Ipak qurtlari haqida ma’lumot arxiv uz
Download 1.66 Mb.
|
Tut ipak qurti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ipak qurtining tuzilishi va yashashi
Tut ipak qurti Reja:
Kirish Ipak qurtining tuzilishi va yashashi Ipak qurti turlari Hozirgi ipakchilik Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Ipak qurti — hasharotlar sinfi, tangaqanotlilar turkumi tut va eman ipak qurti oilasiga kiradigan kapalaklarning qurtlik (lichinka) davri. Ipak qurtlari Bombycidae va Saturnidae oilalariga boʻlinadi. Bombycidae oilasiga xonakilashtirilgan tut ipak qurti (20 ga yaqin turi bor), Saturnidae oilasiga esa yovvoyi (eman) ipak qurtlari kiradi. Eman ipak qurti bir yilda bir, ikki, baʼzan uch avlod beradi va eman daraxti bargi bilan oziqlanadi. Xitoy, yapon, hind eman ipak qurti turlari mavjud. Tut ipak qurti tut bargi bilan oziqlanadi va bir yilda necha avlod berishiga qarab monvoltin (bir avlod]]), biovoltin (ikki avlod) va polivoltin (ikkitadan ortiq avlod beradigan) zotlariga boʻlinadi. Ipak qurtlari oʻz rivojlanishida tuxum, qurt, gʻumbak va kapalak bosqichlarini oʻtadi, soʻnggi kapalaklik davrida ipak qurti batamom voyaga yetgan boʻlib, urchish qobiliyatiga ega boʻladi. Uning qurtlik davri 5 yoshdan iborat. 1 yoshdan 2-yoshga oʻtishda pust tashlaydi. Ipak qurti boʻyi 1-yoshi boshida 3—4 millimetr boʻlib, 5-yoshi oxirida 85—88 millimetrga; vazni 0,0004 grammdan 3,5—5,0 grammga yetadi. Bitta qurt hayotida 20—25 gramm barg (75—80 foizini 5-yoshida) yeydi. Ipak qurtining tuzilishi va yashashiG.YA.Bey-Bienko ma’lumotlarida tuban birlamchi qanotsiz hasharotlarni kenja sinflar deb qabul qilgan, ularni 2 ta infrasinf: enognatlilar va tizonursimonlarga bo’ladi. To’liqsiz o’zgarishlarni 4 ta, to’liq o’zgarishlilar bo’limini 3 ta bosh turkumga bo’ladi. Tut ipak qurti kapalagining oyoqlari bo’g’imlardan tuzilganliklari uchun bo’g’imoyoqlilar- Arthropada tipi, traxeyalari orqali nafas olganlari uchun traxeya bilan nafas oluvchilar– Tracheata kenja tipi, tanasi uch qismdan: bosh, ko’krak va qorin hamda faqat ko’krak qismida uch juft oyoqlari bo’lganligi uchun – hasharotlar yoki olti oyoqlilar– Insesta sinfi, ko’krak qismida 2 juft qanoti bor, shuning uchun qanotlilar– Ptervgota kenja sinfi, rivojlanish davrida to’liq shaklini o’zgartirganlari (ya’ni tuxumlik, lichinkalik, g’umbaklik va imago) uchun to’liq metamorfozali – Holometabola bo’lim; kapalakning tanasi va qanotlari tangachalar bilan qoplanganligi uchun tangachalilar yoki kapalaklar – Lepidoptera turkumi, qurtlik davrining oxirida g’umbakka aylanishdan oldin pilla o’ragani (mudofaa qatlam) uchun pillakashlar – Bombycidae oilasi va qurtlik davrida tut bargi bilan ovqatlangani uchun tut ipak qurti –Bombyx mori L turiga kiradi. Tabiiy ipak faqatgina tut ipak qurti pillasidan emas, balki ipak qurtini saturnid (Saturnidov) oilasiga kiruvchi va 20 ga yaqin zotdan iborat glazchatka (Attacidae) yarim xonakilashtirilgan oilasining tanga qanotlilar bo’limiga kiruvchi yovvoyi ipak qurtining pillasidan ham olinadi. Ularning tolasi pishiq, tabiiy chiroyli, rangdor, namdan, kimyoviy moddalardan va boshqa zararli ta’sirlarga chidamliligi bilan xarakterlanadi. Lekin tolasi ipak qurtining pillasiga nisbatan yo’g’on, yomon sug’uriladigan (ba’zilari yigirilmaydi), turli xil ranglarga bo’yalmaydi, ipak miqdori kam bo’ladi. Ko’pchilik yovvoyi ipak qurtining pillalardan ipak paxta (momiq) olinib, bular tabiiy sharoitda ya’ni daraxtzor yoki butazorlarda boqiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling