Ipak qurtlari haqida ma’lumot arxiv uz
Download 1.66 Mb.
|
Tut ipak qurti
Hozirgi ipakchilik
Hozirgi ipakchilik ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida yaratilayotgan ipak qurtlari, ipaklarining ranglari turli xil, ularni yaratilishida yovvoyi ipak qurti zotlaridan foydalanilmoqda. Yovvoyi ipak qurtlarining qurtlik davri, turiga qarab 40-50 ba’zan 60 kungacha cho’ziladi. Olimlarning izlanishlari natijasida o’rganilgan tut ipak qurti, Samia kanakunjut ipak qurti, Assam eman ipak quti, Hind eman ipak qurtlarining 5 yosh qurtlari, pillalari va ipak tolalarini tuzilishi o’rganilgan natijalar quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Kapalaklar tuxumlarini asosan daraxt kavaklari yoki po’stlog’i orasiga qo’yadi. Ko’klamda bu tuxumlardan (tabiiy sharoitda) qurtlar jonlanib chiqadi. Yaponiya, Koreya va Uzoq Sharqda yovvoyi va yarim xonakilashtirilgan ipak qurtlari tabiiy sharoitda mavjud bo’lgan eman o’rmonzorlarida oziqlanadi. Biologiya fanida tut ipak qurtining tuzilishi va hayotini o’rganishda ko’p ishlar amalga oshirilgan. Malpigi, Verson, Lombardi, Payo va boshqa chet el olimlarining ilmiy izlanishlaridan olgan natijalari ham fanda juda mashhurdir. Sohamiz olimlaridan – Rebrov, Maslov, Tixomirov, Shavrov, Poyarkov, Slonim, Mixaylov, Strunnikov, Toirov va boshqalar ham ipakchilik sohasini rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishgan. Tut ipak qurti ustida olib borilgan biologik tadqiqot ishlari, Rossiyada ipakchilik sohasida bittagina ilmiy muassasa – Kavkaz ipakchilik stansiyasi bo’lgan bo’lsa, asosiy pilla yetishtiradigan - O’zbekistonda birorta ham muassasa mavjud bo’lmagan. Keyinchalik bir qator yirik ilmiy tekshirish institutlari va stansiyalari: O’rta Osiyo, Tbilisi va Ozarbayjon ipakchilik ilmiy tekshirish institutlari, Ukraina, Pyatigorsk ipakchilik ilmiy tekshirish stansiyalari, Tojikiston, Armaniston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’istondagi qishloq xo’jaligi va dehqonchilik ilmiy tekshirish institutlari qoshida ipakchilik bo’limlari barpo qilindi. Tut ipak qurtining biologiyasiga oid masalalar boshqa ilmiy tekshirish va o’quv institutlari – MDU, ToshDAU, Turkmaniston qishloq xo’jaligi instituti, Moskva pedagogika instituti, Ukraina Fanlar Akamdemiyasi zoologiya instituti, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi biologiya bo’limida olib borilayotgan ilmiy izlanishlari ishlab chiqarishga tavsiya etilmoqda. Olimlarimiz tut ipak qurti biologiyasi ustida ishlab, muhim kashfiyotlar yaratishdi. E.F.Poyarkov, V.P.Ivanov, A.A.Tixomirov, S.YA.Demyanovskiy, L.B.Astaurov, E.N.Mixaylov, M.I.Slonim, V.A.Strunnikov, U.N.Nasirillaev va boshqa olimlarning ishlari natijasida qator muhim biologik qonuniyat belgilandi. Bu qonuniyatni ipakchilikda amalda qo’llash pilladan juda yuqori va yaxshi sifatli hosil olish, ya’ni qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida qo’yilgan vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi. Ipakchilik sohasida dunyo olimlarining olib borayotgan tajribalari ilmiy ishlari natijasida turli xil ranglarda ipak beruvchi zotlar yaratilmoqda. Yovvoyi va yarim xonakilashtirilgan zotlardan turli kasalliklarga chidamli, yuqori hosil beruvchi, ipak mahsuloti chiroyli, yaltiroq, yangi zot duragaylari yaratilmoqda. Xulosa Ipakchilikning vatani Xitoy davlati hisoblanib, eramizdan III ming yil oldin Xitoy davlatining Shan-tun (hozirgi kunda Shandun deb ataladi) provinsiyasida (viloyatida) ipak qurtlari boqilgan. Shan-tun viloyati Xitoyning chetki provinsiyalaridan biri bo‘lib, Sariq dengizi va Chjili ko‘rfazining o‘rtasidagi yarim orolda joylashgan. Undagi ob-havo ya’ni harorat va havo namligi ipak qurtining yaxshi rivojlanishi uchun qulay bo‘lganligi va ozuqa beruvchi daraxtzorlarning ko‘pligi sabab ipak qurtlarining rivojlanishiga qulay hisoblanadi. Pilla va ipak so‘zlari ham Xitoy xalqi tomonidan birinchi marotaba nom berib atalgan. Yevropaliklar Xitoy davlati bilan savdo-sotiq qilib, xitoyliklarni serklar, vatanini esa Serk davlati deb atashgan. Shundan kelib chiqib, ipakning lotincha nomi ham serk deb ataladi. Tarixiy manbalarda pilla va ipak to‘g‘risidagi ma’lumotlar afsonaviy xususiyatga egaligi bayon etilgan. Xitoy tarixchisi Chu-Kingning ma’lumotlarida Xitoy davlati rahbari Shinam ipakchilikni rivojlantirish uchun katta xizmat ko‘rsatgan. Xitoyliklar asta-sekin ipak qurtlarini boqib, ko‘paytirib va o‘rgana borib, ulardan pilla va pilladan ipak momig‘i olishga o‘tganlar. Ipak momig‘idan asta-sekin qimmatbaho mato tayyorlaganlar. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling