Ko'chmas mulk ob'yektlariga soliq solish tizimi


Download 334 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi334 Kb.
#1136943
Bog'liq
KO\'CHMAS MULK OB\'YEKTLARIGA SOLIQ SOLISH TIZIMI

KO'CHMAS MULK OB'YEKTLARIGA SOLIQ SOLISH TIZIMI

Qo`shilgan qiymat solig`i, uning to`lovchilari va ob’yektlari

  • Qo`shilgan qiymat solig`i tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, import qilish va sotish jarayonida yaratilgan qo`shilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga o`tkazish vositasidir. U tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishdan tortib, pirovard iste’molchigacha yetkazib berish jarayonlarida har bir sotish hujjatidan hisoblab olinadigan ko`p pog`onali soliqdir. Qo`shilgan qiymat solig`i tovarlar (xizmatlar, ishlar)ning narxi tarkibida bo`ladi va ularning xaridorlari (iste’molchilari) tomonidan to`lanadi.

Qo`shilgan qiymat solig`ining tavsifiy belgilari chizmada aks ettirilgan

  • Qo’shilgan qiymat solig’i
  • Bilvosita
  • soliq
  • Proporsional soliq
  • Umumdavlat solig’i
  • Qo`shilgan qiymat solig`ining tavsifiy belgilari.

Qo`shilgan qiymat solig`i fiskal funksiyasi

  • Qo`shilgan qiymat solig`i asosan fiskal funksiyasini bajaradi, uning joriy qilinishidan maqsad ham davlat byudjetini to` ldirish bo`lgan. Shuning bilan birga qo`shilgan qiymat solig`i soliq tushumlarini narxlarning o`sishi bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`lab turganligi uchun byudjet mablag`larini inflyatsiyadan saqlab qoluvchi vositalardan hisoblanadi.

Qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari quyidagilardir:

  • -soliq solinadigan aylanma (oborot)ga ega bo`lgan yuridik shaxslar- O`zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari;
  • -tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni O`zbekiston Respublikasiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
  • -soliq solinadigan aylanma (oborot)ga ega bo`lgan oddiy shirkat.

Quyidagilar qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi hisoblanmaydi:

  • -notijorat tashkilotlari (tadbirkorlik faoliyati mahsulotlarini sotish aylanmasidan tashqari);
  • -soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo`llaydigan yuridik shaxslar.

Qo`shilgan qiymat solig`i ob’yektlari quyidagilar:

  • -soliq solinadigan aylanma (oborot)-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, ijaraga berish, tekinga berish, ustav jamg`armasiga topshirish bo`yicha aylanma (oborot);
  • -soliq solinadigan import.

O`zbekiston Respublikasi rezidenti

  • O`zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan norezidenti uchun bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlar mazkur ishlar va xizmatlarni oluvchining soliq solinadigan aylanmasi (oboroti)ga kiritiladi.

Soliq solinadigan baza

  • Soliq solinadigan baza sotilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning qo`shilgan qiymat solig`i kiritilmagan qiymatidir. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki olingan narxidan past narxlarda sotilganda, tekin berilganda soliq solinadigan baza ularning tannarxi yoki olingan narxi asosida aniqlanadi. Tovarlar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan taqdirda, soliq solinadigan baza ularni qayta ishlash xizmatlarining qiymati asosida, aksiz to`lanadigan tovarlar bo`yicha esa aksiz solig`ini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Ishlar, xizmatlar solig`i

  • Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash - qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar, xizmatlar bo`yicha, shuningdek, ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda shartnomaviy narxlar asosida bajarilgan va buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ishlar, xizmatlarning qiymati soliq solinadigan bazadir.

Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling