu :Ikki qanotlilarning parazitar kasalliklarni tashxislashdagi ahamiyati
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitologiya (2)
Mavzu :Ikki qanotlilarning parazitar kasalliklarni tashxislashdagi ahamiyati
Reja: 1.Ikki qanotlilar turkumi 2.Ikki qanotlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar 3.Ikki qanotlilarni parazitar ahamiyati Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg‘ochisi odam va hayvonlar qonini so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko‘lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yer to‘lala-rida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.Iskabtoparlar – chivinlarga o‘xshash mayda hasharotlar. Ular cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.So‘na va bo‘kalarning tashqi ko‘rinishi pashshalarga o‘xshash (53-rasm). So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib, qonini so‘radi. Ular cho‘l mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; Ikki qanotlilar, qoʻsh qanotlilar (lotincha: Diptera) — hasharotlar turkumi. taxminan 80000 ga yaqin turi maʼlum. Oʻrta koʻkrakka birikadigan bir juft qanotlari boʻladi. Keyingi juft qanoti reduksiyalanib, tovush chiqaruvchi organga aylangan. Qanotlari asosi juda kambar, koʻpincha kichkina boʻrtma — "qanotcha" hosil qiladi. Boshi harakatchan, koʻzlari yirik, fasetkali; koʻkragi yaxlit. 3 kenja turkumga — uzun moʻylovlilar, kalta moʻylov kalta choklilar va kalta moʻylov doira choklilarga boʻlinadi. Kenja turkumlar imagosi, lichinkasi va gʻumbaklarining bir qancha belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. I.q. hamma joyda tarqalgan; koʻpchilik turlari (gessen chivini, karam chivini, piyoz chivini va b.) qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazadi. Bir qancha turlari (soʻnalar, chivinlar, qon soʻruvchilar va b.) qishloq xoʻjaligi hayvonlariga, baʼzi turlari (mas, bezgak pashshasi, chivinlar va b.) esa odamlarga yuqumli kasalliklar tarqatadi. Afrikada yashaydigan se-se chivini uyqu kasalligini qoʻzgʻatuvchi tripanosomani yuqtiradi. I.q. oʻsimliklarning changlanishida ishtirok etadi; baʼzilari (mas, taxin chivinlar) lichinkalik davrida zararkunanda hasharotlarda parazitlik qiladi. Sirfidlarning lichinkalari oʻsimlik bitlari bilan oziqlanib, ular sonini kamaytirishga yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling