Ipak qurtlari haqida ma’lumot arxiv uz


Download 1.66 Mb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1366895
1   2   3   4
Bog'liq
Tut ipak qurti

Ipak qurti turlari


Yovvoyi ipak qurtlari orasida xitoy eman ipak qurti- (Antherala rerpui) Hind eman ipak qurti - (Antherala mylitta) eman daraxtining bargidan Yapon eman ipak qurti yoki yamamay - (Antherala jamamai) eman ipak qurti oilasining uchinchi vakili hisoblanadi. Asosan Yaponiyada ko’paytiriladi. Aylant, kanakunjut va Assam ipak qurtlari, shuningdek, Xitoy, Yapon va Hindiston eman ipak qurtlari kiradi.
Aylant – (Philosamia cyhtlhia), kanakunjut (Philosamia recini) yoki Eri Philosamia eri ) ipak qurtlari sanoatda katta axamiyatga ega. Bir biriga yaqin bo’lgan bu turlar bir yilda yetti avlod beradi. Birinchi tur qurtlar aylant barglari bilan, ikkinchi tur qurtlar esa kanakunjut barglari bilan oziqlanadi, lekin bu tur qurtini nastarin, olma, va boshqa o’simliklarning barglari bilan ham boqish mumkin.

Bu ipak qurtlari Xitoy, Vetnam, Hindistonda ko’paytiriladi. Kanakunjut ipak qurti Eri juda qimmatbaho ipak beradi, lekin qishlovchi stadiyasiga ega bo’lmaganligidan uni ko’paytirish qiyin. Koreya olimlari aylant va kanakunjut ipak qurtining gibridlarini olish imkoniyatlaridan foydalanib, hozirgi vaqtda kanakunjut ipak qurtining qishlovchi bosqichga ega bo’lgan turini yaratishgan.


Hozirgi vaqtda Xitoyda milliondan ortiq ishchi ipak yetishtirish bilan mashg’ul. Sakkiz marta avlod beradigan ipak qurtini oq pilla o’raydigan zotlarini boqib, ish jarayonida pilla terilib, yoritilgan stollarda pilla saralanadi va pilla pishirilib quritiladi.
Hindistonda ko’paytiriladigan assam eman ipak qurti ham boshqa yovvoyi ipak qurtlari singari sanoat uchun katta ahamiyatga ega emas. Kashmirda eman ipak qurtlarining ipagi texnologik jihatdan yaxshi xususiyatga ega bo’lgan yangi ikki turi topildi.
Kanakunjut ipak qurti –(Philosamia recini) aylant ipak qurtiga juda yaqin bo’lib, 4-7 marotabagacha avlod beradi. U kanakunjut, nastarin, yovvoyi olma daraxtlarining bargi bilan oziqlanadi. Ularni o’ragan pillalari oq, jigar rang - qizg’ish tovlanishda bo’lib, olingan ipak tolasi yaltirab turadi.
Kanakunjut ipak qurti Hindiston, Xitoy va Vetnam mamlakatlarida uchraydi.
Assam ipak qurti – (Antheraea assama) hammaxo’r hasharotlarga kiradi. Yarim xonakilashtirilgan, yiliga 5 tagacha avlod beradi. Pillasi turli rangda, uzunligi 5 sm, bir tomoni o’tkirlashgan, kichik teshikchasi bor. Lekin pillasi yigiriladi.

Xitoy eman ipak qurti - (Antheraea Pernyi) kapalaklari yirik, qanotini yozganda 15-18 sm ga yetadi, qanotlari chiroyli, har birida ko’zcha shaklida xollari bor, yaxshi uchadi, 15 kungacha yashaydi.



G’umbaklik davrida qishlaydi. Qurtlari eman bargi bilan oziqlanib, bargdan g’ilofcha yasab pilla o’raydi. Pillasi qo’ng’ir rangda, tuxumsimon shaklda, uzunligi 4-6 sm, poyachali, poyachasi yordamida eman novdasiga halqacha hosil qilib, pillasini ildiradi.
Xitoy eman ipak qurti pillalarini sanoatda ahamiyati katta.

Hind eman ipak qurti - (Antheraea mylitta) eman daraxti bargidan tashqari kanakunjut bargi bilan ham oziqlanadi. Pillasi uzun 7 smgacha, «o’yiqchasi» bo’lib, Xitoy va Yapon eman ipak qurtidan farqi pillasini bargga o’ramasdan novdaga halqacha yasab ildiradi. Pillasi yirik donador, uzunligi 4-7 sm, yaxshi yigiriladi.


Yapon eman ipak qurti yoki yamamay- (Antherea jamamai) yoki tog’ ipak qurti Yaponiya, Koreya va Uzoq Sharqda yovvoyi holda eman o’rmonzorlari va yarim xonakilashtirilgan holda boqiladi. Bular tuxumlik davrida qishlaydi, pillasi
7-8 g bo’lib, boshqa yovvoyi ipak qurtining pillalariga nisbatan oson yigiriladi. Ipagi yaltiroq, sarg’ish jigar rangda yoki yashil rangda, yaxshi texnologik ko’rsatkichlarga ega. Hozirgi vaqtda emanzorlar tashkil etilib, tabiiy sharoitda ipak yitishtirish yo’lga qo’yilgan.
Yapon eman ipak qurti yoki yamamay(Antherea jamamai) ning rivojlanish davrlari.
Yovvoyi ipak qurtlarining urg’ochi kapalaklari o’rtacha 150-200 dona tuxum qo’yadi. Tuxumlar kulrang - qizg’ish rangda bo’lib, og’irligi 3-5 mg, ba’zan 7-8 mg keladi.



  1. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling